606-bob. Bola sog'lom tug'ilsa, Xudoga shukr qilish haqida
1292. Hz. Oyisha (r.a.) biron oilada farzand tug'il-sa, o'g'il yoki qizligini so'ramas edilar.
Balki: "Sog'lommi?" -deb so'rar, "Ha", deyilsa, "Olamlarning Parvardigori Allohga shukr",
derdilar.
607-bob. Kindik osti tuklarini olib yurish haqida
1293. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Beshta narsa fitratdandir:
mo'ylabni qisq-artirish, tirnoqni olish, kindik osti va qo'ltiq osti tuklarini olib yurish va
misvok qilish", deb marha-mat qilganlar".
Do'stlaringiz bilan baham: |