Marketingni ichki va tashqi sohasi tushunchalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi.
Marketingning atrof-muhiti, umuman bozor konyunkturasiga va xususan firma faoliyati, shu
jumladan, bozorning boshqa subyektlariga bevosita ta’sir etuvchi kuchlar va omillar yig‘indisidan
iborat. Muhit doimiy o‘zgarishda, ya’ni u yoki bu salbiy yo ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi
sababli, uni tizimli o‘rganish, alohida jarayonlarni va ularning o‘zaro aloqasini kuzatish zaruriyati
marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir bo‘lib hisoblanadi. Hatto muhitning arzimas
o‘zgarishiga e’tibor bermaslik yoki nazoratni susaytirish firmaning va bozorning boshqa subyektlari
ishida juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun korxona marketologlarining muhit
doirasida bo‘layotgan o‘zgartirishlarni alohida va mas’uldorlik bilan kuzatib borishlari nazarda
tutiladi. Boshqalarga qaraganda ular yangi tendensiyalarni kuzatib qulay imkoniyatlarni topishlari
lozim, chunki ular ixtiyorida maxsus marketing instrumentlari, ya’ni marketing tadqiqotlari
mavjuddir.
Odatda, makro va mikro-muhit farqlanadi. Makro-muhit yoki tashqi sharoitlar omillari asosan
tizimli, umumiy bozor doirasidagi omillardan iborat. Bu yerga turli xil iqtisodiy, huquqiy, siyosiy,
demografik, geografik, milliy, ilmiy-texnikaviy, texnologik, ijtimoiy-madaniy va boshqa harakterdagi
ta’sirlarning keng spektri kiradi. Mikro-muhit yoki ichki sharoitlar omillari firmaning faoliyati va
uning imkoniyatlariga bevosita tegishli. Mikro-muhitning asosiy qismi firma boshqaruvining
nazorati ostida bo‘ladi (faoliyat sohasini aniqlash, kadrlarni tanlash, xodimlar malakasining umumiy
darajasi va marketing madaniyati, maqsadli bozorlar (segmentlar)ni, tovarlar harakatining
yo‘llarini tanlash, raqobat kurashida strategiyalarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini yechish).
Shunday qilib, mikro-muhitni o‘rganish bozorning aniq subyektiga nisbatan qo‘llanilgan holda
amalga oshiriladi, undan farqli ravishda makro-muhit esa marketing va bozor subyektlari, mamlakat
va xalq iste’moli tovarlari sohalari uchun umumiy ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Xalqaro marketing muhitining xususiyatlari asosan ayirboshlash (almashinish) jarayonlarini
murakkablashtirayotgan to‘siqlarni yo‘qotishdan iborat. Turli xil iqtisodiyotlar va mamlakatlar
o‘rtasida qiyosiy ustunliklarni qayta taqsimlash ro‘y beradi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar
(dastavval, JanubiSharqiy Osiyoda), shuningdek, Sharqiy Yevropa mamlakatlari ko‘rinishidagi
yangi raqiblar paydo bo‘ldi. Ular ilgari g‘arbiy mamlakatlar hukmron bo‘lgan iqtisodiyotning qator
bazaviy sektorlariga (po‘lat, kimyo, to‘qimachilik mahsulotlari) nisbatan qulay o‘rinlarga chiqib
oldilar. Yevropa hamjamiyati asosiy sanoat mahsulotlari (avvalo xom ashyo va materiallar)
bozorlarida Sharqiy Yevropa mamlakatlarining faolligini seza boshladi. An’anaviy rivojlangan
mamlakatlar uchun xos bo‘lgan raqobat ular chegaralaridan chiqib ketib, haqiqiy global tus oddi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, MDH ga nisbatan G‘arb mamlakatlari
tomonidan uchta asosiy marketing konsepsiyasi qo‘llaniladi:
1. G‘arbda ishlab chiqarish, Sharqda sotish — bu konsepsiya Sharqiy Yevropa va MDH
mamlakatlarida haligacha mavjud bo‘lgan tovar defitsitiga asoslanadi va foydani olib chiqish va
valyuta konvertatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina muammolarga qaramay keng tarqalgan. Bu
yerda G‘arb ishlab chiqaruvchilari va vositachilari tomonidan nafaqat tovarlarning va ishlab
chiqarishning yuqori sifati, balki marketing afzalliklari ham maydonga chiqadi.
2. Sharqda ishlab chiqarish, G‘arbda sotish — bu konsepsiya ko‘pgina G‘arb kompaniyalari
uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu kompaniyalar Sharqiy Yevropa va MDHdan
G‘arbda sotish uchun ishlab chiqarish ba’zasi sifatida foydalanish, malakali Sharqiy Yevropa ish
kuchini ekspluatatsiya qilish va mavjud marketing kanallari yordamida mahsulotlarni sotish kabi
yo‘llar bilan ta’minlangan. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro savdo tizimiga kirish uchun bozorlarni
ochish emas, balki yangi industrial mamlakatlar singari G‘arb firmalari bilan kurasha oladigan
yangi raqobatbardosh sohalarning paydo bo‘lishi eng muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Sharqda ishlab chiqarib, shu yerning o‘zida sotish — bu konsepsiya G‘arb biznesi uchun
ma’lum qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi, chunonchi: yuqori sifatli xom ashyoning
yetishmasligi,
byurokratik
kelishuvlarning
murakkabligi,
narxlashtirish
mexanizmining
samarasizligi va, ayrim hollarda, bozor imkoniyatlaridan foydalanishda ko‘zda tutib ish qilishning
nuqsonlari. Bunga qaramay, ishlab chiqarish va sotish strategiyasi ko‘pgina G‘arb firmalari
tomonidan faol amalga oshirilyapti. Masalan, Markaziy Osiyo bozori o‘z miqyoslari bilan eng yirik
ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan, kir yuvish vositalari, tish pastasini chiqaradigan «Prokter end
Gembl» va «Koka-kola» kompaniyalarini, «Nestle» konserni va boshqalarni qiziqtirib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |