Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
changallab, Nizomga tomon intildi: 
Adolat qiling, sohib! Soliqchilar meni nohaq qamatgan. Oltita bolam bor. Olgan 
hosilimning uchdan birini davlatga berganmen! 
Qo‘lida ochiq daftar bilan turgan qozikalon Muni Dasning nomi yozilgan varaqni chiroq 
yorug‘iga tutib o‘qidi: 
— Xiroj bilan juzyani* to‘lamagan! Munsif* bilan urishib, uni haqorat qilgan, shuning 
uchun qamalgan. 
— Munsif mendan juzya solig‘ini ikki qayta olmoqchi bo‘ldi! Bolalarim och qolmasin deb 
ikkinchi martasida to‘lamadim! Munsif meni kaltakladi, achchiq ustida men ham uni 
«zolimsen!» deganim rost. 
— Shiqdor-u munsiflar orasida zolimlar ko‘p, sohib! — deb ichkaridan yana bir mahbus 
gap qotdi.— Bizdan olgan oliq-solig‘ining yarmini ham davlatga bermagay, ko‘pini o‘zi 
olib qolgay! Soliqchilar boyib ketgan! 
— Sizning ismingiz nedur? — deb so‘radi Nizom bu gaplarni aytgan mahbusdan. 
— Ismim Nazir. Ajmirlikmen, sohib! Men ham zolim soliqchilar tuhmati bilan zindonga 
tushganmen! 
Nizom qo‘lidagi qog‘ozdan ajmirlik Nazirning nomini topdi-yu, Humoyunga yuzlandi: 
— Amirzodam, bularning begunohligini menga otam aytgan. Qarang, biri hindi, ikkinchisi 
muslim, ammo zolim munsiflarga ikkovi ham birdek qarshi. Dinu millat ayirish adolatdan 
emas. Yaratganning oldida barcha bandalari barobardirlar. Shuning uchun biz juzya 
solig‘ini bekor qilishga haqlimiz. Ortiqcha oliq-soliqlar bilan aholini qiynab boy 
bo‘layotgan zolim shikdor-u munsiflarning o‘zlari zindonga tashlanmog‘i kerak. Bu 
borada maxsus taftish o‘tkazgaymiz! Hozir esa Muni Das bilan Nazir zindondan ozod 
etilsin, ro‘zg‘orlarini o‘nglab olishlari uchun har biriga yuz rupiydan nafaqa berilsin! 
Zindonbon hazrat Nizomiddin qarshisida ta’zim qilib: 
— Bosh ustiga, hazratim! — dedi-da, buyruqni bajara boshladi. 
Muni Das bilan Nazir qo‘l-oyoqlaridagi zanjirlarini shaqirlatishib, bir-birlarini quchoqlab 
ketdilar. Keyin ko‘zlari quvonchdan yoshlanib, hazrat Nizomiddinga minnatdorchilik 
bildirdilar. Nizomning qo‘lidagi qog‘ozchaga nomi yozilgan yana bir kishi — agralik keksa 
to‘quvchi — ikki kun burun zindonda jon bergan ekan. Nizom buni eshitib: 
Xudo rahmat qilsin,— dedi-yu, narigi zindonga o‘tmoqchi bo‘ldi. Shunda o‘n-o‘n besh 
mahbus temir panjaraga yopishib, undan shafoat so‘ray boshladilar. Lekin bular o‘g‘irlik 
va poraxo‘rlik qilgan haqiqiy jinoyatchilar edi. Nizom ularning gapiga quloq solmay narigi 
eshikka qarab o‘tdi. Zindonbon bu eshikni ochayotganda navkarlarga suyanib turgan 
Said Xalil negadir qalt-qalt titray boshladi. Bu zindonda mahbus uncha ko‘p emas edi. 
Davtiylar temir panjaraga chiroq osib, ichkarini yoritganda ichkarida besh-oltita 
zanjirband odam ko‘rindi. Yarim yalang‘och qoramtil-ko‘kish tanalar orasida soqol-
mo‘ylovi oltinrang, oq yuzli bir mahbus Humoyunning e’tiborini tortdi. 
— Bular — Sherxonga sotilganlar! — deb izoh berdi qozi. Oq tanli mahbus Humoyunni 
tanib, eshikka tomon talpindi: 
— Hazrati oliylari, men Sherxonga emas, sizga tarafdor bo‘lganim uchun jazolandim! 
Humoyun Moskoviyadan Xo‘ja Husayn bilan birga kelgan mehmonni tanidi, nomini 
eslolmasa ham, bultur, navro‘zda keltirgan qarchig‘ayini esladi. Xo‘ja Husayn esa uni 
ovozidan tanib hayajon ichida: 
— Matvey! — dedi va temir panjara orqali qo‘l cho‘zdi: — Kalitin! Men sizni yurtingizga 
qaytib ketgansiz, deb eshitgan edim-ku! 
— Ketmoqchi bo‘lib turganimda kechasi bor-budimni musodara qilib, o‘zimni zindonga 
tashladilar! 
— Kim shunday qildi? — so‘radi Humoyun. 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish