Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
— Mushk? — taajjublanib so‘radi Hamida. 
— Ha, o‘sha paytda barcha odamlarga ulashadigan boshqa mo‘lroq narsalari yo‘q ekan. 
— Rost, xazinalari bo‘sh, Turdibekdan qarz olgan edilar... 
Hamida bonu yostiqqa yonboshlab, Humoyunning maktubini ochdi. 
«Men uchun bayramlar bayrami bukun, 
Humoyun xurramlar xurrami bukun. 
Dunyoning barcha davlat-u xazinalaridan ham a’loroq o‘g‘il in’om etgan suyukli yorim 
Hamida bonu! Avvalgi yillarda shuncha davronlar surib bukungidek suyunganimni 
bilmaymen. Ilohim Akbarning umri uzoq bo‘lsin, bekilgan yo‘llarimiz bari ochilsin, dildagi 
orzular istaganimizdan ham ziyoda bo‘lib ro‘yobga chiqsin!» 
Hamida bonu bu tilakka qo‘shilib: 
— Ilohi omin! — dedi-da, yuziga fotiha tortdi, maktubni esa o‘pib, ko‘zlariga surdi. 
Ota-onalarini va boshqa o‘nlab odamlarni shunchalik quvontirib dunyoga kelgan 
chaqaloqning o‘zi allanarsadan norozidek g‘ashlik qilib ko‘p yig‘lardi. Hamida bonu 
bolasini bag‘riga olib emizgandan so‘ng Akbar bir soat-yarim soat jim yotar, keyin yana 
inga-ingani boshlar edi. Ona-bolaga girdikapalak bo‘lib xizmat qiladigan kanizak Aminat, 
«yo‘rgagida qattiq botadigan narsa bormikan?» deb ochib ko‘rdi. Yo‘rgak juda mayin, 
bekami ko‘st edi. Aminat Hamida bonuga qarab: 
— Bolangiz juda gavdali, sutingiz yetmayaptimikin? — dedi. 
Shu gapning ustiga kelib qolgan Mohim bibi: 
— Mening sutim ko‘p, — dedi. — Hazrat begim, agar ruxsat bersangiz men o‘g‘lingizni 
emizib ko‘ray. 
Hamida bonu og‘il tuqqandan beri go‘yo birdan martabasi oshgan, endi unga «hazrat 
begim» deb murojaat qiluvchilar ko‘paygan edi. Bu narsa Hamida bonuning kulgusini 
keltirar, hozir ham u Mohim bibiga kulib boqdi-da: 
— Ruxsat emas, iltimos sizdan, Mohim! — dedi. 
Mohim ozodalikni yaxshi ko‘rar edi. O‘z xonasiga chiqib, siynasini sovunlab yuvdi. 
Hamida begim oq kiyinib yotgani uchun chaqaloq boshqa onadan begonasirashi mumkin 
edi. Shuning uchun Mohim bibi ham oq shohi ko‘ylagini o‘tlig‘* bilan dazmollab kiydi. 
Boshidagi ro‘molini ham dazmoldan chiqarib o‘radi, og‘ziga iyagi aralash toza oq lachak 
tutdi. Bu tayyorgarliklardan keyin go‘dak yana ingalab yig‘lay boshlaganda uni sekin 
bag‘riga olib siynasini berdi. 
Ajabki, chaqaloq begonasiramay Mohimni uzoq emdi va ikki soatcha miq etmay tinch 
yotdi. Uning ochiqib yig‘lagani, Hamida bonu sahroda ko‘p qiynalib ozib qolgani uchunmi 
yo boshqa sababdanmi, suti bolasiga ozlik qilayotgani endi aniq bilindi. 
Shu kundan boshlab Mohim bibi «enaga» degan unvon oldi. Shahzodaga enaga bo‘lish 
saroyda juda sharafli martaba hisoblanardi. Mohimning bir oylik chaqalog‘i Adham 
bugundan boshlab Akbarning ko‘kaldoshiga aylandi. Bir onani emgan ko‘kaldoshlar esa 
tutingan og‘a-ini sifatida goho umr bo‘yi podsho va shahzodalarning yaqin kishilariga 
aylanadilar. Shuning uchun saroyda Hamida begimga sinashta bo‘lgan boshqa emizikli 
onalardan yana bir nechasi Mohim bibidek enaga bo‘lish istagini bildirdilar. Bulardan biri 
Shamsiddin Muhammad degan afg‘on yigitining xotini, yaqinda o‘g‘il tuqqan Jajji bibi 
edi. Bu ayol nomiga yarasha mo‘jazgina, xushbichim, jajji juvon edi, nomini qisqartirib 
«Jiji» deyishardi. 
Mohim bibining o‘z chaqalog‘i Adham ham xo‘ra, ikki bolaga suti yetmaydi, shuning 
uchun Hamida begim ora-orada o‘z o‘g‘lini Jajji bibining emizishiga ham ruxsat berdi. U 
bosh enaga qilib Mohim bibini tayinladi. Avvalgi ozodalik udumiga binoan, Mohim enaga 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish