Microsoft Word Амиров Elektr o`lchashlar doc



Download 12,37 Mb.
bet75/96
Sana04.03.2022
Hajmi12,37 Mb.
#482406
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96
Bog'liq
Амиров-Elektr-o-lchashlar

Kamchiligi: Xoll doimiysining haroratga bog‘liqligi.
Xoll o‘zgartkichlari 0,001 – 2 Тl diapazonda o‘zgarmas va chastotasi 1010 Gs gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan maydon induksiyasini o‘lchashda qo‘llaniladi. Bundan tashqari, Xoll elementi asosida o'zgarmas va o'zgaruvchan toklarni ham o'lchash mumkin. Buning uchun magnit maydonning induksiyasi doimiy ( B const) saqlanib, tok qismalarini toki o'lchanadigan zanjirga ulash kifoya bo'ladi.
4.8.2. Magnitorezistorlar va magnitodiodlar
Magnitorezistorlarda magnit maydoni ta’sirida uning qarshiligi o‘zgaradi. Magnitorezistiv effekt - magnit maydoni ta'sirida zaryad tashuvchilarning harakat yo'li kamayishi natijasida material qarshiligining o'zgarishiga asoslangan. Agar maydon ta’sirida qarshilik oshsa, musbat magnitorezistiv effekt, aks holda esa manfiy magnitorezistiv effekt deb ataladi. Manfiy magnitorezistiv effekt past haroratlarda kuzatilganligi bois, u noelektr kattaliklarni o'lchashda qo'llanilmaydi. Ko'pchilik metall va yarim o'tkazgichlarda tashqi maydon induksiyasining ortishi bilan qarshilik ortadi. Bu o'zgartkich sezgirligini oshirsada, statik xarakteristika R f (B) ning nochiziqligi uni qo'llanish sohalarini keskin chegaralaydi.
Magnitorezistorlar asosan antimonid va indiy arseniy kabi materiallardan yasaladi. Ular Xoll elementi singari sezgirligining yuqoriligi, reaksiya vaqtining, massasi va o'lchamlarining kichikligi kabi afzalliklarga ega.
Magnitodiodlarda p-n o‘tishining qarshiligi maydon ta’sirida keskin oshadi. Bunga sabab magnit maydoni ta'sirida zaryad tashuvchilar harakatining sezilarli kamayishi va ular diffuzion uzunligining qisqarishidir. Magnitodiodlarning texnik xarakteristikalari magnitorezistorlarnikiga o'xshash bo'ladi.
Magnitorezistorlar va magnitodiodlar avtomatik qurilmalarda elektr va magnit kattaliklarni o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi .
4.9. Rezistiv o‘lchash o‘zgartkichlari
Rezistiv o‘zgartkichlarda qarshilik o‘lchanayotgan noelektrik kattalikka proporsional ravishda o‘zgaradi. Bularga kontaktli, reostatli va tenzorezistorli o‘zgartkichlar kiradi.
4.9.1. Kontaktli o‘zgartkichlar
Bu o‘zgartkichlarda o‘lchanayotgan kattalik ta’sirida kontaktlar asbobning butun o‘lchash zanjirini yoki uning bir qismini ulaydi yoki uzadi. Hozirgi paytda ko‘proq magnit maydoni bilan boshqariladigan germetizatsiyalangan kontaktlar – gerkonlar ishlatilmoqda (4.18 - rasm).

4.18 - rasm. Gerkon: 1 – shisha kolba; 2 – kontaktlar;
3 – elektromagnit

oksidlanishdan himoya qilish uchun silindr 1 inert gaz (azot, argon, vodorod) bilan to'ldiriladi yoki undagi havo so'rib olinadi.

