Chiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi, ya'ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Bu struktura quyidagi ko’rinishga ega: Maslahatchilar, referentlar, yuridik xizmat bo’limi va boshqaruvchi.Marketing tadqiqoti bo’yicha marketologlar guruhi, mehnatni muhofaza qilish xizmati, audit guruhi va boshqaruv. Boshqaruvning funktsional tuzilmasi amalda chiziqli tuzilma bilan kesishib o’tadi. Bunday sintez chiziqli yoki funktsional tuzilmaga qaraganda boshqaruvning chiziqli-funktsional tuzilmasini samaraliroq bo’lishi va keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Bu holda boshqaruv ham chiziqli, ham funktsional rahbarlar tomonidan amalga oshiriladi. Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o’rganish orqali rahbarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo’lishiga asosiy sabab - bu tashkilotlardagi funktsiyalarning murakkablashuvidir. Bu erda mehnat taqsimoti ikki turdagi maqsad va vazifalar bilan belgilanadi. Chiziqli rahbarlar korxonaning bosh maqsadiga erishish yo’lidagi birlamchi vazifalarning bajarilishiga javobgar bo’lsalar, shtabdagilar esa birlamchi vazifalarga tobe bo’lgan ikkilamchi vazifalarning bajarilishiga javobgardirlar. Ular maslahat berish funktsiyasini bajaradilar. Chiziqli rahbarlarning asosiy vazifasi taklif etilgan ijobiy va salbiy maslahatlar ichidan maqsadga muvofig’ini aniqlash va uni uzil-kesil qabul qilishdan iborat. Bu strukturaning afzalligi shundan iboratki, chiziqli rahbarlar o’z diqqatlarini ilmiy-tadqiqot ishlarga emas, balki asosan, korxonaning joriy faoliyatiga qaratadilar. Kamchiligi esa boshqaruv tizimida ortiqcha bo’g’inlarning paydo bo’lishi, boshqarish tezkorligining susayishi, boshqarish harajatlarining o’sishidadir. Shtablarning tashkil qilinishi va bunday yordamchilarga ega bo’lgani uchun korxona faoliyatini bir tomondan yengillashadi, boshqa tomondan esa berilgan maslahatlar qarama-qarshi bo’lganligi sababli muakkablashadi. Shunday hollarda har ikkala tomon o’zinikini ma’qullashga, o’z obro’larine saqlashga harakat qiladi. Natijada o’rtada nizo kelib chiqadi Boshqaruvning matritsali tuzilmalari turli xil bo’lib, ularning barchasi bitta tamoyilda - ishlab chiqarishni vertikal va gorizontal boshqarishda boshqaruv funktsiyalarini tashkiliy tuzilmalar o’rtasida qayta taqsimlash asosida yaratilgan. Bu tuzilmalar ilmiy tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, texnologik byurolar, shuningdek, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik izlanishlari olib boriluvchi yirik korxonalarda keng qo’llaniladi. Boshqaruvning matritsali tuzilmalari rahbarlardan juda yuqori boshqaruv vakolatini talab qiladi. Bunday tuzilmadan foydalanganda yuzaga keluvchi muammo va vazifalarni echish uchun vaqtinchalik ijodiy guruhlarni tuzish mumkin. To’g’ri, buning uchun jamoa oldida yuzaga keluvchi loyiha topshiriqlarni bajarish uchun qo’shimcha xarajatlar talab qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |