Aylantiruvchi momentlar tenzorezistorlar, pezoelektrik, elektromagnit, optoelektron, elektrostatik va boshqa o'zgartkichlar yordamida o'lchanadi. Momentni o'lchashda qo'llaniladigan vositalarni quyidagi ikkita guruhga ajratish mumkin: aylantiruvchi momentni boshqa kattalikka o'zgartiruvchi o'lchash vositalari va aylantiruvchi moment ta'sirida hosil bo'lgan buralish burchagini o'lchovchi vositalar.
Aylantiruvchi momentlarni o'lchashda ko'pincha elastik elementlardan foydalaniladi. Elastik elementlarda moment ta'sirida hosil qilingan burchak siljishi datchiklar yordamida elektr kattalikka o'zgartiriladi.
Aylanuvchi vallarda yuzaga keladigan momentlarni o'lchashda valga elektr energiya manbaini uzatish va undan momentga proporsional bo'lgan signalni kontaktlar yordamida olish ma'lum bir qiyinchiliklar tug'diradi hamda o'lchash o'zgartkichi ishlash ishonchliligini pasaytiradi. Bunday xollarda aylantiruvchi valda hosil bo'ladigan momentni kontaktsiz o'lchash vositalaridan foydalanish qulay hisoblanadi. Bunday o'zgartkichlarga fotoelektrik, qo'zg'almas chulg'amli induktiv, sig'im va fazoimpulsli o'zgartkichlar kiradi. Masalan, aylanuvchi momentni o'lchovchi fotoelektrik o'zgartkich (4.29 - rasm) valda o'rnatilgan ikkita 2 va 3 disklar, qo'zg'almas yorug'lik manbai 4 va fotoelement 5 dan tashkil topgan bo'lib, disklarda radial tirqishlar o'yilgan hamda ulardan yorug'lik o'tib, fotoelementga tushib turadi. Aylantiruvchi moment nolga teng bo'lganda disklardagi tirqishlar birbiriga mos joylashgan bo'lib nur manbadan fotoelementga to'liq tushib turadi. Valda aylantiruvchi moment paydo bo'lganda disklar tirqishlari bir-biriga nisbatan ma'lum burchakka siljiydi va fotoelementga tushayotgan nurlarning o'rtacha yoritilganligi kamayadi. Fotoelement chiqishidagi kuchlanish aylantiruvchi momentga proporsional o'zgaradi.
M exanizm va agregatlar vallarida yuzaga keladigan aylantiruvchi momentlarni o'lchashda tenzorezistorlar keng qo'llaniladi. Bunda ular val yuzasiga moment ta'sir etayotgan yo'nalishi bo'ylab yelimlanadi. Ko'pincha valga to'rtta tenzorezistor yelimlanib ular ko'prik sxemasi bo'yia ulanadi va o'zgarmas tok manbaidan ta'minlanadi. O'lchash jarayonida kontakt qurilmalardan foydalanish o'lchash ishonchliligini pasaytirib yuboradi.
Aylantiruvchi momentni kontaktsiz o'lchashda elektrostatik o'zgartkichlardan foydalanish ham mumkin.
4.29 - rasm
4.11.2. Siljishni o'lchash
Sanoat, qishloq va suv xo'jaligi, transport va xalq xo'jaligining boshqa tarmoqlarida chiziqli va burchak siljishni o'lchashga bo'lgan ehtiyoj juda katta. Bu maqsadda siljish o'lchash o'zgartkichlaridan foydalaniladi. O'lchash diapazoniga ko'ra ular kichik (2-3 mm va 2-3 gacha), o'rta (0,1 m va 360 gacha) va katta (bir necha metr va 25-40 aylanishli) siljish o'zgartkichlariga bo'linadi.
Siljish o'lchash o'zgartkichlariga bo'lgan ehtiyoj yana shundan ko'rinadiki, ko'pchilik noelektr (tezlik, tezlanish, bosim, moment, kuch va h.k.) kattaliklar avval siljishga o'zgartirilib, so'ngra siljish o'lchash o'zgartkichlari yordamida o'lchanadi.
Chiziqli va burchak siljishni o'lchashda reostat, elektromagnit, sig'im, pezoelektik, galvanomagnit, optik, akustik, pnevmogidravlik va boshqa rusumdagi o'lchash o'zgartkichlardan foydalaniladi. Qaysi rusumli o'lchash o'zgartkichini tanlash o'lchash diapazoni, talab qilinadigan aniqlik darajasi, ekspluatatsiya talablari va boshqa xarakteristikalarga bog'liq bo'ladi.
Aksariyat hollarda analog signalli o'zgartkichlardan foydalaniladi. Shu bilan birga ayrim hollarda raqamli o'zgartkich (kodlangan chizg'ich va disk) lar qo'llaniladi.
Siljish o'lchash o'zgartkichlarining rusumlari va ularga tegishli konstruksiyalari nihoyatda xilma-xil bo'lib, biz quyida transformatorli va optik o'lchash o'zgartkichlarga oid bo'lgan va chiziqli hamda burchak siljishni o'lchashda foydalaniladigan bir nechta konstruksiyani keltirish bilan cheklanamiz.
Statik xarakteristika nochiziqligini kamaytirish va chiqish signali fazasini o'lchanayotgan kattalik o'zgarishiga bog'liqsizligini ta'minlash maqsadida prof. Zaripov M.F. tomonidan transformator prinsipida ishlaydigan siljish o'zgartkichining takomillashgan konstruksiyasi taklif etilgan ( 4.30 - rasm).
O'zgartkich maxsus shaklda yasalgan magnit o'tkazgich 1, uning asosiga o'ralgan qo'zg'atuvchi chulg'am 2, magnit o'tkazgichning ikkita o'zaro parallel
4.30 - rasm
sterjenlariga tekis taqsimlanib o'ralgan va o'zaro differensial (induktiv jihatdan qarama-qarshi) ulangan o'lchash chulg'amlari 3 va 4 hamda sterjenlar orasiga o'rnatilgan va siljish imkoniyatiga ega bo'lgan magnit o'zak 5 dan tashkil topgan. O'zak 5 siljishi o'lchanadigan qo'zg'aluvchan ob'ektga mahkamlanadi (rasmda ko’rsatilmagan). O'zgartkich qo'zg'atuvchi chulg'ami 2 ga qiymati mo''tadillangan sinusoidal tok berilganda magnit o'tkazgichda Фish ishchi magnit oqimi hosil bo'ladi. Bu oqim 3 va 4 o'lchash chulg'amlarini kesib o'tganda ularda elektromagnit induksiya qonuniga binoan o'zaro induksiya EYuKi hosil bo'ladi. Bunda bu EYuKning qiymati qo'zg'aluvchan magnit o'zak 5 ning koordinatasiga bog'liq ravishda o'zgaradi. Bu o'zgartkichda magnit o'tkazgich 1 konstruktiv jihatdan shunday yasalganki, unda ishchi magnit oqimi Фish yo'lidagi magnit qarshilikning qiymati magnit o'zak 5 ning o'zgartkich o'lchash diapazonidagi istalgan koordinatasida bir xil saqlanadi va natijada o'zgartkich statik xarakteristikasi
chiziqli bo'lib, EYuK fazasi siljish kattaligiga bog'liq bo'lmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |