"Rejim tablitsi" punktini tanlab, Polya1,Polya2 ... formal nomli maydonga ega ish oynasini ochish mumkin.Bunda hamma maydonlarga tekstli tipdagi axborot kiritiladi.
"Konstruktor" rejimini tanlab , dialog oynasida maydonning nomi, kiritiladigan ma’lumotlarni tipi va xususiyati o‘rnatiladi. Bu dialog oynasi quyida ko‘rsatilgan(3.2.rasm).
3.2.rasm.Jadvalning strukrurasini yaratish oynasi
Ma’lumotlar bazasida jadval mustaqil hujjat hisoblanmaydi. Bazani o‘zi esa hujjatdir. Unga diskda biror fayl mos keladi.Jadvalni strukturasi ham hujjat hisoblanadi. Ba’zi axborot sistemalarida jadvalni strukturasi alohida fayl sifatida; saqlanadi. Joriy vaqtda jadvalga kiritilayotgan ma’lumotlar avtomatik ravishda saqlanadi. Ma’lumotni biror maydonga kiritishni tugatib, ikkinchi maydonga o‘tsak, shu zahoti barcha o‘zgarishlar qattiq, diskga yoziladi. Jadval yaratish uchun mo‘ljallangan ishchi oynani o‘ng quyi qismida, yozuvlar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi maydon bor. O‘tish knopkasini bosib, butun jadvalni ko‘rib chiqish mumkin (3.3.rasm).
3.3.rasm.Yozuvlar ro‘yxatini ko‘rsatuvchi maydon.
Ishchi oynani chap tomonida, har bir yozuv uchun yozuv markeri knopkasi bor. Bu knopkani bossak, yozuvlarni hammasi markerlanadi,demak bu yozuvlardan nusxa olish, joyini o‘zgartirish, o‘chirish mumkin. Maydonlardagi biror yozuvni tanlab,o‘ng knopkani bossak, kontekst menyu chiqadi, uni yordamida shu yozuv ustida kerakli operatsiyani o‘tkazish mumkin. Chap yuqori burchakda joylashgan knopka jadval markeridir.
Jadval markerining ustiga sichqoncha kursorini qo‘yib, chap tugmani bossak, butun jadval markerlanadi, o‘ng tugmani bossak kontekst menyu chiqadi. Bu menyudan foydalanib, butun jadval ustida kerakli operatsiya o‘tkazish mumkin.
Ma’lumotlar bazasining maydoni jadvalning ustuni ko‘rinishida ifodalanadi. Har bir ustunning sarlavhasi - bu maydonning nomi yoki imzoni xususiyatida ko‘rsatilgan qiymat bo‘ladi.
Maydonning kengligini o‘zgartirish mumkin. Buning uchun sichqonchani ko‘rsatkichini maydonlar orasidagi chegara chizig‘iga qo‘ysak, u ko‘rinishini o‘zgartiradi, ana shunda chap tugmani bosgan holda chegara chizig‘i kerakli tomonga suriladi.
Ustunning markeriga sichqoncha kursorini qo‘yib, chap tugmani bossak, butui ustun markerlanadi, o‘ng tugmani bossak, kontekst menyu chiqadi.Bu menyudan foydalanib, qo‘shimcha ustun qo‘yish, ustunni berkitish, maydondagi yozuvlarni tartiblash mumkin.
Berkitilgan ustun bazadan butunlay yo‘qolmaydi.Uni yana chiqarish uchun, ustunlar chegarasiga sichqoncha kursorini qo‘yib, chap tugmani ikki marta bosish kerak. Berkitilgan ustun yana ko‘rinadigan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |