Microsoft Word avlodlar dovoni ziyouz com doc



Download 1,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/358
Sana29.01.2022
Hajmi1,29 Mb.
#417463
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   358
Bog'liq
Pirimqul Qodirov-Avlodlar dovoni

www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
qilgan novcha, serpay mushrif yangi podshoning sinovchan nazaridan xavotirga tushib: 
— Hazratim, buyuring, sodiq qulingizmen! — dedi. 
— Alvarga... Necha kunda borib kelmog‘ingiz mumkin? 
— Agar yomxonalar chopqir otlardan bersalar, uch kunda, hazratim! 
Hazrat Nizomiddin maqsadga o‘tishdan oldin bir oz ikkilandi. Ketida soyadek turgan 
Nizom «Ehtiyot bo‘ling, sinamagan kishingizga sir bermang!» deb shivirladi. Ammo 
hazrat unga quloq solmadi. 
— Men sizga buyurmoqchi bo‘lgan ishni, — deb Afzalbekka qat’iy tikilib gap boshladi: — 
Ikkimizdan boshqa hech kim bilmasligi shart! 
— Hazratim, buyuring, to o‘lgunimcha sir saqlagaymen! 
Hazrat Nizomiddin oltin to‘la hamyonni unga uzatdi. 
— Yomxonalardan ot yollashga qancha pul ketsa tortinmay sarflang, — dedi. — Boshqa 
xarajatlarga ham yetgulik oltin olursiz. 
Afzalbek hamyonni ta’zim bilan oldi-yu, tabarruk qilib ko‘ziga surdi va tez qo‘yniga soldi. 
Shundan so‘ng hazrat Nizomiddin Hamida bonuga yozilgan maktubini unga berdi. Qiz 
Hindol mirzoning dargohida turishini, Aminat degan kanizi borligini aytdi. 
— Uqdim, xotirjam bo‘ling, hazrat. Men bu maktubning javobini olib kelmog‘im 
kerakdur. Shundoqmi? 
— Agar javob o‘rniga... qiz o‘zi kelmoqchi bo‘lsa, soyabon aravada kanizi bilan yetkazib 
kela olurmisiz? 
— Hindol mirzoning dargohidan qiz... o‘g‘irlash juda xatarli. 
«Qiz o‘g‘irlash» degan so‘zlar hazrat Nizomiddinni sergaklantirdi. 
Mirzolarning oriyati yomon, baloga qolishi mumkin. U Afzalbekka soddadillik bilan izoh 
berdi: 
— Men u qizga uylanmoqchimen, boshqa yomon niyatim yo‘q! 
Afzalbek shu payt podsho o‘rnida avvalgi sodda eshkakchi Nizomni ko‘rganday bo‘ldi-yu, 
miyig‘ida kulimsirab bosh irg‘adi: 
— Hamma ish ko‘nglingizdagidek ado etilg‘ay! 
— Agar shu nozik ishlarni bajo keltirib qaytsangiz, bizning eng ishongan odamimizga 
aylanursiz! 
Afzalbek yangi podshoning katta ishonchidan ruhlanib, unga yana egilib ta’zim qildi-yu, 
orqasi bilan yurib chiqib ketdi. Ammo shu yomg‘ir faslida loylarga botib besh kunlik 
yo‘lni uch kunda bosib o‘tish azobini o‘ylaganda Afzalbekni g‘am bosdi. U ham asli 
bechora bir kosibning o‘g‘li, saroyga katta martabalar orzusida ishga kirgan, lekin olti 
yildan beri o‘zi istagan darajadagi nufuzli bek bo‘la olgani yo‘q. Nizom esa bir necha kun 
ichida oddiy eshkakchidan hukmfarmo shohga aylandi. Afzalbekning mavqeyi
yaqindagina yalangoyoq yurgan Nizomnikidan baland edi. U maxsus ishlar mushrifi 
sifatida podsho kemasida Nizomga ish buyursa, Nizom ta’zim bilan bajarishga majbur 
edi. Mana endi Nizom osmonda. Afzalbek hali ham allaqanaqa pasqamlikda yuribdi-yu, 
Nizom uning tepasiga chiqib olib ish buyuryapti. Turib-turib, Afzalbekka mana shu juda 
alam qildi. Agar u Nizomning taxtda uzoq o‘ltirishiga ishonsa ehtimol, bu alamlarga 
qaramay, uning buyrug‘ini bajarardi va katta mukofotlar olish imkonini qo‘ldan boy 
bermagan bo‘lardi. Lekin saroy va uning atrofida yurgan mish-mish gaplarga qaraganda, 
Nizomning taxtda o‘ltirishi juda muvaqqat. Uni tezroq yo‘qotish harakatida yurgan 
zamona zo‘rlari ko‘p. Humoyunning o‘zi ham taxtini boshqa odam egallaganidan bezovta 
bo‘lib yuribdi. Afzalbek Alvarga borib kelguncha bu saqqoning kavushini to‘g‘rilab 
qo‘yishlari hech gap emas.* 
Undan ko‘ra Afzalbek ana shu zamona zo‘rlaridan biri bo‘lgan piri a’zam Said Xalilning 
duosini olgani yaxshi emasmi? Axir u Said Xalilga qo‘l berib murid bo‘lgan, Humoyun 


Humoyun va Akbar – Avlodlar dovoni (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   358




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish