“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
125
gigienasi” fanini o’qitish 2008 yildan boshlab kiritildi. Bu fan oliy o’quv yurtlarida
o’qitilishi kiritilishidan maqsadbo’lajak yosh mutaxasislar (pedagoglar) bu fandan
xabardor bo’lmasalar yoshlarni yosh xususiyatlarini, yoshlar psixologiyasini
bilmasalar ularni tarbiyalashda xatolarga yo’l qo’yishlari mumkin.
O’quv jarayoniga yangi axbotot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni
elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy qilib, mamlakat
maktablarida, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’limda ta’lim sifatini tubdan
yaxshilash, o’quv-laboratoriyalarini eng yangi zamonviy uskunalar, komputer
texnikalari bilan ta’minlab eng rivojlangan davlatlar darajasiga ko’tarilishi
ta’minlandi. Zamonaviy axborot texnologiyalari komputer internet tizimi ko’plab
oilalarga kirib bordiki, bu davlatimizda o’quv va o’qitish ishlariga katta e’tibor
berganligidan nishonadir.
Ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli talablarni ilmga keng jalb qilish, ularni
intellektual salohiyatini oshirish, fanlar akademiyalarida va oliy ta’limda ilmiy
tadqiqot ishlarini xorijiy ilmiy markazlar bilan aloqasini bog’lash, kadrlarni chet el
oliy o’quv yurtlariga yuborishdek katta ishlar amalga oshirildi va yanada bu ishlarga
katta ahamiyat berilmoqda.
Oliy o’quv yurtlarda talaba yoshlarni ilmiy salohiyatini rag’batlantirish
maqsadida davlat stipendiyalari: Prezident, Zulfiya, Nodira nomidagi stipendiyalar,
respublikada eng dong’I chiqgan olim va ulamolar stipendiyalari (SamMI
talabalariga Akademiklar: Oripov U. O., Zokirov I. Z., Hayitov R. M., prof.
Vahobova U.K. nomidagi stipendiyalarni berilishi ham davlatimizni talaba yoshlarga
ko’rsatilayotgan otalarcha yordami hisoblanadi.
Olimlar, talabalar va boshqa soha hodimlarini ilmiy loyihalariga davlat
grandlarini berilishidek rag’batlantirishlar yosh avlodni yuqori ilm-fan cho’qqilariga
yetaklaydi. Shu boisdan oliy o’quv yurtlariga yaxshi pedagog kadrlarni tayorlash
maqsadida har bir oliy o’quv yurtlari qoshida kasbiy talim fakultetlari ochilib shu
sohada ishlovchi pedagog kadrlarga “Yoshlar fiziologiyasi va gigienasi” fani oliy
o’quv yurtlarini o’quv dasturiga kiritilib o’qitila boshlandi, lekin hech bir sababsiz bu
fanni o’qitilishi respublikadagi tibbiyot institutlarini o’quv dasturlaridan 2-3 yildan
beri sababsiz chiqarilib tashlangan.
Xulosa
1.
Prezidentimiz SH. M. Mirziyoyevni 2017- yil – “Xalq bilan muloqot va inson
manfaatlari yili” to’g’risidagi farmoniga (2/II-2017-yil) asoslanib shu maqolani
yozdik.
2.
Respublikamizdagi meditsina institutlari qoshidagi kasbiy ta’lim fakultetlarida
“Yoshlar fiziologiyasi va gigienasi” fanining o’qitilishini o’quv dasturiga
kiritilishini oliy ta’lim vazirligidan iltimos qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |