Dars jihozlarini tayyorlash va uni o’tkazish jarayonida o’qituvchining xatti - harakatlari
Oldinda turgan darsning konspektini diqqat bilan o’qib chiqish.
Mashqlarni namoyish qilishga tayyorgarlik ko’rish.
Oldindagi darsga yozuvlarni ko’zdan kechirish va darsni o’tkazishni tashkil qilishni o’ylab ko’rish.
Oldindagi dars natijalarini tahlil qilish uni o’tkazishning odatdagi shakliga o’zgartirishlarni kiritishga sabab bo’ladi. Jumladan, ayrim mashq turlarini o’tkazish uchun ketadigan vaqt nisbatlaridagi o’zgarishlar, mashg’ulotlarni o’tkazib yuborgan va oldingi dars materialini o’zlashtirgan shug’ullanuvchilarni alohida kichik guruhga ajratish, o’quv talablarini oshirish va h.k.
Zarur anjomlar, ko’rgazmali qurollar, o’lchash asboblarini tayyorlab qo’yish.
Shug’ullanuvchilarning intizomi, ularning darsga munosabatlari, dars maromi va oxir-oqibat uning unumdorligi. Dars o’tish joyining qanchalik tayyorlanganligiga bog’liq. Snaryadlar, o’rindiqlar, inventar nafaqat o’z joyida bo’lishi kerak, balki yaxshi (maqsadli va shinam) joylashtirilishi lozim. Darsga aloqasi bo’lmaganlar zalda turmasliklari zarur.
Shug’ullanuvchilarga qo’yilgan talablar. O’qituvchi dars maqsadini aniqlash va ularni hal qilish uchun eng qulay vositalarni tanlash bilan belgilangan maqsad sari dastlabki qadamni qo’yadi, lekin bu hali hal qiluvchi qadam emas,
albatta. Eng muhimi-dars dasturida belgilangan hamma mashqlarni shug’ullanuvchilar tomonidan aniq bajarilishiga erishishdir. Aksincha o’quv jarayoni boshqarilmaydigan bir tadbirga aylanib qoladi. O’qituvchi dars davomida shug’ullanuvchilarning xatti-harakatini kuzatib borishi, mashqning muayyan sharoitda mumkin bo’lgan darajada sifatli bajarilishiga erishish uchun intilishi kerak.
O’qituvchining o’quvchilarga yuqori talabchan bo’lishi, uning obro’sini va fanga bo’lgan qiziqishini oshiradi.
O’quvchilarga bo’lgan talabchanlik kutulgan natijani berishi uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
l. Topshiriqdan chetga chiqadigan bironta ham hodisaga yo’l qo’ymaslikni talab qilish.
Shug’ullanuvchilardan harakatlarni shu darajada sifatli bajarilishini talab qilish kerakki, bu talab ularning imkoniyat darajasidan oshmasin.
Shug’ullanuvchilarning harakatlarida yo’l qo’yilgan xatolar ularning ko’nglini ranjitmaydigan qilib, bosiqlik bilan bartaraf etilishi kerak.
Darsda yuksak darajada tartib o’rnatilishi kerak. Bu barcha shug’ullanuvchilarni butun dars davomida qattiq (tik turishda) ushlash kerak degani emas, albatta. O’quvchilar bilan shunday o’zaro munosabat o’rnatish kerakki, o’qituvchi xohlagan vaqtda shug’ullanuvchilarning diqqatini jalb qila olsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |