Microsoft Word Амиров Elektr o`lchashlar doc



Download 12,37 Mb.
bet68/96
Sana04.03.2022
Hajmi12,37 Mb.
#482406
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96
Bog'liq
Амиров-Elektr-o-lchashlar

IV bob. NOELEKTRIK KATTALIKLARNI O‘LCHASH
4.1. Umumiy ma’lumotlar
Тexnologik jarayonlarni nazorat qilish, ularni sozlash va boshqarish, shuningdek, mashina va agregatlarning parametrlarini tadqiq qilish, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va parrandachilik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash texnologik jarayonlarida, gidromeliorativ tizimlarni avtomatlashtirishda ko‘pgina noelektrik kattaliklarni yuqori aniqlikda o‘lchash talab qilinadi. Bu kattaliklarga mexanik siljish, tezlik, kuch, tezlanish, deformatsiya, suv va suyuqliklar sathi hamda sarfi, bosim, harorat, namlik, mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari va boshqa yuzdan ortiq parametrlar kiradi. Bu kattaliklarni uzoq masofadan turib kam xatoliklar bilan o‘lchash va uzatish katta afzalliklarga ega bo‘lgan elektrik usullar hamda elektr o‘lchash vositalari yordamida bajariladi.
Noelektrik kattaliklarni o‘lchashda qo‘llaniladigan vositalar xilma-xil bo‘lishiga qaramay, o‘lchash usuli va vositalarining umumiy xususiyatlari ham mavjud. Umumiylik shundan iboratki, o‘lchanayotgan har qanday noelektrik kattalik avval unga proporsional bo‘lgan elektr (tok, kuchlanish, qarshilik, chastota va boshqalar) kattaligiga aylantiriladi, keyin esa elektr o‘lchash asbobi yordamida o‘lchanadi (4.1- va 4.2- rasmlar).

4.1- rasm. Noelektrik kattaliklarni o‘lchash zanjirining umumlashgan struktura sxemasi.
Noelektrik kattaliklarni o‘lchashda ishlatiladigan o‘zgartkichlarga qo‘yiladigan asosiy talab o‘lchash ma’lumotining aniqligi va jarayonni to‘g‘ri aks ettirishdir. O‘lchanayotgan kattalikni o‘zgartirish usuli (bevosita, bilvosita yoki muvozanatlash) ga ko‘ra u yoki bu turdagi xatoliklar yuzaga keladi.

4.2- rasm. Muvozanatlashgan usulga asoslangan noelektrik kattalikni o‘lchashning umumlashgan struktura sxemasi.
4.2. O‘lchash o‘zgartkichlarining asosiy metrologik xarakteristikalari
Ma’lum fizik qonunlar asosida ishlovchi va birorta o‘lchash o‘zgartirishini bajaruvchi texnik qurilma o‘lchash o‘zgartkichi deb ataladi.
Demak, o‘lchash o‘zgartkichi bir fizik kattalikni u bilan funksional bog‘langan boshqa bir fizik kattalik orqali aks ettiradi.
Тuzilishi va ishlash asosiga ko‘ra, o‘lchash o‘zgartkich (O‘O‘) lari xilma-xil bo‘lsa-da, ular o‘zgartirish funksiyasi, graduirovka xarakteristikasi, xatoligi, o‘lchash diapazoni kabi umumiy xarakteristikalar bilan xarakterlanadi.
ГОСТ 8009–84 ga ko‘ra, o‘zgartirish funksiyasi – O‘O‘ chiqish signali informativ parametrining kirish signali informativ parametri bilan funksio-nal bog‘liqligi analitik, jadval va grafik ko‘rinishida ifodalanadi.
Darajalash natijasida olingan chiqish va kirish qiymatlarining o‘zaro bog‘liqligi O‘O‘ning graduirovka xarakteristikasi deyiladi. U formula, jadval va grafik ko‘rinishlarida berilishi mumkin.
O‘O‘ning xatoligi haqiqiy va nominal (o‘lchangan) o‘zgartirish funksiyalari orasidagi farq bo‘lib, o‘lchash vositalari xatoliklari singari topiladi.
O‘O‘ning o‘lchash diapazoni deb, o‘lchash xatoligi normallashtirilgan o‘lchash kattaligining qiymatlar sohasiga aytiladi.
O‘O‘ning yuqorida keltirilgan xarakteristikalaridan tashqari parametrlarning mo‘tadilligi, ishonchliligi, massasi, narxi, gabarit o‘lchamlari va boshqa parametrlari ham o‘rganiladi.
4.3. O‘lchash o‘zgartkichlarining klassifikatsiyasi
O‘O‘ vazifasi va ishlash prinsipiga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Ular vazifasiga ko‘ra mexanik, gidravlik, issiqlik, kimyoviy, biologik, pnevmatik va boshqa kattaliklar O‘O‘ga bo‘linadi. Generator O‘O‘ da o‘lchanayotgan noelektrik kattalik unga proporsional bo‘lgan e.yu.k. yoki tokka o‘zgartiriladi.
Ularga elektromagnit, induksion, termoelektrik (termojuftliklar) pyezoelektrik va galvanomagnit O‘O‘ kiradi. Parametrik O‘O‘da o‘lchanayotgan kattalik qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik va sig‘im kabi elektr zanjirining parametrlariga o‘zgartiriladi. Ularga elektromagnit (induksion, transformator va magnit qisiluvchi), termorezistor, optoelektrik (fotorezistorlar, fotodiodlar va fototranzistorlar), elektrokimyoviy (elektrolitik), rezistiv va elektrostatik O‘O‘ kiradi (4.3- rasm).
4.4. Elektromagnit o‘lchash o‘zgartkichlari
Elektromagnit o‘lchash o‘zgartkichlarida o‘lchanayotgan noelektrik kattaliklar materialning magnit xossalari hisobiga unga proporsional bo‘lgan elektrik kattalik (e.yu.k. yoki tok) ka va R, L, C, M parametrlariga aylantiriladi. Qo‘llaniladigan elektromagnit o‘lchash o‘zgartkichlaridan induksion, induktiv, transformator va magnit qisiluvchi O‘O‘ keng tarqalgan.

4.3- rasm
4.4.1. Induksion o‘zgartkichlar
Elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanib, chiziqli yoki burchak tezligi ularga proporsional bo‘lgan e.yu.k. yoki tokka aylantiriladi.
Induksion o‘zgartkichlar qo‘zg‘almas magnit va qo‘zg‘aluvchan g‘altak (4.4- a, b rasmlar) yoki qo‘zg‘aluvchan magnit va qo‘zg‘almas g‘altakli ko‘rinishida (4.4- d rasm) yasalishi mumkin. Bu qurilmalar ko‘pincha taxogeneratorlar deb ataladi. Ularning o‘zgartirish funksiyasi (statik xarakteristikasi) deb, chiqish kuchlanishi (U) yakorning aylanish tezligi  ga bog‘liqligiga aytiladi: U = k, bu yerda: k – taxogenerator doimiysi. Real ish sharoitlarida chiqish kuchlanishi qiymatiga yakor reaksiyasi va kontakt qarshiligi o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

4.4- rasm. Induksion o‘zgartkichlar konstruksiyalari.
Shuning uchun ham taxogeneratorlarning statik xarakteristikasi nochiziq bo‘ladi. O‘zgaruvchan tok taxogeneratorlarida:
pn
E = k
60 ,
bu yerda: k – elektromagnit koeffitsiyenti; Ф – magnit oqimi; p – statorning juft qutblar soni; n – rotorning aylanish chastotasi, ya’ni o‘zgartkichning kirish kattaligidir.

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish