d). Jismoniy tayyorgarlik mashqlari. Shug’ullanuvchilarda ayrim harakat sifatlarining rivojlanish darajasi bir xilda emasligi sababli, ushbu mashqlarning mazmuni, sur’ati va me’yorlarini hamma hollarda individuallashtirish maqsadga muvofiqdir.
Afsuski, buni amalga oshirish shunchalik qiyinki, ko’pgina hollarda (umumta’lim maktablarida, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida) bundan voz kechishga hamda hamma uchun bir xil mashqlarni berishga to’g’ri keladi.
Bu mashqlar o’zining harakat tarkibiga ko’ra murakkab emas. Bu o’qituvchini ko’p marta mashqni ko’rsatib berish hamda so’z orqali tushuntirishdan holi qiladi.
Darsning yakunlovchi qismi
Umumiy vazifalar. Darsning yakunlovchi qismiga, odatda, juda kam vaqt
ajratiladi. Shunga qaramasdan bu qismda o’ta muhim vazifalar hal qilinadi.
Yanada tez tiklanishga yordam berish
Shiddatli harakat faoliyati, ma’lumki, shug’ullanuvchilarning ish qobiliyati pasayishida namoyon bo’ladigan toliqishni keltirib chiqaradi. Agar darslar o’rtasidagi tanaffus bir sutkada ko’p bo’lsa, unda hamma organizm funksiyalari to’liq tiklanadi. Agar tanaffuslar vaqti bir necha soatni tashkil etsa, unda rejadagi keyingi dars hali tiklanib ulgurilmagan pog’onaga tushib qoladi. Bundan holi bo’lish uchun tiklanish jarayonlarining tezlashishini ta’minlaydigan choralarni ko’rish zarur.
Gimnastika mashqlarini bajarish deyarli har doim ba’zi bir tavakkalchilik bilan bog’liq. Shug’ullanuvchilar tomonidan ishonchsizlik hissini bostirish uchun namoyon qilinadigan iroda kuchlanishlari ularning psixikasini toliqtiradi. Demak, bo’shashtirish tadbirlarini ko’rish lozim bo’ladi. Uni darsning yakunlovchi qismida muvaffaqiyat bilan o’tkazish mumkin.
Mazkur darsga yakun yasash va oldinda turgan darsga ko’rsatmalar berish.
O’qituvchi darsni yakunlayotib, darsdagi har bir narsa va voqeaga (shug’ullanuvchilar intizomi, ularning faolligi, darsdan kutilayotgan natija “rejadagi, amaldagi”) o’zining munosabatini bildirishi kerak.
Navbatdagi darsda nimalar qilinishi to’g’risida axborot berayotib, o’quvchilarga mustaqil ishlash uchun vazifa berish maqsadga muvofiqdir.
Vositalar. Darsning yakuniy qismida oldinga qo’yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilar qo’llaniladi:
Tinchlantiruvchi mashqlar: yurish, sekin qadam tashlash, massaj mashqlari (bo’shashtirish, massaj). Bu mashqlar, faol dam olish vositasi sifatida, tiklanish jarayonlarining tezlashishiga yordam beradi.
Chalg’ituvchi mashqlar: diqqat uchun, tinchlantiruvchi o’yinlar, musiqali vazifalar va hokazo. Bu mashqlar shug’ullanuvchilarni oldinda turgan faoliyatga tayyorlashga ko’maklashadi.
Shug’ullanuvchilarning emotsional holatini oshirishga yordam beradigan
mashqlar: o’yinlar hamda estafetalar, raqslar, ashula aytish bilan yurish va boshqalar. Tomir urishi tezlashib ketishi to’g’risida xavotirga tushmaslik lozim.
Bu mashqlarni bajarish paytida puls nisbatan sust bo’ladi va tez o’z me’yoriga qaytadi. Mazkur mashqlarning pedagogik qiymatini baholash qiyin.
Ular jamoa birdamligini mustahkamlaydi, tetik, quvnoq kayfiyat hosil qiladi, eng asosiysi - shug’ullanuvchilarda gimnastika darslariga muntazam qatnashish istagini kuchaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |