Suyuqliklarni haydash va rektifikatsiya qilish.
Bunday jarayonlar suyuq gomogen aralashmalarni
suyuqlik oqimi va aralashmani bug`latish paytida hosil bo׳ladigan bug` bilan o׳zaro ta’siri yordamida
komponentlarga ajratishga asoslangan. Suyuq va bug` fazalar orasida komponentlarning o׳zaro
almashinish yo׳li bilan suyuqlik aralashmalarini ajratish jarayoni haydash deb ataladi.
Bu jarayon
issiqlik ta’sirida ikki xil usul bilan olib boriladi: oddiy haydash (distillyatsiya) va murakkab haydash
(rektifikatsiya). Sanoatda rektifikatsiya suyuq aralashmalarni komponentlarga ajratish, o׳ta toza
suyuqliklarni olish va boshqa maqsadlar uchun qo׳llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |