Qattiq moddalarni eritish va ekstraksiyalash. Qattiq fazaning suyuqlikka (erituvchiga) eritish jarayoni deb ataladi. Qattiq g`ovaksimon materiallar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni
tanlab ta’sir qiluvchi erituvchi yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deyiladi. Agar eritish
jarayonida qattiq faza to׳la suyuq fazaga o׳sha, ekstraksiyalash paytida esa qattiq faza amaliy jihatdan
o׳zgarmay qoladi, faqat uning tarkibidagi tegishli komponent suyuq fazaga o׳tadi. Ekstraksiya jarayoni
qattiq materiallar tarkibidagi muhim yoki zaharli komponentlarni ajratib olish uchun qo׳llaniladi.
Kristallanish. Suyuq eritmalar tarkibidagi qattiq fazani kristallar holatida ajratish jarayoni kristallanish deb yuritiladi. Bu jarayon eritmalarni o׳ta to׳yintirish yoki o׳ta sovitish natijasida sodir
bo׳ladi. Kristallanish paytida modda suyuq fazadan qattiq fazaga o׳tadi. Kristallanish jarayonidan odatda
o׳ta toza moddalar olish maqsadida foydalaniladi.