e Blv
EYuK paydo
2.2-rasm
bo'ladi, bu yerda B-o'tkazgich simga ta'sir etuvchi magnit maydonining induksiyasi, l- o'tkazgich simning uzunligi, v- aylanuvchi magnit maydonining chiziqli tezligi. Agar l va v kattaliklarni o'zgarmas deb olsak, u holda chulg’amlardagi EYuK e(t) ning o'zgarish qonuni magnit induksiyasi B ning vaqt
bo'yicha o'zgarish qonuni bilan aniqlanadi.
EYuK egri chizig'ining shakli sinusoidaga yaqin bo'lishi uchun generatorning rotorida joylashtirilgan qutb boshmog'i chetidagi havo oralig'i uning markaziga nisbatan 1,5 ... 2 marta kattalashtiriladi. Shu sababdan, magnit induksiyaning o'zgarish qonuni stator bilan rotor oralig'ida sinusoidal bo'ladi, qutb boshmoqlarining o'rtasida magnit induksiyasi maksimal bo'lib, qutb boshmoqlarining chetiga qarab
kamayib boradi. Agar juft magnit qutblari soni p va rotorning bir minutdagi aylanishlar soni n bo'lsa, u holda o'zgaruvchan EYuK ning chastotasi:
f pn .
60
Elektrotexnikada o'zgaruvchan tokning keng qo'llanishi elektr
energiyani markazlashgan holda ishlab chiqarish va uni uzoq masofalarga uzatish masalasi yechilganidan keyin boshlandi.
Energiyani uzatish va taqsimlash iqtisodiy tarafdan hamda xavfsizlik nuqtai nazaridan uzatish uchun yuqori kuchlanishni va taqsimlash uchun esa nisbatan past kuchlanishni talab etadi. O'zgaruvchan tok kuchlanishini o'zgartirish nihoyatda sodda statik apparat-transformator yordamida bajariladi.
Agar bir xil chastotali bir necha sinusoidal funksiyalar (masalan, EYuK va tok) sinusoidalarining boshlanishlari mos kelmasa, u holda bu sinusoidalar faza jihatidan bir biriga nisbatan siljigan deyiladi. Faza siljishi tok va EYuK boshlang'ich fazalarining ayirmasi bilan
o'lchanadi, ya'ni
ϕ ψi ψe .
Agar bir xil chastotali sinusoidal funksiyalar boshlang'ich fazalari bir xil bo'lsa, u holda sinusoidalar faza jihatidan mos tushadi. Agar
fazalar ayirmasi π / 2 ga teng bo'lsa, u holda sinusoidalar bir biriga
nisbatan kvadraturada deyiladi.
Sinusoidal tok, EYuK va kuchlanish ta'sir etuvchi (effektiv) va o'rtacha qiymatlari
Sinusoidal o'zgaruvchan kattalikning juda keng ishlatiladigan qiymati bu uning ta'sir etuvchi qiymatidir. U effektiv yoki o'rtacha kvadratik qiymati deb ham ataladi. Tokning ta'sir etuvchi qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Ι
Demak, sinusoidal tokning ta'sir etuvchi qiymati davr mobaynidagi o'rta kvadratik qiymatiga teng va u tok maksimal qiymatining 70,7 foizini tashkil etadi.
EYuK va kuchlanishning ta'sir etuvchi qiymatlari mos ravishda
Ε Εm /
2, U
Um /
ga teng.
Rezistordan bir xil vaqtda o'tgan sinusoidal va o'zgarmas toklar energiyasining issiqlik energiyasiga aylanish natijasini taqqoslab ko'ramiz. Rezistordan sinusoidal tok o'tganda bir davr ichida ajralayotgan issiqlik miqdori:
Τ
Q
0
ri2dt rI 2 Τ .
m
2
Shu vaqt ichida o'zgarmas tok ta'sirida ajralib chiqqan issiqlik miqdori:
Q rI 2T.
Ularni o'zaro tenglab, quyidagini hosil qilamiz:
m
rI 2 Т
2 rI 2T
yoki
Ι Ιm / 2.
Shunday qilib, sinusoidal tokning ta'sir etuvchi qiymati miqdor jihatdan o'zgarmas tokning shunday qiymatiga tengki, unda sinusoidal va o'zgarmas toklar teng vaqt mobaynida rezistordan o'tganda undan ajralib chiqqan issiqlik miqdorlari o'zaro teng bo'ladi. Ko'pchilik (elektromagnit, ferrodinamik, elektrodinamik, issiqlik va
h.k. sistemali) o'lchash asboblari sinusoidal kattalikning ta'sir etuvchi (effektiv) qiymatini o'lchaydi.
Sinusoidal kattalikning amplituda qiymatini ossillograflarda o'lchash yoki ta'sir etuvchi qiymat orqali hisoblab topish mumkin.
Sinusoidal o'zgaruvchan kattaliklarning o'rta qiym ati deb, uning yarim davr ichidagi o'rtacha qiymati tushuniladi. Demak, sinusoidal tokning o'rtacha qiymati:
1 Τ 2 2
Io'rta Τ 2
Ιm sinωtdt
0
π Ιm ,
2 π 0,63
qismini tashkil qiladi. Sinusoidal EYuK va kuchlanishlar
uchun ham xuddi shunday tengliklar o'rinli:
Εo'rta
2 E ,
π m
U o'rta
2 U .
π m
Sinusoidal tokning o'rtacha qiymatini magnitoelektrik asbobga ketma-ket yarim o'tkazgichli diod ulab o'lchash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |