Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 713-guruh Mirsamatov Samandarning “Boshqaruv Tamoyillari” fanidan bajargan ishi
Mavzu:Biror bir samarali boshqaruv kompaniyasini tanlab oling va ushbu korxona strukturani tahlil qiling!
Chiziqli-shtabli struktura Chiziqli shtabli struktura tuzilmasi uchun boshqaruv va ob’ekt funktsiyalari bo’yicha boshqaruv yacheykalari yaratish tavsiflidir. Bu yacheykalar bajarilishi shart bo’lgan qarorlarni boshqaruvning quyi pog’onasiga yoki bevosita ishlab chiqarish bo’g’inlariga etkazib beradi. Demak, boshqaruv funktsiyalar bo’yicha taqsimlanadi va funktsional bo’g’inlar tomonidan amalga oshiriladi, ular tomonidan tayyorlanuvchi boshqaruv qarorlari esa bajaruvchilarga kesishuvchan aloqa kanallari bo’yicha etkaziladi. Boshqaruvning funktsional tuzilmasiga misol qilib bosh mutaxassislarning, ya’ni bosh iqtisodchi, bosh mexanik, bosh texnolog, bosh metallurg, bosh konstruktor xizmatlari(bo’limlari, guruhlari), shuningdek, korxona bosh buxgalteriyasini ko’rsatish mumkin. Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari mavjud: Chiziqli struktura; Chiziqli-shtabli struktura; Funktsional struktura; Chiziqli-funktsional struktura; Dasturli-maqsadli struktura; Har bir strukturada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo’syunish turlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Agar rahbarlik to’laqonli bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo’lsa, bunday aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi. Agar rahbarlik cheklangan bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir o’zining masalalariga daxldor bo’lsa, bunday aloqa funktsional vazifaviy rasmiy aloqa deb ataladi. Organlar o’rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo’lib, ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir. Boshqaruv strukturasida asosiy o’rinni hokimiyatga tayanadigan rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar muhimdir. Ba'zan ular tashkilotning ishini yo’lga qo’yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Norasmiy aloqalar turli xilda bo’lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport bilan shug’ullanish yoki do’stona munosabatlar, birga o’qiganlik va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |