18
Eletmish Bilga xoqon bitigi. Yozuv qahramonlik jangnomasi ruhidagi yodnomadir. Unda o’z xalqidan kuch olib, dushmanni egallagan joyidan quvgan Bilga xoqonning kechinmasi berilgan. U o’z eli va davlatini mustahkamlashning sababini yuqorida Ko’k osmon - Ko’k tangri, pastda qo’ng’ir yer tarbiyalagani va madad bergani, deb tushunadi.
Uyuq Turan bitigi. Uchun Qulug Tirig nomli hukmdorning o’z qarindosh urug’lari va xalqidan ajralganligining marsiyasi. U 63 yoshida olamdan o’tgan. Vatandan ajralganligini judolik deb biladi. Oltin kamarini belga bog’lab, bahodirlik namunasini ko’rsatganligini eslaydi. Yodnoma toshida ko’rsatilishicha, u hukmdorlik qilgan hudud Agun Qatun deb atalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |