Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


Raqobat tushunchasi va mohiyati. Raqobat turlari va shakllari



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Raqobat tushunchasi va mohiyati. Raqobat turlari va shakllari. 
 
* Raqobatning  bir  qancha  turlari,  ko‘rinishlari  va  usullari  mavjud  bo‘lib,  uning  ta’sir  kuchi 
bozor munosabatlarining rivojlanish darajasiga monand ortib boradi. Endigina rivoj topayotgan tovar 
xo‘jaligida  raqobatchilikning  iqtisodiyotdagi  roli  deyarli  sezilmagan.  Bozor  xo‘jaligining  rivoji 
raqobatga ommaviy tus bergan va unga beqiyos kuch bag‘ishlagan.  
* Raqobatning  ikki  usuli  bo‘lib,  ular  narxlar  asosidagi  raqobatlashuv  va  narxlardan 
foydalanmay  raqobatlashuvdir.  Narxlar  asosidagi  raqobatlashuvni  odatda  o‘rtacha  hamda  kichik 
firmalar qo‘llaydi. Katta firmalar ko‘riladigan zararlari juda katta bo‘lishi mumkinligi uchun bunday 
yo‘l tutmaydilar.  
* Marketing  izlanishlari  shuni  ko‘rsatadiki,  notanish,  yangi  bozorni  egallashda  "10  foiz 
usuli"dan  foydalanish  yaxshi      samara  beradi.  Tovar    sifati  yetarli  darajada  yuqori  bo‘lsa,    o‘z  
raqobatchilariga    nisbatan    firma    tovariga    10  foiz  pastroq  darajada  narx  belgilashi  maqsadga 
muvofiq.  
* Shunday  qilingandagina  firmaning  mazkur  bozorga  kirib  borishi  osonroq  kechadi.  Narx 
asosidagi raqobatning yana bir ko‘rinishi - keskin, ya’ni 20-60 foiz (ayrim hollarda 90 foiz) narxlarni 
tushirishdir. Bunday  choralar keng  reklama qilinadi. Bunda firma, bir tomondan, mavsumi o‘tgan 
yoki  eskirgan  mahsulotni  sotsa,  ikkinchi  tomondan,  arzonlashgan  mahsulotni  sotib  olish  uchun 
kelgan  xaridorlar  yo‘l-yo‘lakay  narxi  tushirilmagan  boshqa  mahsulotlarni  ham  xarid  qilishlari 
mumkin. Narx asosidagi raqobat kurashining yana bir qancha yo‘llari ham mavjud. Ammo hozirgi 
kunda  raqobat  kurashida  ustalik  bunday  raqobatda  emas,  balki  baholardan  tashqari  raqobatdadir. 
Chunki, hozirgi kunda iste’molchilar ko‘pincha mahsulotning bahosiga emas, balki birinchi navbatda 
tovarning foydali fazilatlariga ahamiyat berishadi va shu fazilatlar ma’qul kelsa, tovar uchun kuproq 
pul to‘lashga ham tayyor bo‘ladilar. 
* Marketing izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda xaridorlar tovar xarid 
qilayotganda birinchi navbatda uning fazilatlari, tashqi kurinishi, dizayniga ahamiyat beradi. Bundan 
keyin tovarning texnik ko‘rsatkichlariga e’tibor beradilar. Shunday ko‘rsatkichlar ichida narx-navo 
6-7 o‘rinlarda turadi. Lekin bu boy, aholisining turmush darajasi yuqori bo‘lgan davlatlar uchun xos 
xususiyatdir.  Vaholanki,  bizning  O‘zbekiston  kabi  mamlakatlarda  baho  hozircha  xaridor  uchun 
muhim ko‘rsatkich bo‘lib qoladi. Buni albatta hisobga olish zarur. Yetuk firmalar narxlardan tashqari 
raqobatda  quyidagi  narsalarga  e’tibor  beradilar  va  evaziga  firmaning  bir  tekis  rivojlanishiga 
erishadilar: 
*  tovarning texnik jihatdan yangiligi, uning avtomatlashtirilishi; 
*  tovarlarning yangidan-yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari; 
*  o‘xshash  tovarlarga  nisbatan  ishlab  chiqarilayotgan  tovarning  chidamli,  ishonchliligi, 
sifatining yuqorilik darajasi; 
*  tovarlarni sotib olgan xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning xilma-xilligi, holati; 
*  tovarlarning tejamliligi, ixcham, foydalanishdagi samarasi; 
*  atrof-muhit uchun ekologik toza bo‘lishi va hokazolar. 
* Ularning har birining ahamiyati - katta va kuchli firmalarda shu narsalarga ahamiyat berish 
faoliyat, turmush tarziga aylangan. Raqobatning noformal, jamiyat tomonidan qaraladigan turi ham 


mavjud.  Bu  o‘rinda  g‘irrom  raqobat  to‘g‘risida  ham  so‘z  yuritishimiz  kerak.  Bunda  ular  davlat 
tomonidan raqobat kurashini tartibga soluvchi turli qonun va qoidalarga xilof ravishda ish ko‘radilar. 
gayriqonuniy usullarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
*  narxlar bo‘yicha bir nechta firmalarning o‘zaro kelishib olishlari; 
*  boshqa firmalar tovarlarining nomlari, tashqi ko‘rinishi, tovar nishonasini o‘zboshimchalik 
qilib ro‘xsatsiz foydalanish; 
*  raqobatchilar to‘g‘risida noto‘g‘ri axborot yoki to‘g‘ri bo‘lsa ham ularning obro‘siga ziyon 
beradigan ma’lumotlar tarqatish; 
*  reklamada tovarlarni nojuya solishtirish, axborot berish; 
*  raqobatchilarga nisbatan tuhmat, josuslik va hokazolar yordamida zo‘ravonlik qilish; 
*  raqobatchining tijorat sirlarini pinxona bilib olish; 
*  konfedensial va maxfiy ma’lumotlarni ovoza qilish; 
*  tovarning sifati, xususiyatlari kabi masalada xaridorlarni aldash, noto‘g‘ri axborot berish va 
reklama qilish. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish