Membranali jarayonlar.
Aralashma komponentlarini yarim o׳tkazuvchan to׳siqlar (membranalar)
yordamida tanlab ajratib olish yoki ularni quyuqlashtirish membranali jarayonlar deb yuritiladi.
Bunday jarayonda modda (yoki moddalar) bir fazadan ikkinchi fazaga ularni ajratib turgan membrana
orqali o׳tadi. Membranali jarayonlar gaz yoki suyuq aralashmalarni ajratish, oqova suvlar va gazsimon
chiqindilarni tozalash uchun qo׳llaniladi.
Moddalarni o׳tkazish murakkab jarayon bo׳lib, bir yoki bir necha komponentni bir fazadan ikkinchi
fazaga fazalarni ajratuvchi yuza orqali o׳tishini belgilaydi. Moddalarni bir faza ichida tarqalishi
moddalarning berilishi deb yuritiladi. Moddalarning berilish tezligi koeffitsient orqali ifodalanadi. Mod-
dalarni bir fazadan ikkinchi fazaga o׳tkazish jarayonining tezligi esa koeffitsient bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |