“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
115
mustaqillik yillarida tasviriy san’at va amaliy san’at sohasida barakali ijod qilindi
shu bois ko’plab maqtovga sazavor bo’ladigan san’at asarlari dunyoga keldi.
Haykaltaroshlik, dastgohli va mahobatli rangtasvir va xalq amaliy bezak san’ati
gurkirab rivojlandi. 1997 yilda O’zbekiston Badiiy Akademiyasining taasis etilishi,
me’morchilik va haykaltaroshlikda kiritilgan yangiliklar, yangi me’morchilik
komplekslarining vujudga kelishi, shahar ko’rinishlari, shu davrning yirik vakillari,
O’zbekiston san’atiga qo’shgan hissalari ularning hayoti va ijodini o’rganish ham
to’g’ri yo’lga qo’yildi. Tarixiy shaxslar siymolarini yaratish jumladan A. Navoiy
yodgorligi, A. Temur haykali, Al-Fargoniy haykali, Cho’lpon haykalilari E. Aliev,
N. Bandeladze, V. Degtyarov, I. Jabborov, R.Mirtojiev, Damir Ro’ziboevlarning
sermahsul ijood namunalari hisoblanadi.
Bundan tashqari tasviriy san’at sohasida ham ko’plab rangtasvir ustalarining
jumladan A. Abdullaev, Ch. Axmarov, R. Choriev, N. Qo’ziboev, M. Nabiev, J.
Izentaev, B. Aytmurodov, A. Ikromjonov, Y. Tursunnazarov, B. Jalolov, J.
Umarbekov, A. Nuriddinov, M. Toshmurodovlar ijodini misol qilib aytish mumkin.
Natyurmort janri ustalari - A. Ikromjonov, R. Axmedov, R. Xalilov, E. Melnikov,
Ya. Salpinkidi, manzara janrida ijod qilayotgan rassomlar (I. Shin, A. Mirsoatov, G.
Abduraxmonov, V. Kim, Ya. Salpinkidi, X. Mirzaaxmedov va b.) ijodi va barcha
janrlarda vujudga kelgan ulkan o’zgarishlardir. Portret janrida ijod qilayotgan
rassomlar (M. Nabiev, N. Oripova, S. Raxmetov). Milliy-romantik oqim
namoyondalari: A. Mirzaev, R. Shodiev, O. Qozoqov, I.Valixo’jaev, S.Raxmetovlar
ijodi, O’zbekiston tasviriy san’atida falsafiy oqimining vujudga kelishi - J. Usmonov,
F. Axmadalievlar ijodi bilan bog’liq.
Amaliy bezak san’atida esa badiiy kulolchilik Fargona, Buxoro, Samarqand,
Xorazm badiiy kulolchilik maktablari ustalarining ishlari, badiiy kandakorlik,
zargarlik, ganchkorlik, yogoch o’ymakorligi va naqqoshlikning badiiy ko’rinishlari
M.Madaliev, E.Gostev, U. Xolmurodov va A.Ulumbekovalar ijodida namoyon
bo’ladi. Usta Sh. Murodov, M. To’raev, A. Ilxomov, S. Maxmudovlarning ijod
yo’nalishlarini o’rganib, lokli miniatyura va dizaynning rivojlanishi ham tasviriy
san’atdagi yangi uslublarning vujudga kelishiga misoldir.
Tasviriy va amaliy san’at tarixining davr bosqichlarini o’rganishni avvalom bor
tasviriy va amaliy san’at, haykaltaroshlik asarlarini ilmiy tahlil qilishdan ualar haqida
badiiy ma’lumotga ega bo’lishdan boshlanadi. Shu bilan birga jahon va milliy
tasviriy san’at durdonalarini ilmiy mushohada qilishni o’rganish tasviriy va amaliy
san’at
tarixida
qo’llaniladigan
atamalar
va
iboralar
bilan
ishlashni
mukammallashtirish muhimdir. Hozirgi davrda ijod qilayotgan rassom, xalq ustalari,
haykaltarosh va me’morlar bilan yaqindan tanishish va ular faoliyatini o’rganish,
tasviriy va amaliy san’at muzeylariga ekskursiyalar uyushtirish, tasviriy va amaliy
san’at ko’rgazmalariga borish va asarlarni ilmiy tahlil qilish orqali tasviriy va amaliy
san’at tarixiga oid bilimlarni egallash bizning san’at asarlarini tushinsh va badiiy
o’qiy olishdek saviyamizning yuqori bo’lishini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |