610-bob. Xo'roz ustidagi garov haqida
1297. Rabi'a ibn Abdullohdan rivoyat qilindi: "Hz. Umar (r.a.) xalifalik yaqglarida ikki
kishi ikki xo'rozdan garov o'ynadi. Hz. Umar r.a.) xo'rozlarni so'yib yuborishni
buyurdilar. Shunda ansorlardan bir kishi: "Allohga tasbih aytib turgan jonivorni
o'ldirasizmi?" - dedi. Hz. Umar (r.a.) xo'rozlarni qo'yib yubor-dilar".
611-bob. Do'stiga: "Kel, garov o'ynaymiz", deyish haqida
1298. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Sizlardan kimki qasam
ichib, qasamida "Lot va Uzzo haqqi", deb yuborsa, "La ilaha illaloh", desin. Kimki
do'stiga: "Kel, garov o'ynaymiz", desa, sadaqa bersin", dedilar.
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
195
Do'stlaringiz bilan baham: |