Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”asari



Download 20,28 Kb.
bet1/2
Sana27.01.2022
Hajmi20,28 Kb.
#413348
  1   2
Bog'liq
Hujjat (3)


Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon”asari.
Navoiy turkiy til bilan qalam tebratgan.Sulton Husayn Boyqaro majlislari javohirlar koni bo'lgan.Uning buyrug’i bilan Xusrav Dehlaviyning g'azallari 4 devonga solinib yig’ilgan.Adadi 18 mingga yetgan.Bu malik ul kalom bu fanda mahoratli ko'p bahrlarda she'r lar bitgan.Ul xazratni xotiralari,Xalil Ahmad,ilm ustodi Qays,Xoja Nasr Tusiyning «Me’yor ul-ash’or»ida, balki Hazrati Maxdumiy «Aruz»larida yoʻq erdikim, “ Mezon ul-avzon”ni tuzib,buni izofa qilgan.Aruz fani nazm avzonining mezonidur, sharif fandir. Sababi, nazm ilmining rutbasi bagʻoyat buyuk rutbadur. Alloh taolo kalomining koʻp yerda aruzda bitilgan.Shu jumladan bir oyatda: «Lan tanolluvaal birra hatto tunfiquna»dur, «ramali musaddasi mahzuf» voqe’ boʻlubdur. Va yana: «Val-mursaloti ur-fan, fal-osifati asfan»kim, vazni: «maf’ulu fo’ilotun maf’ulu fo’ilotun»dur, «muzorei musammani axrab» dadir. Va yana: «Jannoti adnin fadxulluho xolidin»ki, vazni: «mustaf’ilun, mustaf’ilun, mustaf’ilon»dur va «rajazi musaddasi muzol» dadir. Aruz fani sharif fandir. Va bukim, bu ilmni nechun «aruz» dedilar, muxtalif aqvol bor. Ul jumladin, biri bila iktifo qilidur. Xalil ibni Ahmad fanning voizidir, u arab edi va aning yaqinida bir vodiy bordirki, uni «Aruz» deyishgan va ul vodiyda arab uylarini tikib, jilva berishgan. Va uyni arab «bayt» der. Chun baytlarni bu fan bila mezon qilib, bu munosabat bila «aruz» debdilar. Baytni uy oti bilan ataganlar, uyning chun binosi toʻrt rukn bilandir, bu baytning ham binosi toʻrt rukn bilandir, ani «bayt» debdilar.Aruz fani nazmi uch rukndir, ularni sabab va vatad va fosila deyiladi.Sabab ikki xildir: sababi xafif ,sababi saqiyl.Vatad ikki qismdir: vatadi majmu’,vatadi mafruq.Fosila ikki xildir: fosilai sugʻro, fosilai kubro
Turk tilidagi bahrlarga: tavil, madid, basit, vofir, komil, hajaz, rajaz, ramal, munsarih, muzori’, muqtazab, mujtass, sari’, jadid, qariyb, xafif, mushokil, mutaqorib, mutadorik.
Ammo tavil va madid va basit binosi ikki muxtalif juzvgʻadur, biri xumosiy va biri suboiy.

Tavil ikki qatla: «faulun mafoiylun (faulun mafoiylun)»dir,

Bayt:
Desam orazu zulfung ul oʻtdur, tutundur bu,
Der ondin sanga kuymak, bu birdur qaro qaygʻu.
«Fo’ilotun fo’ilun»dir,

Bayt:
Chehradin burqa’ ochib oʻtqa kuydurdung mani,


Chun kul oʻldi paykarim, koʻkka sovurdung mani.
Va basit ajzosi ikki qatla: «mustaf’ilun fo’ilun mustaf’ilun fo’ilun»dir,

Bayt:
Ishqing meni tunu kun majnunu zor aylamish,


Koʻnglumni zoru hazin, jismim nizor aylamish.

Vofir va komil binosi subonyotgʻadur: murakkab besh mutaharrik va ikki sokindin. Vofir ajzosi musaddasda olti qatla «mafoilatun»,


Bayt:
Na furqat erur sensizin oʻrtanur yurakim,
Ne boʻlgʻay agar manga guzar aylasang, mirakim.
Va komil ajzosi ham musaddasda olti qatla «mutafo’ilun»dir

Bayt:
Ne balo emish sening ul xirom ila qomating,


Gahi sur’ating, gahi noz birla iqomating.

Va ajam shuarosigʻa bu besh bihordakim, mazkur boʻldi, nazm oz voqe’ boʻlmish boʻlgʻay.Hazaji musammani solimda sekkiz qatla «mafo’iylun»dir, va rajaz ajzosi sakkiz qatla «mustaf’ilun»dir va ramal ajzosi sakkiz qatla «fo’ilotun»dir. Va bu bahrni bir doiraga qo'yilgan va ul doirani «Mu’talifa» degan.

Munsarih va muzori’ va muqtazab va mujtass va sari’ va jadid va qariyb va xafif va mushokil binosi suboiyotqadurki, solimlarin bir doirada jam’ qilmagan.Ammo munsarihi matviy va muzori’i matviy va makfuf va muqtazabi matviy va mujtassi makfuf va maxbunniki, musammanul-ajzodurlar, bir doiragʻa qo‘yib, ul doirani «Muxtalifa» degan.
Va sari’i matviy va jadidi maxbun va maqbuz va qariybi makfuf va matviy va xafifi difis maxbun va maqbuz va mushokili makfufu maqsurki musaddasul-ajzodurlar, bir doiragʻa qo‘yib, bu doirani «Mun-tazia» deb yozgan.
Va mutaqorib va mutadorik ajzosi xulosiyotqadurki, murakkab uch cho'ziq va ikki qisqadir. Mutaqorib bahri sekkiz qatla «fa’oʻlun» va mutadorik bahri sekkiz qatla «fa’ilun» va bu ikki bahrni bir doirada qoʻyub, otin «Muttafiqa» deb yozgan.
Agar munsarih va muzori’ va muqtazab va mujtass h zihofot yoʻl berib, musamman qilib, bir doira qoʻygan va sari’ va jadid va qariyb va xafif va mushokil bahriga yana zihofot qilib, yana bir doiraga qo’ygan. Ammo bularning soliminikiga hech qanday zihof kirmagan doiraga tartib bilan zabt qilinmagan.
Bu mazkur boʻlgʻan toʻqquz asl bahrning soliminiki, zihofotdan salomat bo'lgan.bir doirai azimada jam’ qilib, har birining oʻrnigʻa alohida misol kelturub, toʻqquztasini yana bir misra’din ham istixroj qilib, ul «Doirai mujtamia» deyildi va bu doira rasmi zamon zurafosidin ba’zining xayoliga kelib erdi, ammo faqir anga tartib berdim va ul bu nav’ surat biladur, hokazo:

Komil bahri bilan vofir bahrida nazm kam yozilgan, agar solim va matbu’ bahrlardir, ammo doirasiga oz yozilgan, bu ikki bahrga ʻikki doiraha qo'yilgan va uni «Doirai muxtalita» deyildi.


Ammo tavil va madid va basit bahri arab shoirlariningning maxsusidur, ular aruzl ul doiradin oriy boʻlmaydi va uni «Doirai mushtabiqa» deyishadi.
She’r taqti’i iborat andindurkim, bayt alfozini bir-biridin ayiradilar, bu baytning har miqdori teng tushgay u baytning birida, ul bayt bahrda voqi’dur va tariqi shunday, mulohaza harakatning nafsigʻa voqi’ boʻlgay, fatha va zamma va kasra va malfuz e’tibor qilgay, maktub va har harfki so’zidaa kelgay, agarchi kitobatda bo'lmasa, taqti’da hisobga kiradi, mushaddad huruf va «alif»dekki, «hamza» ishbo’idin hosil boʻladi
Misra’:Ketti ulkim, sendin orom istagayman, ey koʻngul.
Taqti’i: Ketti ulkim – foilotun – sendin orom – foilotun – istagaymen, foilotun – ey koʻngul – foilun – kim mulohaza qililsa bu misra’da oʻn toʻrt harfi taqti’ qilurda xorij boʻlur. Va ul «yo»larkim, xastaye va bastaye va yoraye va ovoraye va yonaye lafzidek tankir va sifat holida zohir bo'lgan.Bayt:
Xastayekim, bastai ul zulf erur,
Uyla yoʻq devonai farzonaye.


Download 20,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish