bozorlarga kirib borish; uchinchidan - korxona bozorda yaxshi tanilgandan so‘ng yangi tovar ishlab
chiqarish yoki modifikatsiyasini o‘zgartirish; to‘rtinchidan - yangi bozorlar uchun yangi tovarlar
ishlab chiqarish orqali erishiladi.
“Boston konsalting guruhi qolipi” orqali bozorda foyda olish, korxona faoliyat ko‘rsatadigan
hududlardan eng samarali strategik xo‘jalik bo‘limlarini tanlash bilan amalga oshiriladi.
Birinchi hudud - “yulduzlar” (katta talab va bozorda yukori ulushga erishilgan). Bu xududni
e’zozlab, yanada mustahkamlash choralari ko‘riladi. Bozordagi ulushni saqlash uchun narxlarni
pasaytirish, reklama xarajatlarini ko‘paytirish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va boshqalar amalga
oshiriladi.
Ikkinchi hudud - “sog‘in sigirlar” (past talab, ammo bozorda firmani ulushi yuqori) Bu hududga
qattiq nazorat o‘rnatiladi.
Uchinchi hudud - “qiyin tarbiyali bolalar” (talab yuqori, ammo bozorda ulush kam). Bu hudud
imkoniyatlarini o‘rganish va “yulduzlar” hududi darajasiga ko‘tarilishi ehtimoli bormi yoki yo‘qmi?
Kerak bo‘lsa, harakatni ko‘paytirish zarur.
To‘rtinchi hudud - “itlar” (past talab va bozorda kam ulush). Agar bunday hududni egallab
turishga, keskin sabab bo‘lmasa, undan qutulish kerak.
Marketing rejasi — bu marketing faoliyatining barcha turlarini korxonaning maqsadlari, uning
resurslari, kadrlar imkoniyati, tashkiliy tuzilishiga muvofiq birlashtirishga imkon beruvchi tashkiliy-
boshqaruvchilik hujjatidir. Korxona kelajak haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak, degan fikr
mavjud. Bu tasavvur asosiy strategik yo‘nalishni belgilaydi, tafsilotlar esa oldinga harakatlanish
davrida ishlab chiqiladi. Shuning uchun marketing rejasi hal qiladigan vazifalardan kelib chiqqan
holda uning korporativ rejadagi vaziyati muvofiqlashtiruvchi rol o‘ynaydi.
Marketing rejasi odatda kirishdan boshlanadi, unda maqsadlar va ularni hayotga tadbiq qilish
bo‘yicha tadbirlar bayon qilinadi (3-jadvalga qarang). Bozor vaziyati va uning istiqbollari bo‘limida
taqdim qilingan axborot asosida bozor, tovar, raqobatchilar va tovarlarni tarqatish tahlil qilinadi.
Korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlarini tahlil qilishdan maqsad tovarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin
bo‘lgan asosiy xavflar va imkoniyatlarni tasvirlashdir. Moliyaviy va marketing maqsad va vazifalari
bo‘limida mazkur tovar bo‘yicha korxonaning vazifalari ifodalanadi. Shu jumladan, sotilishlar hajmi,
bozor ulushi, sof foyda, narxlar darajasi ko‘rsatkichlari, shuningdek, shu vazifalarni bajarish vaqtida
korxona duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolar ham yoritiladi. Marketing strategiyasi
rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun foydalanadigan umumiy marketing yondashuvidan
iborat. Harakatlar dasturlari nima, kim tomondan va qachon amalga oshirilishini va buning qiymati
qancha bo‘lishini belgilaydi. Budjetlar — bu kutiladigan xarajat va daromadlar. Ular mazkur rejaning
bajarilish natijalarini oldindan moliyaviy baholashga imkon beradi va, nihoyat, nazorat va
tartiblashtirish rejaning bajarilishi qanday nazorat qilinishi va rejadagi xatti-harakatlar o‘zgartirish
bo‘yicha tadbirlar qanday amalga oshirilishini ko‘rsatadi.
Rejani amalga oshirish uchun javobgarlik marketing xizmatiga yuklatiladi. Bunda marketing
rejasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan asosiy tadbirlar va vaziflarni belgilab beradigan
harakatlar dasturi, shuningdek, rejalashtirish, axborot olish, budjetni tuzish, mehnatga haq to‘lash,
rag‘batlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlar muvofiqlashtiriladigan qarorlar va rag‘batlashlarni
qabul qilish tizimi eng muhim bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: