Vazifam erur mening Menga kiritilgan Buyruqlar majmuasin Bajarishdan iborat Topingchi bilag’onlar Men qaysi qurilmaman? MIKROPROTSESSOR Vazifam erur mening Kiritilgan axborotni Ko’rsatishdan iborat. Mening turim xilma -xil Semiziyu-ozg’ini. Qani aytchi nomma-nom Men qaysi qurilmaman? 1. RANGLI MONITORLAR. 2. MONOXROMLI MONITORLAR. 3. SUYUQ KRISTALLI INDIKATORLARDAGI MONITORLAR Qurilmalar ichida Eng kattasi bo’laman Barcha ichki qurilma Mujassamlashgan menda Qani aytchi o’quvchi Men qaysi qurilmaman? TIZIMLI BLOK 3-ilova (chigil yozdi usuli) Buyruq berilsa menga Yordam beraman senga Chizilgan va yozilgan Hujjat, rasm, chizmalarni Qog’ozga chiqarib shu on Ishing qilarman tamom Turim mening uch xildir Sanab berchi birma-bir? PRINTER Meni derlar erkatoy Chap tugmamni bossangiz Bajaraman buyruqlar O’ng tugmamni bossangiz Chiqaraman menyular Agarda bossangiz dumim Ko’rinmay qolar qo’lim Mening bordir uch turim Qani topchi nommanom Men qaysi qurilmaman? SICHQONCHA Vazifam mening doim Axborotni kiritish Foydalanuvchi kishini Osonlashtirish ishini. KLAVIATURA FLESHKA Mening vazifam bir ish. Chizma va rasmlarni, Jamiki yozuvlarni Kompyuterga ko’chirish. SKANER MODEM Kerakli ma’lumotni Tashish mening xizmatim. Meni juda sevishar Topingchi mening ismim. O’zim kichkina Vazifam katta O’rnataman aloqa Jahonlararo
Iqtidorli farzandlar, Yurtimiz kelajagi. Shakllanar iqtidor, Ustozlar ko’magida. Yaratib yangi -yangi, Texnologik jihozlar. Yurtimiz rivojiga, Qo’shing katta hissangiz. “ZAKOVAT” USULI (4-ilova) Zakovat usuli asosan darsni o‘tilgan mavzuni takrorlash hamda darsni mustahkamlash qismlarida o‘tkaziladi. Bu usul o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, tezkorlik bilan javob berishga undaydi. O’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Bu usul o‘quvchilarning o‘tilgan mavzuni qay darajada o‘zlashtirganligini aniqlashda ham yordam beradi. Zamonaviy o’qituvchi kompyuterning amaliy dasturlarida ishlashni mukammal bilishi lozim. Zakovat usuli “Zakovat” intellektual o’yiniga o’xshab ketadi. Bu usul Power Point dasturida tayyorlanadi. Bu usulni umumta’lim va maxsus fanlarning barcha mavzularini o‘rganish jarayonida qo‘llash mumkin. MUJIZALAR MAYDONI USULI (5-ilova) Mujizalar maydoni usuli o‘quvchini tez idrok qilish va xozirjavoblikka chorlaydigan usuldir. Yangi mavzuni o‘tishda o‘quvchilar bilimini sinashda bu usul qiziqarliligi, tafakkur va xotirani o‘stirishi bilan ajralib turadi. Bu usulni men Power Point dasturida ishlab chiqdim. Bu usulni tuzishda men har xil animatsion (harakatlanuvchi) effektlardan foydalahganman. Bu usulda dastlab javob so’z kataklarda yashiringan holda chiqadi, keyin savol chiqadi. O’quvchini hozirjavoblikka chorlovchi so’zlar, ya’ni vaqtga qara, qani top, tezroq top kabi so’zlar har xil harakatlar va rasmlar bilan birga chiqadi. Agar o’quvchi so’zni topa olmasa, javob so’zning birinchi harfi ochiladi. So’z topilgandan keyin o’quvchi qarsak va musiqa bilan olqishlanadi.