“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари. 137
ta’lim sohasining shu kundagi holatidan kelib chiqqan holda respublikamizning
milliy pedagogik texnologiyasini yaratish bugungi kunning talabidir.
Xorijiy tillarni o‘qitishda innovasion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
orqali uzluksiz ta’lim samaradorligini oshirishga alohida e’tibor berilayapti.
Pedagogik texnologiyalar - ta’lim berish va zamonaviy axborot texnologiyalarini
qo‘llash yordamida talabalarning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish va
takomillashtirish imkoniyatini beruvchi o‘quv vositalari bo‘lib, u o‘ziga xos
didaktik va uslubiy asosga ega.
Fanlarning o‘qitilish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida, pedagogik
texnologiyalarni zamonaviy axborot texnologiyalar imkoniyatlari asosida uch
turdagi o‘quv mashg‘ulotlariga, ya’ni ma’ruza, amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks
holda qo‘llash tavsiya etiladi.
Mazkur holatdan kelib chiqib, o‘qitishga- umumiy tarbiya ishlari amalga
oshiriladigan barcha qonuniyatlar kiradi. Shartli ravishda maqolamizda quyidagilarni
sanab o‘tamiz:
- o‘qitishning shaxsni har tomonlama, garmonik rivojlantirishga tegishli
bo‘lgan vazifalarini yechishga yo‘naltirilishi;
- o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning qobiliyatlarini va ijodiy xususiyatlarini
ochish hamda ularning ijobiy xislatlari va sifatlariga tayanish;
- o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini
hisobga olish;
- bilimlarni egallashda xursandchilikni, muvaffaqiyatlarni ta’minlash;
- o‘quvchilarning ehtiyojli- qiziqtiruvchi sohasining o‘quv-bilish faolligi bilan
birligi;
- o‘quvchilarga nisbatan xurmat va talabchanlikni namoyon qilish va
o‘qitish jarayonida ularning shaxsiy faxrlanishlarini mustahkamlash;
- o‘qitish ishlarini sifatini yaxshilashda jamoaningn ta’sirini oshirish.
- ta’limning faoliyatli xususiyati;
Bu qonuniyatlarni amalga oshirishning harakteri va yo‘llari tarbiyaning
mohiyati yoritilgan vaqtda ochib berilgan. Shu yerda ta’kidlash joizki, ushbu
qonuniyatlarni mohirona amalga oshirish o‘qitish jarayonining didaktik samara-
dorligini oshirish uchun muhim sharoit yaratadi. Masalan, agar pedagog
o‘quvchilarning ehtiyojli - qiziqtiruvchi sohasini shakllantirmasa va
rivojlantirmasa, bu holda ularning o‘quv-bilish faoligini ta’minlash
dargumondir. Agarda pedagog o‘quvchilarning faolligini rag‘batlantirmasa, ya’ni
ularga xurmat bilan muomala qilmasa, mehribonlik va odobiy talabchanlikni
namoyon qilmasa, bunda u o‘quvchilarning bilimlarni egallashdagi
muvaffaqiyatlaridan xursandchilik hissini uyg‘ota olmaydi. Ham o‘qitish uchun
ham tarbiya uchun umumiy hisoblangan qonuniyatlar bo‘yicha ishlar shunday
kechadi.
Bevosita Xorijiy tillarni o‘rgatish SEFR dasturiga asoslanganligi talabalarning bir
vaqtning o‘qish, yozish, tinglash,lingvistik bilimlarini oshirilishini ta’minlaydi.
Bugungi kunda til bilish darajasini masofaviy aniqlash mumkinkin. Bunda