Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet281/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
270
yovuzliklarga qarshi Saddi Iskandariy qurmoq!.. 
— Ehtimol, odamlar buni Saddi Akbariy deb atagaylar, bolam! 
— Ajoyib... G‘animlarim butalar orasiga yashiringan ilonlardek zahar solish uchun payt 
poylamoqdalar. Endi ularni hind lochini Haruda kabi yuksakka olib chiqib, tashlab 
yuborish mumkin! 
Ko‘pdan beri yo‘li to‘silib, dam bo‘lib yotgan anhorning oldi ochib yuborilsa, o‘zaniga 
sig‘may toshib, loyqalanib oqadi. Shunga o‘xshab, Akbarning dilida qisilib yotgan 
tuyg‘ulari ham endi tanasiga sig‘may yopirilib chiqa boshladi. U qarsak chalib sarmunshi 
Ashrafxonni chaqirdi-da, ketma-ket farmoyishlar bera boshladi: 
— Agraga chopar yuboring. Mirdevon Todar Malga farmonimiz shulki, Sekrida, Agrada, 
Dehlida va boshqa subalarda* qancha ochlar, muhtojlar, yetim-u yesirlar, keksayib 
qarovsiz qolgan notavonlar bo‘lsa biz borguncha hammasini ro‘yxatga olsin. Yana bir 
farmoyish: so‘nggi yetti yilda, aholidan olingan jizya solig‘ining umumiy miqdori qancha? 
Shuning aniq hisob-kitobi tuzilsin. 
— Fathpur kutvoli Ibrohimxonga buyrug‘imiz shulki Goa orolidan kelayotgan farangi 
ruhoniylarini izzat-ikrom bilan kutib olsin, saroy ichidagi xos mehmonxonaga 
joylashtirsin. Gujaratdan otashparastlar peshvosi Mexerji kelgan bo‘lsa, unga ham 
yaxshi joylardan berilsin. 
Hamida begim o‘g‘lidagi o‘zgarishni hayrat bilan kuzatib turar, Akbar avvalgiday 
serg‘ayrat, ishchan qiyofaga qaytgani sari onaning quvonchi ortib borardi. Ashrafxon esa 
Akbarning ketma-ket yopirilib kelayotgan istaklarini shosha-pisha qog‘ozga tushirmoqda 
edi: 
— Yozing: Qosim sarkorga farmoyish shulki, biz borguncha to‘rt qismlik ibodatxonaning 
barcha xonalarini turli tildagi muqaddas kitoblar bilan jihozlasin. Biz poytaxtga 
qaytganda saidlar, ulamolar, brahmanlar, boshqa din-u millat vakillarini shu 
e’tiqodxonaga taklif etgaymiz. So‘nggi farmoyish: hozir bhiradagi barcha bek-u 
a’yonlarni kechqurun mashvaratga chorlang. Miri manzil yo‘l tayyorligini ko‘rsin, erta 
o‘tib indin poytaxtga qaytib ketgaymiz! 
Anchadan beri jimib mudrab yotgan Bhiradagi qarorgoh bu farmonlardan go‘yo cho‘chib 
uyg‘ondi-yu, hammayoq birdan jonlandi. Chodirlar va ko‘shklarning ichi-tashini g‘ivir-
g‘ivir harakat tutib ketdi. 
_________________ 
* M a h z a r — markaziy nuqta, sintez joyi. 
* S u b a — viloyat.
* * * 
Mirdevon todar Malning hisobiga binoan, so‘nggi yetti yilda barcha viloyatlarda, shu 
jumladan yangidan qo‘shib olingan Gujarat, Bixar va Bangolada o‘tkazilgan moliya 
islohotlari natijasida davlat xazinasiga tushayotgan daromadlar avvalgidan uch barobar 
ortgan edi. Shu daromadlarning ellik kururdan ortig‘i g‘ayridinlardan olingan qo‘shimcha 
soliq — jizyadan tushgan ekan. Akbar ustozi Salim Cheshtiga bu adolatsiz soliqni bekor 
qilish haqida va’da bergani qachon edi? So‘nggi yillarda xayoli boshqa narsalarga 
alahsib, buni unutgan bo‘lsa, endi shuning hissasini chiqarishi kerak emasmi? 
Muhtojlarga xayr-u ehson qilish odati hamma ellarda bor-ku. Barcha imon-u e‘tiqod 
vakillariga barobar ulashiladigan xayr-ehsonga qaysi taqvodor shayx qarshi chiqa oladi? 
Akbar shu o‘ylar bilan jizyadan tushgan tangalarning katta bir qismini muhtojlarga 
ulashmoqchi bo‘ldi. Uning farmoni bilan devoniom oldidagi marmar hovuz suvdan 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   277   278   279   280   281   282   283   284   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish