Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Karimov I.A. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyoti poydevori” Toshkent
1998.
2.
Hoshimov O’. Yoqubov I. O’rta maktablarda Ingliz tili o’qitish metodikasi.
Toshkent. 1993
3.
Byrne, D. Techniques for classroom interaction, Longman. 1995
4.
Harmer, J. How to teach English, Pearson Educational Ltd. 1994
5.
Ur. P. A course in language teaching. Practice and theory, CUP. 1996
Ekologik tadbirlarni tashkil etish orqali o‘quvchlarda atrof muhitga ma’suliyat
hissini uyg‘otish
Samarqand VXTXQTUMOI katta o’qituvchisi Rabbanayeva Dildora
Bu zaminda hayotning paydo bo‘lishi necha-necha million yillarga borib
1
Ur. P. A course in language teaching. Practice and theory, CUP. 1996, 6- bet
“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
128
taqaladi. Ilk bir hujayrali o‘simliklar bugungi turfa olam, butun borliqning boshlanish
ajdodlaridir. Inson yaralibdiki, eng avvalo o‘z ehtiyojini tabiat qo‘ynidan qondirdi.
Chanqasa suv ichdi, ochqasa o‘t-o‘lan yedi. Inson tabiat tufayli bugungi kungacha
yetib kela oldi. Shuning uchun ham u “Ona tabiat” diya nom oldi.
Bugun jadal rivojlanish davrida, texnika taraqqiyoti yuqori cho‘qqilarni zabt
etayotgan bir vaqtda, har bir inson, eng muhim bir ehtiyojni qalban his etmog’i
kerak. Bu tabiatni asrash ehtiyojidir. Tabiatni asrash kabi muqaddas tuyg’uni,
burchni bolaga ona qornidayoq singdirish lozim, buning uchun albatta ona o‘zi shu
tuyg’ular, tushunchalar bilan qurollangan bo‘lishi kerak.
Bizni o‘rab turgan tabiatning ko‘rkam manzarasi nafaqat qushlar qo‘shig‘i,
musavvirlar, shoirlar, bastakor, mashshoqlar, xonandalar uchun ilhombaxsh bo‘lib
qolmasdan, balki kishilarning ruhiyatini yengillashtiruvchi ma’naviy ozuqa beruvchi
tabiiy manba bo‘lib ham xizmat qiladi. Insonlar tabiatdan ijodiy ilhom, ruhiy ozuqa,
ma’naviy lazzat olish bilan birga, tabiatning hayotbaxsh ne’matlari bilan hamohang
yashaydi. Shu sababli ham har bir kishi, atrof-muhit muhofazasi bilan shug‘ullanishi,
jonivorlar, o‘simliklar, tabiat in’omlari taqdiri, ularning hayoti ustida qayg‘urishni
o‘zlarining muqaddas burchi deb hisoblashlari kerak.
Tabiatga nisbatan mehr, hurmat uyg‘otish, uni e’zozlash ko‘p jihatdan ota-
onalar, murabbiylar, pedagoglarning bergan tarbiyasi, tushuntirish ishlariga
bog‘liqdir. Bevosita tabiat muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan ayrim ma’lumotlarni
keltirib o‘tish ayni muaddao bo‘lardi. Jumladan, o‘quvchlarni atrof muhitni asrab-
avaylash, tabiat in’omlarini qadriga yetish kabi muqaddas burchga sadoqat ruhida
tarbiyalash masalasi. O‘quvchlarda atrof muhitga ma’suliyat hissini uyg‘otishda
ekologik tadbirlarni tashkil etish samarali natijalar berishini pedagoglar
ma’qullashmoqdalar. Ekologik tadbirlarni nishonlash atrof-muhit muammolarini hal
qilishda o‘quvchiga bevosita ishtirok etish imkoniyatini beradi. Ekologik sanalar
BMT tashkilotining qaroriga ko‘ra va boshqa sabablar bilan nishonlanadi. Bu sanalar
tom ma’noda bayram emas, balki ma’lum muammoni hal qilish uchun ommaviy
harakatlarga chaqiriqdir.
Talaba va o‘quvchi yoshlarga ekologik bilim va ko‘nikmalarni berishda ma`lum
jarayonga qo‘shilish, atrof-muhit muamolarini hal qilishda bevosita ishtirok etish
hissiyotlarini singdirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ekologik sanalarda ma’lum amaliy tadbirlar, konferensiyalar o‘tkazish,
fotostendlar, devoriy gazetalar chiqarish, ko‘kalamzorlashtirish, chiqindilardan
tozalash
faoliyatida
qatnashish
zaruriy
ekologik
axloqiy
ko‘nikmalarini
shakllantiradi.
Atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq kunlarga bag‘ishlangan tadbirlarni oliy
o‘quv yurtlari, kollejlar, litseylar, umumta’lim maktablari, bolalar bog‘chalarida
muntazam o‘tkazish ekologik tarbiyani, madaniyatni shakllantirishning muhim
vositasidir.
Bu tadbirlarni o‘tkazishda har bir o‘quvchi yosh o‘zining ijodiy qobiliyatlarini
kengroq namoyon etishiga imkon yaratish, ularga ko‘maklashish va ularning
harakatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish zarurdir.
Ekologik tadbirlarni o‘tkazish tartibi quyidagicha. Dastlabki darslarda
Do'stlaringiz bilan baham: |