Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet282/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
271
tozalandi. Xazinadan charm qoplarda olib chiqilgan tangalar qup-quruq qilib artilgan 
marmar hovuzga xuddi omborga to‘kilgan bug‘doyday to‘kildi. Hovuz lim-lim to‘lganda, 
unga o‘n yetti kurur* rupiy tanga siqqanini Akbarga ma’lum qildilar. Shuncha ko‘p pulni 
xayr-u ehson tarzida ulashish bek-u a’yonlar uchun aqlga sig‘maydigan bir ish edi. Akbar 
buni onif — to‘lov deb atadi: 
— Oniflar — davlatning yordamiga muhtoj keksalar, yetimlar, nogironlar, beva-
bechoralardir. Biz bu pullarni fuqarodan soliq tarzida olganmiz. Endi uni barcha imon-u 
e’tiqod vakillariga barobar ulashsak adoaltdan bo‘lgaymi, yo‘qmi, taqsirlar? 
Akbarning bu savoli ruhoniylarga qaratilgan edi. Eng avval shayx Muborak: 
— Behad katta savob bo‘lg‘aydir! — deb xitob qildi. 
Hind brahmani deva Prasad ham: 
— Brihma, Shiva, Vishnu — uchalasi ham bunday saxovatdan shod bo‘lurlar! — dedi. 
Shayx Ansoriy va Abdunabilar marmar hovuz to‘la pulning machit-u mozorlarga emas, 
kambag‘al muhtojlarga ulashilishini uncha yoqtirmasalar ham, lekin onif — to‘lovning 
savob ish ekanini tan olishga majbur bo‘ldilar. 
Shundan keyin Akbar mirdevonga tayinladi: 
— Sohib Todar Mal, o‘zingiz tuzgan ro‘yxat bo‘yicha chinakam muhtoj odamlarga 
berilishini nazorat qiling, toki ochko‘z puldorlar janda kiyib kelib, beva-bechoraning 
haqini olib ketmasin! 
Toshhovuz to‘la tangalar o‘n minglab muhtojlarga qirq ikki kun davomida ulashildi. 
Shu orada jizya solig‘i ham bekor qilindi. Abulfazl dilidagi bu orzuning amalga 
oshganidan behad shod bo‘ldi. 
— Hazratim, Panjobda, Ganga bo‘yidagi Audda el-ulus sizning haqingizga hindcha 
qo‘shiqlar to‘qibdilar, — deb daftarga yozib olingan satrlarni Akbarga o‘qib berdi: 
Hind-muslim adovati yo‘qolib bitsin, 
Akbarni kuylaylik, maqsadga yetsin. 
O tangrim Krishna, Akbarga umr ber, 
Uning islohoti doim bo‘lsin bor*. 
she’rdan mamnun bo‘lgan Akbar: 
— Xalqda donishmandlar ko‘p! — dedi. — Dilimizda borini darrov sezibdilar. 
— Jizyadan tashqari hindlardan olinadigan ziyorat solig‘i ham shayx ansoriylarni boy 
qilmishdir, hazratim! Banorasga yoki Ganga bilan Jamna quyiladigan joyga ziyoratga 
boruvchi g‘ayridinlar muslim nozirlariga bir rupiydan soliq to‘laydirlar. Bir yilda o‘n kurur 
ziyoratchi borsa, o‘n kurur rupiy foyda qilurlar! 
Akbarning navbatdagi farmoni bilan ziyorat solig‘i ham bekor qilindi. Mamlakatning 
ko‘pchilik aholisi bu diniy soliqlardan qutulganlari uchun Akbardan qanchalik mamnun 
bo‘lsa, katta daromad manbaidan ayrilgan muxtasib-u qozilar, imom-u ulamolar undan 
shunchalik norozi edilar. «Podshomiz dinidan qaytdi!», «Musulmonchilik tamom bo‘ldi!», 
«Majusiylar tepamizga chiqib ketdi!» degan ig‘vo gaplar tarqala boshladi. 
Shuning ustiga Goa orolidan Fathpur-Sekriga Akbarning maxsus taklifi bilan kelgan 
farangi ruhoniylari uchun podsho saroyi ichidan joy berildi, ularning o‘z tillarida ibodat 
qilinishlari uchun tezlikda kichkina cherkov ham tiklandi. Saroy ichida malika Jodha Bay 
qurdirgan hind ibodatxonasi borligidan nolib yurgan muslim ulamolari endi cherkov 
tepasiga o‘rnatilgan nasoralar salibini ko‘rib, jonlari halqumlariga kelganday 
bezovtalandi. Shayxulislom Ansoriy Akbarning huzuriga kelib, kofirlardan ehtiyot bo‘lish 
haqida muqaddas kitoblarda nimalar deyilganidan gap boshladi: 
— Hazratim, farangilar ilonning yog‘ini yalagan, bilintirmay zahar solgay. Buni ular bilan 
muomalada bo‘lgan podsholar yaxshi bilurlar. Eron-u Turon tojdorlari kofirlarni hatto 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish