Boshqaruvning istalgan tashkiliy tuzilmasini loyihalashtirishda hamda amaliyotda qo’llashda tezkorlik, optimallik, ishonchlilik va tejamkorlik kabi asosiy talablarga javob bera olishiga e’tibor qaratilish lozim. Bu talablar qanchalik to’liq va yaxshi bajarilsa, korxonani boshqarish tizimining sifat ko’rsatkichlari shunchalik yuqori bo’ladi. Boshqaruvning ushbu funktsional tuzilmasi afzalliklari quyidagilar: boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirish darajasining yuqoriligi; boshqaruv faoliyatining deyarli barcha sohalarini vakolat doirasida qamrab olish; ishlab chiqarish diversifikatsiyasining turli talab va shart-sharoitlariga moslashish imkoniyatlari; boshqaruv xizmatlari yoki bo’limlariga xodimlar tanlashning nisbatan osonligi. Uning kamchiliklari qatoriga esa quyidagilarni kiritish mumkin: yakkahokimlik tamoyilining buzilishi;. kelishilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish va bajarish hamda ularning kompleksligini ta’minlash qiyinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |