Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
215
go‘zal kelin qo‘shiladi. Ammo qiz o‘stirgan ota-ona jigarporasini uzatadi. Qiz bu 
dargohdan yig‘lab chiqib ketmasa ota-onaning ko‘ngli joyiga tushmaydi. Shuning uchun 
qiz uzatadigan xonadonda to‘y kuni yurakni ezuvchi xayrlashuv kuylari chalinadi. 
Biroq Akbar karnay-surnay chaldirib, o‘z odamlari bilan Bhari Malning qal’asiga kirib 
kelganda quvnoq to‘s-to‘polon boshlandi. Hind odatiga binoan, Akbar qiz turadigan 
hovliga qilich taqib otliq kirib bordi. Uning yonida kuyov jo‘ralaridan tashqari, Rupa 
enaga ham bor. Hindcha rasm-rusmlarni Akbar va uning odamlariga Rupa enaga o‘rgatib 
turibdi. 
Yasatilgan kelinchak bir to‘p dugonalari bilan gulshodalar ko‘tarib, uydan Akbarga 
peshvoz chiqdilar. Qizlar yor-yorni eslatuvchi qo‘shiqni aytishib qo‘llaridagi gulshodalarni 
Akbar mingan otning bo‘yniga osdilar. Hayron ismli bu ot xushbo‘y gulshodalar va go‘zal 
qizlar orasida chindan ham taajjubga tushganday ko‘zlarini katta-katta ochib turardi. 
Nihoyat, kelinni otning gulga ko‘milgan bo‘yni ostidan olib o‘tdilar. 
Bunday yuksak ehtiromdan so‘ng kuyov otdan tushdi. Jodha Bay unga ta’zim bilan 
yaqinlashdi-yu, eng sara gullardan qilingan va «svayamvar»* deb ataladigan katta 
gulshodani Akbarning bo‘yniga osdi. Shundan so‘ng kelin-kuyov gulshodalardan tizim-
tizim qilib yasalgan va maxsus mehrob o‘rnatilgan gulchodirga kirdilar. «Yo‘llari oq 
bo‘lsin» degan niyatda gulchodirning chetiga un va guruch sepib qo‘yilgan. Mehrob 
qarshisida ikkita serbezak kursi turibdi. Kelin-kuyov shu kursilarga yonma-yon o‘tirdilar. 
Kelinning yonidan uning ota-onasi va boshqa yaqinlari joy olishdi. Kuyovning yoniga 
Rupa enaga va ko‘kaldoshlari o‘ltirishdi. Puroxit deb ataladigan hind mullalarining biri 
kelin tomonda, ikkinchisi kuyov tomonda turib, «mantr»lar deb ataladigan duolarini 
o‘qidilar. 
Akbar nikoh paytida aytish kerak bo‘lgan gaplarini Rupa enaga yordamida o‘rganib 
kelgan edi. Puroxit undan hindchalab: 
— Rani Jodha Bayni nikohingizga olasizmi? — deb so‘radi. 
Akbar ham hindchalab: 
— Men muqaddas olov, osmon va yer guvohligida hind qizi rani Jodha Bayni chin dildan 
xohlab o‘z nikohimga olgaymen! — dedi. 
Puroxit o‘sha savol bilan qizga murojaat qildi. Akbarning gapi Jodha Bayga ancha dalda 
bergan edi. 
— Men, — deb so‘z boshladi qiz, — oliy tangrilar guvohligida muslim yigitning nikohiga 
o‘z xohishim bilan o‘tmoqdamen. Uning uyini o‘z uyim deb bilurmen. Barcha kelinlik 
xizmatlarini sidqidildan ado etgaymen. 
Qoidaga binoan, bu so‘zlardan keyin puroxitlarning biri yigitning qo‘lidan, ikkinchisi 
qizning qo‘lidan oldi-da, ikki panjani birlashtirdi. Akbar qizning mayin qo‘lchasi taftini o‘z 
kaftida his qildi. Puroxitlar Akbarning yelkasidagi shohi fo‘taning uchini qizning egnidagi 
zarbof sarining uchiga sekin bog‘lab qo‘ydilar. 
Sal narida muqaddas olov yonib turibdi, xushbo‘y hid beruvchi giyohlar tutatilmoqda. 
Qo‘llari chirmashgan, fo‘ta va sarilari bir-biriga bog‘lanan kelin-kuyovni puroxitlar olov 
atrofidan yetti marta aylantirib o‘tkazdilar. Bu aylanishlar bilan mehr-u oqibat, poklik, 
bolajonlik, ota-onaga ehtirom, sadoqat, odob kabi oilaviy hayotning yettita eng muhim 
talabiga rioya qilish majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar. 
Nikoh marosimining oxirida qizning otasi fotiha berishi kerak edi. Odatga binoan, Bhari 
Mal o‘zining va urug‘ining nomini aytib so‘z boshladi. 
— Men, roja Bhari Mal, o‘ttiz oltita rajput qabilalari qatoriga kiradigan Kalvaha urug‘ining 
boshlig‘imen. Tarixdan ma’lumki, bizning eng qadimgi ajdodlarimiz ariylar bo‘lgan. Ularni 
Hindistonga shimoldan, Movarounnahr-u Xuroson tomonlardan kelgan otashparastlar 
deb eshitganmen. Hazrat podsho, sizning ajdodlaringiz ham shimoldan kelganlar, qadim 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish