17
Shu sababli ham I.V. Stebleva ularni «tarixiy qahramonlikpoemalari» deb ataydi. O’rxun va Enasoy tosh bitiklari barcha turkiy xalqlarning adabiy yodgorligidir.
O’rxun va Enasoy bitiklari haqida to’laroq tasavvur olish uchun ularni O’rxun bitiklari va Enasoy bitiklari deb alohida guruhlab ko’rsatamiz.
O’rxun yodnomalari
Ungin bitigi. Bitig Mo’g’ulistondagi Ungin daryosi bo’yidan topilgan. Eltarish xoqonning yaqinlaridan biri Eletmish yabg’u va uning o’g’li Cho’ryo’g’a sharafiga qo’yilgan deb taxmin qilinadi. Bitigda Eltarish xoqonning turk xalqini oyoqqa turg’izib, mamlakatni qayta tiklashi hikoya qilinadi. Bitig so’ngida xoqonning tarixiy xizmati haqida ham fikr yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |