Jadvallar orasida bog’lanish o‘rnatish
Ma’lumotlar bazasini boshqaruv tizimini qulayligi alohida jadvallar emas, balki o‘zaro bog’liq, jadvallar gruppasi ustida ishlaganda ko‘rinadi. Jadvallar o‘rtasida bog’lanish yaratish uchun "Sxema dannix" deyiluvchi dialog oynasidan foydalaniladi:
Bu oynani ochish uchun Servis > ”Sxema dannix” buyrug’i beriladi.
Agar jadvallar o‘rtasida hech qanday bog’lanish o‘rnatilmagan bo‘lsa, "Sxema dannix" dialog oynasi bilan birga " Dobavlenie tablitsi" dialog oynasi ham ochiladi, bunda kerakli jadvallar tanlanadi.
Agar jadvallar aro bog‘lanish o‘rnatilgan bo‘lsa, unga yangi jadval qo‘shish uchun "Sxema dannix" knopkasini ustiga sichqrncha kursorini qo‘yib, o‘ng tugmani bosib, kontekst menyudan " Dobavit tablitsu" punkti tanlanadi.
Bog‘lanishi kerak bo‘lgan hamma jadvallarni tanlab bo‘lgach,jadvallarni maydonlari. o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatish mumkin
Maydonlar o‘rtasida bog’lanish o‘rnatish uchun maydonning nomi sichqonchaning ko‘rsatkichi bilan tanlanadi va chap tugmani bosgan holda, ikkinchi jadvaldagi shuday nomlangan maydonni ustiga keltirib qo‘yiladi.
Keltirib qo‘ygach keyingi dialog oynasi ochiladi, unda maydonlar o‘rtasidagi bog‘lanishni xususiyati o‘rnatiladi.
"Obespechenie usloviya selostnosti"- yaxlitlik shartini ta’minlanishi o‘rnatilsa bog‘liq, jadvallardagi yozuvlar tasodifan o‘chib ketishdan saqlanadi. Yaxlitlik sharti mavjud bo‘lishi uchun, ko‘rsatilayotgan ikkala jadvalning maydoni albatta kalitli bo‘lishi kerak va ikkala maydon bir xil tipli bo‘lishi kerak.Quyidagi sxemada “Predmetlar” va “Baholar” nomli jadvallar, “Predmetni kodi” deb nomlanuvchi kalitli maydonlar orqali bog’langan.
Bog’liq, maydonlarni kaskadli yangilanishi va bog’liq, yozuvlarni kaskadli o‘chirilishi o‘rnatilsa, asosiy jadvaldagi biror yozuv o‘zgarishi bilan bog’liq jadvalda ham shunday o‘zgarish yuz beradi.
«Microsoft ACCESS» da ma’lumotlar omborini yaratish.
Biror ma’lumotlar omborini loyixalash va yaratish uchun Microsoft Access dasturini ishga tushirish kerak. Buning uchun WINDOWS oynasining masalalar panelidagi «Pusk» tugmasi ustiga sichkoncha kursatkichini olib borib chap tugmasini bosamiz va «Programmo’» bulimiga utib, Microsoft Access kismini tanlab olamiz.
Dastur ishga tushgandan keyin kuyidagi oyna xosil buladi:
MO ning dastlabki oynasida yukorida sanab utilgan 6 ta asosiy ob’ektlarning ilovalaridan tashkari, yana 3 ta buyruk tugmalari mavjud. Bular «Otkro’t» (ochish), «Konstruktor» (Tuzuvchi), «Sozdat» (Yaratish) tugmachalaridir.
«Otkro’t» (Ochish) tugmachasi tanlangan ob’ektni ochadi. «Konstruktor» (Tuzuvchi) xam tanlangan ob’ektni ochadi, lekin u ob’ektning tuzilmasigina ochib, uning mazmunini emas, balki tuzulishini tugrilash imkonini beradi. Agar ob’ekt jadval bulsa, unga yangi maydonlar kiritish yoki mavjud maydonlarning xossalarini uzgartirish mumkin. «Sozdat» (Yaratish) tugmachasi yangi ob’ektlarni: jadvallar, surovlar, shakllar va xisobotlarni yaratish uchun ishlatiladi.
Biror MO ni yaratishdan oldin albatta uning loyixasini ishlab chikish lozim. Buning uchun MO ning yaxshi tuzilmasi talablarga mos keladigan, samarali MO ni yaratish uchun asos buladi.
Microsoft Access MO ni yaratishning ikki usuli mavjud. Ulardan biri bush bazani yaratib, sungra unga jadvallar, shakllar, xisobotlar va boshka ob’ektlarni kiritishdan iborat. Bu usul ancha engil va kulay bulgani bilan MO ning xar bir elementini aloxida aniklashga tugri keladi. Shuning uchun ikkinchi usuldan kuprok foydalanishadi. Unda «Master» (Usta) yordamida barcha kerakli jadvallar, shakllar va xisobotlarga ega bulgan ma’lum turdagi MO birdaniga yaratiladi, sungra tegishli uzgartirishlarni bajarish mumkin. Bu boshlangich MO ni yaratishning eng sodda usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |