Afzalliklari: Tuzilishining soddaligi, chiqish quvvatining kattaligi, o'lchash diapazonining kengligi.
Kamchiliklari: O'zgartirish funksiyasining nochiziqligi, chiqish signalining diskretligi (kontakt bir o'ramdan boshqasiga o'tganda chiqish signali diskret o'zgaradi), termo EYuK paydo bo'lishi, atrof muhit haroratining ta'siri sezilarligi, mexanik ta'sirlarga chidamsizligi, kontaktning ifloslanishi va oksidlanishi.
4.21 - rasm
4.9.3. Тenzorezistorlar
Bu rezistorlarning ishlash prinsipi tenzoeffektga – mexanik deformatsiya ta’sirida metall yoki yarim o‘tkazgich elektr qarshiligining o‘zgarishiga asoslangan.
M a'lumki, o'tkazgichning elektr qarshiligi R l ifoda bilan aniqlanadi, bunda S
- o'tkazgich yasalgan materialning solishtirma elektr qarshiligi, l, S - o'tkazgichning mos ravishda uzunligi va ko'ndalang kesim yuzasi. Mexanik deformatsiyalanishda o'tkazgich elektr qarshiligining o'zagrishi uning uzunligi l l, ko'ndalang kesim yuzasi S S yoki solishtirma elektr qarshiligi ning o'zgarishlari natijasida yuz beradi. Deformatsiya natijasida o'tkazgich qarshiligi o'zgarishining shu o'zgarishga sababchi bo'lgan uning uzunligi o'zgarishiga nisbati tenzosezgirlik deb ataladi:
R R
S T .
l l
Tenzorezistor materiali plastik deformatsiyalanganda uning hajmi va solishtirma elektr qarshiligi o'zgarmaydi. Shuning uchun ham plastik deformatsiyalanuvchi tenzorezistorlarda tenzosezgirlik koeffitsiyenti 2 ga teng bo'ladi.
Tenzorezistorlar konstantan, nixrom va vismutdan tayyorlanadi. Bu sohada kremniy va uning qotishmalari ham keng qo'llaniladi. Yarim o'tkazgichli tenzorezistorlarda tenzosezgirlik koeffitsiyenti metall tenzorezistorlarnikidan farqli ravishda bir necha yuzga teng bo'ladi. Bundan tashqari, kremniyda qarshilikning harorat koeffitsiyenti uncha yuqori emas.
Konstruktiv jihatdan tenzorezistorlar metall sim, yupqa folga yoki yarim o'tkazgichli plastina shakllarda yasaladi (4.22 - rasm). Tenzorezistorlar yupqa qog'ozga yoki lok qobiqqa yelemlab qo'yiladi. Tenzosezgir element qismalariga ingichka mis simlar payvandlanadi.
4.22 - rasm. Tenzorezistor qurilma:
a - simli; b - yupqa folga; c - yarim o'tkazgichli
Tenzorezistor nazorat qilinuvchi ob'ektning deformatsiyalanuvchi qismiga yelim yordamida yopishtirib qo'yiladi. Deformatsiyasi o'lchanadigan ob'ekt haroratiga qarab turli xil yelimlardan foydalaniladi. Masalan, o'lchovlar 180C gacha bo'lgan haroratlarda o'tkazilganda, bakelit-fenol yelim, bakelit yoki viniflek loklardan foydalaniladi. Tashqi harorat juda yuqori (800 C gacha) bo'lganda esa kremniy organik sementlar yoki polisiloksanli birikmalar asosida tayyorlangan yelimlar qo'llaniladi. Tenzorezistorlardan ko'p marta foydalanish maqsadida termoplastik yelimlar ishlab chiqilgan. Bunda tenzorezistor yelimlangan joy ma'lum haroratgacha qizdirilib, keyin u ajratilib olinadi.
Namlik yuqori bo'lgan sharoitlarda tenzorezistor yelimlangandan so'ng uning ustki qatlami namga chidamli maxsus lok bilan qoplanadi. Bu qatlam tenzorezistorni namdan tashqari mexanik shikastlanish va izolyasiya qarshiligini o'zgarib qolishdan saqlaydi.
Tenzorezistorlarda deformatsiya ta'sirida qarshilikning o'zgarishi Omning bir necha ulushiga to'g'ri keladi. Shuning uchun o'lchash aniqligi va sezgirligini oshirish maqsadida tenzorezistorlar ko'prik sxemalariga ulanadi. Statik o'lchashlarni bajarishda muvozanatlangan, statik va dinamik o'lchashlarni amalga oshirishda muvozanatlanmagan ko'prik sxemalaridan foydalaniladi.
Afzalliklari: tuzilishi sodda, inersiyasi kam, o'zgartirish funksiyasi chiziqli.
Kamchiliklari: deformatsiyasi o'lchanayotgan ob'ektga mahkamlash qiyin, ko'p marta foydalanishda noqulay, xatoligi nisbatan yuqori (graduirovka xatoligi 5% va undan ham ortiq bo'lishi mumkin).
Tenzorezistorlar turli sohalarda keng ko'lamda qo'llaniladi.
4.10. Elektrostatik o‘lchash o‘zgartkichlari
Elektrostatik o‘lchash o‘zgartkichlarining ishlash prinsipi noelektrik kattalik ta’sirida elektr maydoni parametrlari proporsional o‘zgarishiga asoslangan.
O‘zgartkichning eng sodda ko‘rinishi oddiy kondensator bo‘lib, uning sig‘imi:
S
C r 0
d .
Ifodaga ko‘ra nisbiy dielektrik singdiruvchanlik (r), plastinalarning aktiv yuzi (S) va ular orasidagi masofa (d) o‘lchanayotgan noelektrik kattalik ta’sirida o‘zgaraishi mumkin, bu erda 0 = 8,8510–12 F/m – elektr doimiysi. Silindrsimon kondensatorlarda sig‘im ushbu ifoda bilan aniqlanadi:
2l
C
ln d tash / dich ,
bu yerda: l – kondensatorning balandligi; dtash , dich – mos ravishda qoplamalarning tashqi va ichki diametri. Eng oddiy elektrostatik o'zgartkich qoplamalari orasidagi masofa (4.23 - rasm, a), dielektrik singdiruvchanlik (4.23 rasm, b) yoki qoplamalarning aktiv yuzasi (4.23 - rasm, c) o'lchanayotgan noelektr kattalikka bog'lik bo'lgan kondensator ko'rinishda yasalishi mumkin.
4.23 - rasm
Yuqorida keltirilgan ifodalardan ko'rinib turibdiki, elektrostatik o'zgartkichlarda kondensator sig'imi qoplamalar aktiv yuzasi o'zgarishiga chiziqli, ular orasidagi masofa o'zgarishga esa nochiziq bog'langan. Shuning uchun aksariyat hollarda ushbu o'zgartkichlar statik xarakteristikasini chiziqliligini ta'minlash maqsadida differensial sxemadan foydalaniladi.
Elektrostatik o'zgartkichlarning elektr parametrlarini aniqlashda ularning ekvivalent almashlash sxemasidan foydalaniladi (4.24 - rasm). Bu sxemalarda ekvivalent sig'im kondensator sig'imidan tashqari, o'tkazgich sim bilan izolyasiya orasidagi sig'imni ham o'z ichiga oladi, ya'ni Cekv С Сiz , sxemaning ekvivalent aktiv qarshiligi esa izolyasiyaning qarshiligiga teng, ya'ni Rekv Riz . Ekvivalent sxema yordamida dielektrik
m aterialdagi energiya isroflarini aniqlash mumkin. Bu isroflar kondensatordagi kuchlanish va tok vektorlari o'rtasidagi faza siljish burchagini 90 dan kam bo'lishiga sababchi bo'ladi,
4.24 - rasm. Elektrostatik o’zgartkich ekvivalent
sxemalari: a – ketma-ket; b – parallel ya'ni , bu yerda 2
- dielektrik isrof burchagi. 4.24 - rasm, a dagi ekvivalent sxemaga ko'ra
1
tg Re1Ce1 ;4.24 - rasm, b dagi ekvivalent sxemaga ko'ra esa tg .
Ce2Re2
Sig‘im o‘zgartkichlar ko‘prik sxema va rezonans sxemalar tarkibida siljish, tezlik, tezlanish, suv sathi, bosim, namlik va boshqa noelektrik kattaliklarni o‘lchashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |