Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


Bozor va korxonani o‘zaro bog‘liqligi



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

Bozor va korxonani o‘zaro bog‘liqligi. 
 
Korxona  to‘xtovsiz  tashqi  kuch  va  omillar  ta’siroti  ostida  o‘z  faoliyatini  olib  boradi.  Ba’zi 
hollarda  ular  maqbul  imkoniyatlarni,  boshqa  hollarda  esa  xavf-xatarni  sodir  qiladilar.  Shu  bois 
aytish  mumkinki,  korxona  peshqadamligining  istiqboli  tovar  va  xizmatning  tegishli  marketing 
muhitiga  mosligi  bilan  ifodalanadi  11-chizmada  korxona  makro-muhitining  asosiy  omillari 
keltirilgan
 
 


 
 
1-chizma. Korxonaning tashqi muhiti (makro-muhit) 
Mamlakatdagi siyosiy muhit asosan davlatning mustaqilligi va bevosita siyosiy yondashuvlar 
va  yo‘nalishlarni  mustahkamlash  bilan  bog‘liq  tendensiyalar,  boshqa  tomondan  esa  bozor 
munosabatlariga o‘tish va o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish bilan tavsiflanadi. Siyosiy muhitga 
ijro  etuvchi  davlat  hokimiyatining  omillari  bilan  bir  qator  muhim  omillar  ham  kiradi.  Ular  ichida 
mulkchilik,  tadbirkorlik,  iste’molchilar  huquqlarini  muhofaza  qilish    va  reklama  munosabatlarini 
tartibga soluvchi qonunchilik va qonunlarni ko‘rsatish mumkin. Huquqiy tartibga solishning samarali 
yo‘nalishlarini izlash davom etmoqda. 
Jamiyat iqtisodiy muhitining ahvoli asosan korxonalar daromadlarining darajasi va aholining 
xarid  qobiliyati  kabi  ko‘rsatkichlar  bilan,  shuningdek,  inflyatsiya,  kredit  stavkalari,  soliq  solish 
stavkalari,  aholining  joriy  daromadlari,  jamg‘armalarining  darajalari,  iste’mol  savatining  qiymati 
bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi talabda nafaqat miqdoriy, balki tarkibiy siljishlarga 
ham olib keladi. 
1991  -yilda  mustaqillikka  erishilgandan  buyon  O‘zbekistonda  rejali  iqtisodiyotdan  bozor 
iqtisodiyotiga  asta-sekin  o‘tish  siyosati  o‘rnatildi.  90-yillarning  birinchi  yarmida  iqtisodiy  ishlab 
chiqarishning tushishi kuzatilgan bo‘lsa ham, makroiqtisodiy barqarorlashtirish va tarkibiy islohotlar 
1996 -yildan boshlab iqtisodiy yaxshilanishga asos soldi. Daromadlarning oshishi qishloq xo‘jaligida 
5,8%  va  sanoatda  2,2%  ga  daromadlarning  o‘sishini  o‘z  ichiga  oladi.  Bozor  munosabatlari 
rivojlanishida,  iqtisodiyot  sohalari  va  ijtimoiy  himoyalash  sohasida  o‘sishlar  ko‘zga  ko‘rinmoqda. 
Kichik korxonalarni xususiylashtirish keng miqyosda amalga oshirildi, o‘rta va yirik korxonalarning 
ommaviy  xususiylashtirilishi  esa  donor  tashkilotlar  tomonidan  saqlab  turildi.  Davlat  xususiy 
sektorning, xususiylashtirishning, mehnat va kapital bozorlarining rivojlanishini yo‘naltirishda bozor 
iqtisodiyoti rivojlanishining bosqichli yondoshuvini tanlashi orqali nisbatan kuchli mavqeni egallab 
kelmokda. 
1991—1995  -yillar  davomida  mustaqillikkacha  bo‘lgan  davrga  nisbatan  aholi  jon  boshiga 
daromadning salmog‘i 20% ga pasaydi. Hududlar bo‘yicha, qishloq va shahar zonalari o‘rtasida va 
turli  xil  ijtimoiy  guruhlar  daromadlari  o‘rtasidagi  farqning  ancha  o‘sishi  ro‘y  berdi.  1977  -yilda 
aholining  22%i  (oilalarning  16%i)  kambag‘alllik  darajasiga  teng  yoki  undan  ham  past  aholi  jon 
boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromadga ega edi. Davlat, ayniqsa, aholining eng ko‘p salmog‘i 
yashaydigan  va  kambag‘allik  darajasi  yuqoriroq  bo‘lgan  qishloq  joylarda  aholining  bandligini 
ta’minlashga  alohida  e’tibor  berish  orqali  bu  masalani  hal  qildi.  Aholini  ijtimoiy  himoyalash  eng 
asosiy  vazifa  sifatida  belgilangan  va  bu  maqsadlarga  davlat  budjeti  mablag‘larining  uchdan  bir 
qismiga  yaqini  ajratilgan  edi.  Biroq  ijtimoiy  himoya  bo‘yicha  yondoshuvlar  asta-sekin  aholini 
ijtimoiy  xizmatlarni  passiv  oluvchilari  sifatida  ishlatishdan  ularning  daromad  olishda  faol 
qatnashuvini rag‘batlantirishga tomon o‘zgardi. 
Tabiiy  muhit  jamiki  landshaft  (manzara)  va  atrof-muhitning  ifloslanishi  quyidagi  holatlarga 
bog‘liq: 
( xom ashyoni ratsional ishlatish darajasi; 
( qayta ishlab chiqarishga imkonsiz tabiiy resurslardan foydalanish miqdori; 
( butunlay yo‘q bo‘lish oldida turgan hayvonlar soni; 
( ozon qatlamining kamayishi va natijada «issiqxona taassuroti» vujudga kelishi. 
Yo‘nalishlarning  har  bir  muayyan  ko‘rsatkichlari  orqali  atrof-muhitning  u  yoki  bu  tomonini 
tasniflash mumkin. Shu bilan birga bular marketing kuchlarining ta’sirotiga ham ega. 
Umumiy yondoshuv jihatdan tabiiy muhitning o‘zgarishi quyidagi omillar atrofida ro‘y beradi: 
xom  ashyoning  tanqisligi  (defitsit),  energiyaning  qimmatlashishi,  atrof-muhitning  ifloslanishi  va 
tabiiy resurslarning davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi. 
Marketing  nuqtai  nazaridan  hozirgi  sharoitda  suv,  oziq-ovqat,  yog‘och,  neft,  ko‘mir  hamda 
ayrim mineral turlarini ishlatishda oqilona yondoshuv qo‘llanishi katta ahamiyatga ega. Energiyaning 
qimmatlashishi, avvalo, neft qazish ishlari bilan bog‘liq. Ma’lumki, ularning zaxiralari cheklangan 


va keyingi qazish jarayonlari -yildan-yilga yirik investitsiyalarni talab etmoqda. Boshqa (alternativ) 
energiya turlarini topish borasida muhim izlanish va tadqiqotlar olib borilmoqda. Gap quyosh, yadro, 
shamol va boshqa energiya manbalari to‘g‘risida borayotir. 
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ekologiya qonunchiligi doimo takomillashtirish va o‘ta 
talabchanlik tendensiyasiga ega. Demak, bu sharoitda atrof-muhitni himoya  qiluvchi standartlarga 
rioya  qilgan  firmalar  muammolarni  yechish  maqsadida  kam  kuch  va  vosita  sarflanadigan  yo‘l  va 
imkoniyatlarni amaliyotga jalb etishlari muqarrar. 
Bozor  konyunkturasi  ko‘p  tomondan  demografik  tavsiflar  va  aholi  shakllanishining  asosiy 
tendensiyalari bilan belgilanadi. Bunda shaxsiy iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning rivojlanishi va 
ishlab  chiqarishga  mo‘ljallangan  tovarlar  bozoridagi  o‘zgarishlar  o‘rtasida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  aloqa 
kuzatiladi. 
O‘zbekiston  ko‘p  millatli  davlat  bo‘lib  hisoblanadi.  Unda  100  dan  ortiq  millat  va  elatlar 
yashaydi, aholisi esa 25 mln. ga yaqin. Ulardan o‘zbeklar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Ahalining 60% 
idan ko‘pi qishloqlarda yashaydi. 1991 -yildan 1998 -yilgacha aholi soni 12,9%ga oshdi. Aholining 
umumiy sonidagi qishloq aholisining salmog‘i 59,9%dan 62,1%gacha o‘sdi. Aholining ko‘payishi, 
milliy  miqyosda,  2,3%dan  1,7  %gacha  pasaydi,  qishloq  joylarida  esa  —  3,3%dan  2,1%gacha. 
Tug‘ilishning  nisbatan  yuqori  darajasi  aholining  demografik  tarkibiga  o‘z  ulushini  qo‘shmoqda, 
undagi 16 yoshga kirgan aholining ulushi 42,8%ni tashkil qiladi. Bu esa ta’lim xizmatlariga bo‘lgan 
talabning  o‘sib  borishi  va  yaqin  kelajakda  mehnat  bozoridagi  yosh  bitiruvchilar  sonining 
ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda (Professional ta’lim va o‘qitish tizimining axborotnomasi. 1998 -yil. 
Milliy kuzatash. Yevropa o‘qitish fondi. Toshkent. O‘zbekiston). 
Ilmiy-texnikaviy  muhit  bevosita  ilmiy  texnika  taraqqiyoti  (ITT)  ta’sirida  shakllanadi  va 
shuning  uchun  talab  va  uning  rivojlanish  yo‘nalishlarini  belgilaydigan  eng  muhim  omil  bo‘lib 
hisoblanadi.  Boshqa  tomondan  esa  ITT  ta’siri  marketing  muhitining  boshqa  sohalari,  jumladan, 
demografik, siyosiy va hokazolar ta’siridan kuchli bo‘ladi. Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarda ITTni 
belgilaydigan sohalarga asosiy e’tibor beriladi, jumladan: 
( informatika va hisoblash texnikasi; 
( ko‘p marta ishlatiladigan fazoviy texnika; 
( biotexnologiya; 
( qattiq jismli elektronika; 
( robototexnika; 
( materialshunoslik; 
( noan’anaviy energiya manbalari bilan ishlash texnologiyasi; 
( ekologiya; 
( tug‘ilishni tartibga solishning samarali usullari va hokazo. 
ITT,  madaniy  va  etnik  muhitning  muammolari  bir-birining  ichiga  singib  ketgan  va  yangi 
muammolarni  vujudga  keltiradi.  Ular  o‘z  navbatida  jamoatchilik  e’tiborining  yangi  obyektlariga 
aylanadi, talabni tartibga soladi. 
O‘zbekistonning  yaqin  -yillardagi  rivojlanish  xususiyatlari  o‘tish  davri  bilan,  ya’ni  tizimli 
o‘zgarishlar davri bilan bog‘liq (ma’naviyaxloqiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy sohalarda). Iqtisodiy 
jihatdan, xususan, quyidagicha o‘zgarishlar qilinishi zarur: 
 
Iqtisodiy  munosabatlarni  yo‘l-yo‘riq 
ko‘rsatuvchi  tizim  orqali  tartiblashtirishdan 
(narx, ish haqi, tovar oqimlarini taqsimlash) 
Narxlashtirishni  real  talab  va  tovar, 
xizmatlarga mos taklifning shakllanishi asosida 
erkinlashuviga,  narx  va  daromadga  fiskal, 
moliyaviy-huquqiy usullar bilan ta’sir etish 
Iqtisodiyotni 
resurslarni 
limitlash, 
fondlashtirish  va  kvotalash  orqali  boshqarish, 
zarar 
bilan 
ishlaydigan 
korxonalarga 
ko‘maklashish  maqsadida  moliyani  qayta 
taqsimlashdan 
Ochiq  banklar,  zararli  va  norentabel 
korxonalar  bankrotligi  va  sanatsiyasi  orqali, 
shuningdek, milliy iqtisodiyotda erkinlashuv va 
proteksionizm  siyosati  orqali  resurslarga 
yetishishga 


Tabiiy  resurslardan  foydalanish  evaziga 
rivojlanishining ekstensiv yo‘lidan 
Yuqori 
texnologiyalar, 
ilg‘or 
boshqaruvchilik 
qarorlari 
asosida 
iqtisodiyotning intensiv rivojlanishiga 
Korxonalarning davlat tomonidan doimiy 
saqlab  turilishidan,  mablag‘lar  va  moddiy 
vositalarning  meyordan  ortiq  sarflanishi, 
mahsulot tannarxini oshirishdan 
Rejalashtirilmagan  xarajatlarni  qat’iy 
cheklash,  mahsulot  tannarxini  real  xarajatlarni 
hisobga olish orqali tartiblashtirishga 
Ijtimoiy-madaniy, ma’naviyaxloqiy muhit ancha murakkab hodisa bo‘lsa ham, ko‘p jihatdan 
jamiyatning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishining omili bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistondagi madaniy 
rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari fuqarolar, hokimiyat tuzilmalarining umuminsoniy qadriyatlar, 
inson huquqlari va demokratiyani o‘zlashtirishlari bilan belgilanadi. Bu yo‘nalishlar oxirgi -yillarda 
jadal  ravishda  Sharq  va  islom  falsafasi  va  madaniyati,  aholining  yashash  tarzi  va  mentalitetining 
an’anaviy qadriyatlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lmoqda. 
Milliy  o‘z-o‘zini  anglash,  ma’naviyat  va  madaniyatning  tiklanishi,  aholining  tobora  keng 
qatlamlari  tomonidan  qabul  qilinayotgan  tarzda,  o‘zini  etnik  ideallashtirish  va  yakkalanishni 
bildirmaydi.  Yuqori  darajada  rivojlangan  mamlakatlarning  progressiv  andozalariga  yetishishga 
yo‘naltirilganlik tobora  barqarorlashmoqda. Jahonning madaniy, axborot  va demokratik makoniga 
qo‘shilish ehtiyoji, shuningdek, G‘arb va Sharq sivilizatsiyalarining uyg‘unlashuvi, ijtimoiy guruhlar 
va qatlamlarning mutloq ko‘pchiligiga yoyilmoqda. Hamma darajalarda — shaxs, oila, qo‘shnichilik 
jamoasi — mahalla, shahar va qishloq, ijtimoiy va milliy guruhlar va umuman, jamiyat miqyosida 
madaniyatning ustuvor ahamiyatini anglash o‘sib bormoqda. 
Shunday  qilib,  bozor  iqtisodiyotining  qaror  topishi  —  bu  korxona  va  firmalarning  ichki  va 
tashqi muhitlari o‘rtasida muayyan muvofiqlikni yoki bog‘lanishni ta’minlashdir. Marketing tizimi 
bu  bog‘liqlikni  o‘rnatishi  kerak.  Bir  tomondan,  tashqi  muhitning  boshqariladigan  omillari 
(iste’molchilar, ta’minotchilar, vositachilar, raqobatchilar)ga ta’sir etish  orqali, ikkinchi tomondan 
esa  ichki  muhitni  takomillashtirish  (boshqarish  va  ishlab  chiqarish  tizimi,  marketing-miks 
elementlari: narx, tovar, siljitish, taqsimlash). 
Biroq tashqi muhitning iqtisodiy, demografik, ilmiy-texnika va siyosiyhuquqiy atrof-muhit kabi 
tarkibiy qismlari korxona tomonidan deyarli boshqarib bo‘lmaydigan omillarga kiradi. Bunda ichki 
va tashqi muhitlarning ancha darajada nomuvofiqligi korxonani bankrotlikka olib keladi va hamma 
vaqt ham uning marketing faoliyatini takomillashtirish orqali tuzatilmaydi. Bozor munosabatlarining 
muvaffaqiyatli qaror topishi uchun tashqi muhit ichki muhitga qaraganda tezroq rivojlanishi kerak. 
Bu esa davlatning iqtisodiy va huquqiy sohalardagi samarali siyosatidan kelib chiqadi. 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish