6. Mavzu bo'yicha savollar va qo'shimcha topshiriqlar:
1.Kompleks tuzlarning ionlanishiga misollar keltiring.
2.Kimyoviy tahlilda ishlatiladigan kompleks tuzlar.
3.Kompleks birikmalarning beqarorlik va barqarorlik konstantalari.
4.Ichki kompleks birikmalar nima?
5.Analitik kimyoda kompleks tuzlar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
6.Qanday funksional analitik guruhlar mavjud.
7.Organik reagentlarning analitik kimyoda qo'llanilishiga misollar keltiring.
8.Kationlarning III guruhini ajratishda qanday kompleks hosil bo’ish
reaksiyalaridan foydalanish mumkin.
7.
Adabiyotlar:
1.Фриц Дж, Шенх Г. Количественний анализ. М. Мир. 1978
2. Пилиъпенко А.Т. Пятниский И.В. Аналитическая химия. Т. 1,2 М:
Химия, 1990 .
3.ВасиИев В.П. Аналитическая химияТ.1,2 М: Висшая школа, 1989
AJRATISH VA KONSENTRLASH USULLARI
1. Mavzu rejasi:
Elementlarni ajratish va konsentrlash usullari. Ajratish, va konsentrlashning
kimyoviy va fizik-kimyoviy usullari. Elementlarni cho'ktirish usulida ajratish.
Tabaqalab cho'ktirish usuli bilan elementlarning mikromiqdorini konsentrlash.
Ekstraksiya. Taqsimlanish qonuni. Elementlarni elektrokimyoviy ajratish.
Fizikaviy usullar. Haydash.
2.Maqsadi:
Ajtatish va konsentrlashning fizikaviy, kimyoviy va fizik-
kimyoviy usullari bilan tanishtirish.
3.
Dars o'tish vositalari
:
Ajratishga oid va konsentrlash usullariga oid
jadval va suratli ko'rgazmali qurollardan foydalanishi nazarda tutiladi.
4
.
Dars o'tish usuli
sifatida tarqatma materiallardan foydalaniladi.
5.
Darsninh mazmuni;
Ajratish va konsentrlash usullari moddalarning u yoki bu kimyoviy va
fizikaviy xossalariga asoslangan. Elementlarni tahlil qilish jarayonida ularni bir-
biriga ta'sirini yo'qotishning asosiy usullaridan biri ularni ajratishdir.
Elementlarni bir- biridan ajratish bir fazali tizimni ikki fazali tizimga aylantirish
yo'li bilan amalga oshiriladi. Ajratiladigan aralashmani tarkibidagi
komponentalarni ajratish usullari negizida shu qismlarni 2 faza orasida tanlab
ta'sir etish qoblliyati yotadi. Bir fazali tizimni ikki fazali tizimga fizik yoki
kimyoviy usulda amalga oshirish mumkin. Ajratishda ajratilgan aralashmaning
bir yoki bir necha qismlari bir fazadan ikkinchi fazaga o'tkaziladi. Bunda
ajratilgan qismni biror fazaga to'liq o'tkazishga harakat qilinadi.
Tajribada ajratishning kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullari keng
ishiatiladi. Kimyoviy usullariga: cho'ktirish; fizik-kimyoviy usullariga; haydash,
sublimatsiya, kabilar kiradi.
49
Tajribada ajratish usuli ajraladigan moddaning xossasiga, ishlatiladigan
tahlil usuliga, reaktiv va asbobblarning mavjudligiga va hokazolarga qarab
tanlanadi. Moddalarni ajratish shu moddalardan birining ikki faza orasidagi
nisbatini ikkinchi moddaning ikki faza orasidagi nisbatini ikkinchi moddaning
ikki faza orasidagi nisbati bir-biridan keskin farq qilganda yaxshi natija berishi
mumkin.
Ag
+
+Cl→AgCl↓
Сl
-
eritmada kam qoladi.
Ajralish jarayonida 2-ta faktorga ahamiyat berish kerak:
1.Ajraiadigan elementlarni aralashmadan to'liq ajralishi.
2.Ajraiadigan elementni qo'shimchalardan ajratish. Bu matematik usulda
ajratish faktori kattaligi bilan ifodalanadi.
A
1
- moddaning ajratib olingan miqdori, A
0
- shu moddaning boshlang'ich
namunadagi miqdori.
Ajralish faktori 1-ga qancha yaqin bo'lsa, ajralish shuncha yaxshi o'tgan
hisoblanadi. Xuddi shu ifodani xalaqit qiluvchi modda uchun ham yozish
mumkin.
B
1
va B
0
- xalaqit qiluvchi qo'shimchaning boshlang'ich va ajratilgandan
keyingi miqdorlari.
Tahliliy kimyoda turli ob'ektlardagi mikroqismlarni ajratishga to'gri keladi.
Mavjud usullar juda kam miqdordagi moddalarni ajratishga imkon bermasligi
mumkin. Bunday holda mikroqismlarni konsentrlashga to'gri keladi, ya'ni ularni
katta hajmdan kichik hajmga yig'ish talab etiladi. Konsentrlash moddalarni 2
faza orasida taqsimlanishiga asoslangan. Shuning uchun ajratishga ishlatilgan
usullarni elementlarni konsentrlashda foydalanish mumkin. Ko'pincha
konsentrlash tahlilning kimyoviy , fizik- kimyoviy usullari bilan qo'shib olib
boriladi.