K onstruktiv jihatdan gerkon (magnit maydoni yordamida boshqariluvchi kontakt) yopiq shisha silindr 1 ichiga joylashtirilgan ikkita yoki undan ko'p kontakt elektrod 2 lardan tashkil topgan bo'lib, elektrodlarni
Gerkon kontakt - elektrodlari permalloydan
yasalib, ishchi qismining yuzasi palladiy, rodiy, kumush, oltin yoki ularning aralashmasi bilan qoplanadi. Gerkon o'zgarmas yoki o'zgaruvchan magnit maydoniga kiritilganda elektrodlar orqali Ф magnit oqimlari birlashib, ular orasidagi havo oralig'ida to'plangan magnit maydoni energiyasi o'z qiymatini oshirishga harakat qilib elektrodlarni bir-biriga yaqinlashtiradi va kontaktlar birlashadi hamda gerkon ulangan zanjirdan tok o'tadi. Agar elektromagnit chulg'ami 3 parametri o'zgaradigan zanjirga ulansa, u holda gerkon kontaktlarining holati zanjir parametri bilan funksional bog'lanib qoladi.
Gerkonlarning asosiy texnik parametrlariga kontaktlarni bir-biriga ulash uchun kerak bo'ladigan magnit oqimini hosil qiluvchi magnit yurituvchi kuch qiymati va kontaktlarni ulashga ketgan vaqt (odatda bu vaqt 2 ms dan oshmaydi) kiradi.
Texnik xarakteristikalariga ko'ra gerkonlar asosida qurilgan kontaktli o'lchash o'zgartkichlari o'lchash texnikasida keng qo'llanilayotgan kontaktsiz elementlardan qolishmaydi. Ularning ishlashda ishonchliligi va tezkorligi yuqori, atrof muhit harorati, bosimi va namligining o'zagarishiga chidamli. Shu bilan birga gerkonli o'lchash o'zgartkichlari tashqi magnit maydonining ta'siriga juda sezgir.
Gerkonli o'lchash o'zagrtkichlari avtomatik tizimlarda elektr va noelektr kattaliklarni o'lchash, har xil kommutatsion jarayonlarni bajarishda keng qo'llaniladi.
4.19 - rasmda prof. Zaripov M.F. va prof. Mamadjonov A.M. tomonidan taklif etilgan gerkonli o'lchash o'zgartkichining konstruksion sxemasi keltirilgan. Bu o'zgartkich potensiometr yoki chiziqli siljish o'zgartkichi

4.19 - rasm
sifatida qo'llanilishi mumkin. Potensiometr П-simon magnit o'tkazgich 1 asosi 2 ga joylashtirilgan qo'zg'atuvchi chulg'am 3 dan tashkil topgan bo'lib, magnit o'tkazgich parallel sterjenlari 4 orasidagi havo oralig'iga ikkita ketma-ket ulangan gerkonlar 5 guruhi joylashtirilgan. Ularning bitta zanjiri kontaktlari normal ulangan gerkonlar 6, ikkinchisi esa kontaktlari normal uzilgan gerkonlar 7 ni tashkil etadi. Har bir gerkon ketma-ket ulangan qarshiliklar magazini 8 ning har bir elementiga parallel ulangan. П-simon magnit o'tkazgichning ikkinchi parallel sterjenida siljish imkoniyatiga ega bo'lgan qisqa tutashtirilgan chulg'am - ekran 9 joylashtirilgan. Qarshiliklar magazini 8 o'zgarmas yoki o'zgaruvchan tok manbaiga ulanadi. Chiqish signali 10-12 yoki 11-12 qismalardan olinadi.
Potensiometrik o'zgartkich quyidagicha ishlaydi. qo'zg'atish chulg'ami 3 o'zgaruvchan tok manbaiga ulanganda П-simon magnit o'tkazgich 1 da o'zgaruvchan magnit oqimi hosil bo'ladi. Bu oqim ekran 9 ning faqat o'ng tomonidagi havo oralig'i orqali birlashadi, chunki ekranning magnit qarshiligi RGe (Ge - ekranning elektr o'tkazuvchanligi, - o'zagruvchan tok chastotasi) juda katta bo'lganligi sababli, magnit oqimi magnit o'tkazgichning ekrandan o'ng tomonda joylashgan qismiga deyarli o'tmaydi. Ekran chap (o'ng) ga siljitilganda magnit oqimi kesib o'tadigan gerkonlar soni ortadi (kamayadi). Bunda bir guruh gerkonlar kontaktlari uzilib, o'zlari ulangan rezistorlarni manbaga ulaydi, boshqa guruh gerkonlar kontaktlari ulanib o'zlari ulangan rezistorlarni shuntlab manbadan ajratadi. Natijada bitta zanjirda ketma-ket ulangan rezistorlar soni ortib, boshqasida esa kamayib chiqish signalini o'zgarishiga sabab bo'ladi. Shunday qilib, ushbu potensiometrik o'lchash o'zgartkichida qo'zg'aluvchan qism - ekranning har bir holatiga chiqish signalining ma'lum bir qiymati mos keladi.
4.9.2. Reostatli o‘zgartkichlar
Bu o‘zgartkichlar o‘zgaruvchan rezistordan iborat bo‘lib, uning qo‘zg‘aluvchan kontakti noelektrik kattalik ta’sirida siljiydi (4.20 - rasm).

4.20 - rasm. Potensiometrik (a) va ko‘prik (b) sxemali reostat o‘zgartkichlar.
Reostat o'zgartkichlarning kirish kattaligi chiziqli yoki burchak siljish, chiqish kattaligi esa ularga proporsional bo'lgan elektr qarshilik yoki undan o'tayotgan tok, undagi kuchlanish pasayishi bo'lishi mumkin.
Reostatli o'zgartkichlar izolyasion karkasga o'ralgan sim ko'rinishida yasaladi. Bunda asosan magniy konstantan, nixrom, ayrim hollarda esa tarkibiga platina qo'shilgan simlardan foydalaniladi. Karkas tekstolit, shisha tekstolin yoki boshqa issiqlikka chidamli izolyasion materiallardan tayyorlanadi.
O'zgartkichning qo'zg'aluvchan kontakti (shyotkasi) platinaning iridiy yoki berilliy bilan aralashmasidan yasaladi.
Reostat o'zgartkichning o'zgartirish funksiyasi qarshilikda pasaygan kuchlanishni kirish kattaligiga bog'liqligi ko'rinishida bo'ladi. Bu funksiyaning chiziqliligi o'zgartkich qarshiligining o'lchash zanjiri qarshiligiga nisbatiga bog'liq bo'ladi. Masalan, 4.20 - rasm, a da keltirilgan sxema uchun o'zgartkichning chiqish kuchlanishi Uchiq ni reostatni kirish noelektr kattalik x ga bog'liq bo'lgan R(x) qarshilgini quyidagicha yozish mumkin:
R(x)Ro'
Uchiq f (x)  U ,
RRo' R(x)(R Ro' )
bu yerda R - reostatning umumiy qarshiligi, Ro' - o'lchash zanjirining qarshiligi, U
- manba kuchlanishi.
R eostat o'zgartkichning yuqorida keltirilgan o'zgartirish funksiya(statik xarakteristika)si chiziqli bo'lishi uchun karkas shaklini ma'lum qonuniyat bilan o'zgariishini ta'minlash (4.21 – rasm, a ), o'lchash zanjiri qarshiligi Ro' ni tanlash yoki o'zgartkichning chiqish zanjiriga volt-amper xarakteristikasi keraklicha qonuniyat bilan o'zgaradigan nochiziq elementni ulash lozim bo'ladi. Bundan tashqari, Uchiq f (x) funksiya nochiziqligini kamaytirish maqsadida reostat qarshiliklari ko'prik sxemasi bo'yicha ulanadi (4.21 - rasm, b).

Download 12,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish