“Таълим, фан ва ишлаб чиқариш интеграциясида интеллектуал салоҳиятли ёшлар
мамалакат тараққиётининг муҳим омили” конференция материаллари.
113
asosi biroz ko’rinib turgani ma’qul, shunda tasvirlash oson bo’ladi.
Fon qo’yilmada katta ahamiyatga ega. Masalan, natyurmort mavzusiga qarab
iliq va sovuq rangdagi matolar tanlanadi.Samovar ishtirokidagi natyurmortda qizil,
zarg’aldoq va sariq rangdagi matolar mavzuni jonlantirishga katta yordam beradi.
Ya’ni samovarni xuddiqaynayotgandek ko’rsatadi. O’quv natyurmortidagi matolar
burmalari kamroq bo’lgani ma’qul.
O’quv natyurmortida fon buyumlarga nisbatan yotqin bo’lmagani maqsadga
muvofiq. Masalan, kulrang, odmiroq yashil hamda havorang kabilar. Natyurmortda
shunga o’xshash matolarni qo’llash bo’yoqlardagi bir butun yaxlit uyg’unlikni
topishga imkon beradi. Ba’zan natyurmort mavzusini siz yoqtirgan biror bir
buyum hal etish mumkin. Ana shu buyum natyurmort qo’yilmasida asosiy,
qolganlari esa unga bevosita bo’ysinadi va qo’yilmada butun bir yaxlitlikni hosil
qiladi. Demak, ranglarning nozik uyg’unlashuvi asisiy rangga hamohang bo’lib,
natyurmortdagi etakchi rangni aniqlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. R.Hasanov.
Tasviriy san’at asoslari.G’afur Gulom nashriyoti
. T-2009y.
2. A. Oripov.
Tasviriy san'atni o'qitish metodikasi. N., 2001.
Yosh avlod ma’naviyatini shakllanishida tasviriy san’at tarixining o’rni.
SamDU. O’qituvchisi : I.U.Izbosarov, SamMHQK. O’qituvchilari: Alixodjayeva
M.R., Ochilova I.S.
Ma’lumki insoniyat tarixi hamma davrlarda uning hayotida bo’lib o’tgan
voqealar, ishlatgan uy-ro’zg’or buyumlari va mehnat qurollari hamda shug’ullangan
faoliyatini yoritish bilan yozilgan. Insoniyat hamisha borliqni anglashga, undagi sir-
sinoatlarni yechimini topishga hamda barcha go’zalliklarga intilib yashagan va ularni
o’zi shig’ullanadigan faoliyatga kiritishga harakat qilgan. Birgina misol tariqasida
qaraydigan bo’lsak loydan kulol idishlar yasashni bir tomondan suyuqlaklar solish
uchun kerak bo’lgan desak, ikkinchi tomondan esa o’sha amaliy san’atning ilk
qadamlari kulolchilikning shakllanishiga sabab bo’lgan. Arxiologik qazilmalarni
guvohlik berishiga qaraganda hamma davrlarda loydan yasalgan kulolchilik
buyumlari, haykallar o’sha vaqtda ijod qilgan barcha ustalar hayoti faoliyati haqida
ma’lumotlar berib turadi. Ayniqsa tasviriy san’at tarixi insoniyat tarixini o’rganishda
muhim ahamiyat kasb etadi.Chunki bizga yetib kelgan me’morchilik yodgorliklari,
amaliy san’at durdonalari, tasviriy san’at asarlari ajdodlarimizning san’atkorona
mahorat egasi ekanligidan daolat beradi. Ota – bobolarimiz qanday yashagan,
madaniyati qay darajada rivojlangan, yuksaklikka erishishining sabablari nimada
ekanligini
bilishga
qiziqish
va
ularni
o’rganishga
intilishimiz
ham
ma’naviyatimizning sofligidandir. Toshlarga o’yib ishlangan hayvonlarni ovlash,
ularni qo’lga o’rgatish tasvirlarini tasviriy san’atning ilk qadamlari deb atasak,
mehnat qurollarini toshlardan yasasahni esa sangtaroshlik san’ati va haykaltaroshlik
namunalari deyishimiz mumkin. Bundan chiqdi borliqni idrok qilish, uni turli
vositalarda ifoda etish juda qadimdan boshlangan. Demak san’at inson bilan yonma
–yon yashab kelayotgan va uning hayoti bilan chambarchas bog’langan faoliyat
Do'stlaringiz bilan baham: |