Masalan: ekstraksiya usuli spekrofotometriya usuli bilan yoki
elektrokimyoviy ajratish usuli gravimetriya usuli bilan qo'shib olib boriladi.
Bunda ekstraksion- spekrofotometriya, elektrogravimetriya kabi nomlarni oladi.
Elektrogravimetriyaga misol, qilib istalgan galvanik element yoki elettroliz
yordamida bo'ladigan reaksiya jarayonlarini misol keltirish mumkin.
(-) Zn
0
/Zn
2+
//Cu
2+
/Cu
0
(+)
Zn
0
-2e
-
→Zn
2+
Cu
2+
+2e
-
→Cu
0
↓
Konsentrlash individual va guruh-guruh konsentrash bo'lishi mumkin.
Guruh-guruh konsentrlashda bir martada bir necha qismlar konsentrlanadi.
Individual konsentrlashda bir yoki bir necha jarayonda bitta ion konsentrlanadi.
50
Konsentrlash asosiy qismni yo'qotish yoki mikrokomponentlarni yo'qotish bilan
amalga oshirilishi mumkin.
Konsentrlash usuli ajratish darajasi va konsentriash
koeffisienti
bilan
xarakterlanadi.
100 %
∙
Bunda R ajralish darajasi, A
1
mikr, A mikroqismni kontsenratdagi va
boshlang'ich namunadagi miqdori, A asosiy moddalarning miqdorlari, К
kontsentrlash koeffitsienti. Ajralish darajasi miqdori Iv-100% bo'lganda
tanlangan konsentralash usuli qoniqarii hisoblanadi. R- mikroqismni va asosiy
qismni konsentratdagi miqdorlar nisbatini boshlang'ich namunadagi miqdoridan
necha marta oshishni ko'rsatadi. Hozirgi paytda konsentrlashdan foydalanib
tahliliy kimyodagi qator muammolaf hal qilinmoqda.
Cho'ktirish usuli,aralashmaga biror kimyoviy reagent ta'sir qilinib
ajratilgan moddani bir fazadan 2- siga o'tkazishga asoslangan. Cho'kishda kam
eruvchan birikma, ya'ni qattiq faza yuzaga keladi. Bunda eritmadagi A
0
moddaning A] qismi cho'krtiaga o'tadi, A
2
qismi esa eitmada qoladi. Bunda
ajralishnitig samaradorligi
A
A
A
A
A
Cho'ktirish usuli bilan ajratish quyidagi usullarda amalga oshishi mumkin.
1. Ajratiladigan va xalaqit qiladigan qismlar eritmada. Bunda qismlardan
biri cho'kmaga o'tkaziladi.
2. Ikki qism ham cho'kmada Bunda qisimlardan biri eritilib eritmaga
o'tkaziladi.
Aralashmada kerakli moddani ajratishga halaqit qiladigan bir nacha
qismlar bo'lsa, ajratiladigan moddani cho'ktirish uchun selektiv cho'ktiruvchi
tanlanadi, yoki cho'kish jarayoni haydash yoki boshqa usullar bilan qo'shib olib
boriladi.
Cho'tirish usulida moddalarni ajratishda ajralish darajasi qiymatiga
cho'kadigan birikmaning E ortiqcha cho'ktiruvchi miqdori kabilar ta'sir qiladi.
Birgalashib cho'kish tahliliy kimyoda konsentrlash usuli sifatida
ishlatiladi.Birgalashib Cho'kishga adsorbsiya, okklyuziya, izomorfyzm sabab
bo’ladi. Birgalashib cho’kish mikraqismlar konsentratsiyasi ni ayrim hollarda
10-20 ming oshiriladi. Bunda amorf cho’kmalar hosil bo’lganda birgalashib
cho’kishga asosiy sabab amorf cho’kma yuzasiga mikroqismlarni
adsorbsiyalanishi, kristall cho’kmalar hosil bo’lishida okklyuziya va izomorfizm
sabab bo’ladi.
Birgalashib cho’kishda o’zi bilan mikroqismlarni olib tushadigan
cho’kmani kollektor deyiladi, konsentrlashda kolletor sifatida Fе(ОН)
3
А1(ОН)
3
, CdS, CaCO
3
, BaSO
4
ionlari va hokazolarni ishlatish mumkin.
Masalan: Fe(OH)
3
ga ishqoriy muhitga OH
-
adsorbinlanadi, kuchsiz kislotali
muhitda esa Fe
3+
adsorbilanadi va anionlarni birgalashib cho’ktiradi. Bunda
51
asosiy talab kollektor bilan ma’lum qismlarni selektiv birikib cho’kishidir.
Bunda hosil bo’lgan cho’kma filtrlab ajratiladi, quritiladi va tahlil qilinadi.
Ajratish va konsentrlashni keng ishlatiladigan usullaridan biri ekstraksiyadir.
Suvli eritmani biror suv bilan aralashmaydigan yoki kam aralashadigan
erituvchi bilan aralashtirilganda eritmadagi moddaning bir qismi organik
qavatga o’tadi va A
suv
=A
org
orasida dinamik muvozanat yuzaga keladi. Bunday
moddani 2 suyuqliq orasida taqsimlanish jarayoniga ekstraksiya deyiladi. 2
suyuqlik fazasida moddani taqsimlanishi taqsimlash qonuni bilan xarakterlanadi
ya bunga ko’ra doimiy t
0
- da 2 fazadagi erigan modda konsentrasiyasining
nisbati o’zgarmas bo’lib erigan moddaning umumiy konsentrastsiyasiga bog’liq
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |