“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
114
turi. Milliy hunarmandchilik, xalq amaliy san’ati, tasviriy san’at asrlar davomida
o’ziga xos yo’nalish va uslublarda rivojlanib takomillashib bordi. Mamlakatimizda
minglab tarixiy yodgorliklar va qadamjolar mavjud, qarangki ulardagi takrorlanmas
milliy naqshu nigorlar esa hech qachon oharini yoqotmagan. Ularni zo’r qiziqish
bilan tomosha qilayotgan hamyurtlarimiz va horijiy mehmonlar milliy san’atimizdan
bahramand bo’lish bilan birga ma’naviy ozuqa olishadi.
Pedagogika oliygohlari va pedagogika bilim yurtlarining tasviriy san’at hamda
amaliy san’at yo’nalishlarida tahsil olayotgan talabalarga dastur asosida tasviriy
san’at tarixi mashg’ulotlari olib boriladi.
Tasviriy san’at tarixi mashg’ulotlarida talabalar san’at asarlarining yaratilish
jarayonini kuzatish bilan birga ularni tahlil etishga, ularga o’z munosabatlarini
bildirishga o’rganadilar. San’at tarixi kursi talabalarda san’atga bo’lgan qiziqishini
mustahkamlashda, o’quv yurtidagi amaliy darslarning samarali bo’lishida muhim
o’rni bor.
Tabiatdan ham insoniyat yaratib qoldirgan madaniy qadriyatlar oddiy
boyliklar bo’lib qolmay, balki o’zida inson aql-zakovati, hayot to’g’risidagi fikr-
o’ylarini aks ettiruvchi ko’zgu hamdir. Jahon san’ati tarixini o’rgatish, uning
taraqqiyot qonunlarini tushunish, nodir yodgorliklar bilan tanishish, o’tmish
odamlarning
his-tuyg’u,
hayotiy
tajribalarini
o’rganish
g’oyaviy-estetik
qarashlarning shakllanishini bilish demakdir. Bu so’zsiz, kishilarda hayotiy
tajribalarning boyishiga, hayotga yanada keng va atroflicha yondoshishga yordam
beradi. – Palеolit yoki eng qadimgi tosh asri (palaios– qadimgi, litos - tosh) insoniyat
traqqiyotining eng uzoq davom etgan bosqichi hisoblanadi. Bu taraqqiyotni bir qator
davrlarga ajratish mumkin: eng qadimiy yoki quyi palеolit (er.av. 150 ming yilliklar),
o’rta palеolit (er.av. 150 – 35 ming yillik), yuqori yoki so’ngi palеolit (er.av. 35-10
ming yillik). Arxеologlar ma'lumotiga k o’ra, ayniqsa uning so’ngi bosqichlarida
tasviriy san'atning hamma turlari paydo bo’ldi, diniy tushunchalar shakllana bordi.
Palеolit asriga oid faktik matеriallar Еvropa, Osiyo, Afrika qit'alaridan topilgan.
Dastlabki rasmlar primitiv va asosan hayvonlar (animalistik) ko’rinishini tasvirlaydi.
Eramizdan avvalgi 3 ming yillik o’rtalariga kеlib, odamlar misni qalay,
qo’rqoshin, rux yoki surma bilan eritib, bronza tayyorlashni o’rganib oldilar. Bronza
qurollar, yaroq-aslaxa, zеbu-ziynat yasash uchun asosiy matеrial bo’lib qoldi.
Palеolitning so’ngi davri va bronza davrida mеgalitik qurilmalar dunyoga kеldi.
Ijtimoiy hayotga kirib kеlgan tеmir tosh va qisman bronza buyumlarini hayotdan
siqib chiqardi. Ibtidoiy jamoa so’ngi davrining so’ngi bosqichini xaraktеri shu
davrda yaratilgan mudofa uchun mo’ljallangan mustahkam qal'a va qo’rg’onlarda,
bеzakka boy uy anjomlari, jang qurollarida, ko’mish marosi bilan bog’liq bo’lgan urf
odat buyumlarida ko’rinadi. Bеzash ishlarida gеomеtrik naqshlardan tashqari,
syujеtli kompozitsiyadan foydalanish tеndеntsiyalari paydo bo’ldi. Mayda plastikada
mеtaldan ishlangan haykalchalar, janrli kompozitsiyalar paydo bo’ldi. qulolchilik
buyumlari qo’lda hamda dastgohda yasalgan bo’lib, ularning yuzasini bеzashda
o’yma va bo’rtma naqshlar, band va tеpa qismlari uchun haykalchalar ishlatilgan.
Yuqorida keltirilgan sana’t tarixi ma’lumotlari hozirgi gullab yashnayotgan
san’atimizning tarkibiy asoslari hisoblanadi. Hozirda jahon tasviriy san’ati o’ziga
xos turli janr va yo’nalishlarda yuksalib bormoqda. Jumladan O’zbekistonda
Do'stlaringiz bilan baham: |