(asosan metan) chiqarib yuboriladi. Uchuvchan uglevodorodlar haydalgandan
so’ng neft kizdiriladi. Birinchi galda molekulasida uglerod atomlari uncha ko’p
bo’lmagan, qaynash temperaturasi nisbatan past uglevodorodlar bug’ xoliga o’tib
haydaladi. Aralashmaning temperaturasi ko’tarilgan sari
qaynash temperaturalari
ancha yukori bo’lgan uglevodorodlar haydaladi. Shunday qilib, neftning ayrim
aralashmalarini (fraksiyalarini) yig’ish mumkin. Qo’pincha bunday haydashda
asosan
uchta fraksiya olinib, ular keyinchalik yana ajratiladi. Neftning fraksiyalari
quyidagilar:
1. 40° dan 200 °C gacha yig’iladigan fraksiya —
benzinlarning gazolin
fraksiyasi
— C
5
H
12
dan C
11
H
24
gacha uglevodorod bo’ladi, Ajratib olingan
fraksiyani yana qayta haydab gazolin (40° dan 70°C gacha),
aviatsiya, avtomobil
va boshqalarga ishlatiladigan benzin (70° dan 120 °C sacha) olinadi.
2.
Ligroin fraksiyasi,
150 dan 250°C gacha yig’iladi, unda C
8
H
18
dan C
14
H
30
gacha bo’lgan uglevodorodlar bo’ladi. Ligroin traktorlar uchun yoqilg’i sifatida
ishlatiladi.
3.
Kerosinli fraksiya
C
12
H
26
dan C
18
H
38
gacha, qaynash temperaturasi 180° dan
300 °C gacha bo’lgan uglevodorodlarni o’z ichiga oladi. Kerosin tozalangandai
so’ng traktorlar, reaktiv samolyotlar va raketalar uchun yoqilg’i sifatida ishlatiladi.
4.
Keyingi fraksiyalarda
gazoyl
(275 °C yukori) —
yuqori
dizel yoqilg’isi
olinadi
.
5.
Neftni haydashdan so’ng qolgan qoldiq – mazut – molekulasida ko’p sonli
uglerod atomlaridan (bir necha o’nlab) iborat uglevodorodlar bo’ladi. Mazut ham
fraksiyalarga bo’linadi:
solyar moylari
—dizel yoqilg’isi,
surkov moylari
—
(avtotraktorlar uchun, aviatsion, industrial va boshqalar).
vazelin
(kosmetik
vosita
va dorilarga). Neftlarning ba’zi navlaridan parafin olinadi (gugurt, shag’am va
boshkalar ishlab chikarish uchun). Haydab bo’lingandan so’ng
gudron
qoladi,
Gudron yo’l qurilishida ishlatiladi.
Neftni haydash
naysimon pech 1, rektifikaiion kolonna 2 va sovitgich 3
lardan
iborat bo’lgan qurilmalarda amalga oshiriladi. Pechning ichida , burama truba
(truboprovod) bor. Truboprovod orqali uzluksiz neft o’tib turadi, u 300 – 350°C
gacha qiziydi hamda suyuqliklar aralashmasi va bug’ holida rektifikatsion
kollonnaga (balandligi 40 m ga yakin silindrsimon po’lat apparat) o’tadi.
Uning
ichida ko’ndalang holda o’rnatilgan teshikli to’siqlar bo’lib, ular tarelka deb
ataladi.
Neft bug’lari kolonnaga beriladi va teshiklardan o’tib yuqoriga ko’tariladi, bunda
u asta-sekin soviydi va suyuqlanadi. Kam uchuvchan uglevodorodlar birinchi
tarelkalardayoq suyuq holga kelib gazoyl fraksiyasini hosil qiladi. Undan
yukorida
kerosin, undan so’ng esa ligroin yig’iladi. Eng uchuvchan uglevodorodlar
kolonnadan bug’ holida chiqib sovigandan so’ng benzin hosil kiladi. Benzinning
bir qismi ko’tarilayotgan bug’larni «ho’llash» uchun yana qaytadan kolonnaga
beriladi. Bu tegishli uglevodorodlarning sovishiga va suyuq holatga o’tishiga
yordam beradi. Neftni haydashning eng asosiy kamchiligi —
benzin unumining
kamligi (ko’pi, bilan 20 %).
Do'stlaringiz bilan baham: