2.8.Mafkuraviy immunitetga ehtiyoj: tarix va bugun. Osiyo mamlakatlari misolida.
Mafkuraviy immunitet shaxs tomonidan Vatan, millat uchun ko’ngilli, g’oyaviy asoslanib amalga oshiriladigan kundalik ishlarda namoyon bo’ladi. Bu faollik milliy birlik, ma’naviy yuksalishga xalaqit berayotgan sifatlar, yot qarashlar, milliy xavfsizligimizga ichki va tashqi tahdidlarga ochiq va mardona qarshi turishni ham o’z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, - Elim, yurtim deb yashashning har bir kishida, jamoada, jamiyatda namoyon bo’lishini anglatadi. Bu esa milliy g’oyani amaliy kuchga aylantirish va buzg’unchi mafkuraviy ta’sirlardan aholini, yoshlarimizni himoya qilishning shartlaridan biridir. Zero “Fikr va so’z amaliyotga yo’naltirilganda ularning har ikkisi ham moddiyatga - narsaga aylanadi”
Yot mafkuralar targ’ibotining “mehribonligi”, “xolisligi” va “betarafligi”, “yoqimliligi”, “do’stonaligi”ning ortida nima yotganini doimo bilishlari lozim. Ya’ni ularning zamirida O’zbekistonning rivojlanib ketishiga qarab muntazam taktikasini o’zgartirib turuvchi jonsarak aqidaparastlik targ’iboti natijasi va amaliyoti yotganini, ularning an’anaviy fundamentalistik nazariya va g’oyalarni zamonaviy usullarda “jonlantirayotganini” tushunish zarur.SHu bilan birga ayrim yoshlar har xil yot g’oyalarni xolis axborot manbai sifatida qabul qilayotganliklarini ham ta’kidlash kerak. Yot mafkuralarni ko’r-ko’rona qabul qilish zararli.Jahonning demokratik mamlakatlari tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, turli namunalari to’plangan. YOsh avlodni, butun jamiyatni o’z davlati, mamlakatining mafkurasi ruhida tarbiyalash – sotsiologik, pedagogik, psixologik muammo sifatida faol o’rganilib, tezkor zamonaviylashtirilib kelinmoqda. O’tgan asrning 60-70 yillari g’arbiy Evropa va AQSHda mafkurasizlashuvga, ya’ni ijtimoiy hayotni mafkuradan xoli etishga urindilar. Lekin bu yo’l o’zini oqlamadi. CHunki tarbiyadagi mafkuraviy bo’shliq o’z asoratlarini ko’rsata boshladi. Bu haqda nufuzli nemis nashrlarida: “Hozirgi yoshlarimiz o’rtasida loqaydlik, ruhsizlik, befarqlik, anglanmagan norozilik, beqarorlik kayfiyatlari tarzida namoyon bo’layotgan “yoshlar madaniyati” deb ataluvchi xatti-harakatlar kuchaymoqda. Bu – yoshlarning o’z ajdodlari ijtimoiy va madaniy qadriyatlaridan begonalashayotganliklarining belgilaridir”, - degan tashvishli fikrlar bildirila boshlandi. Natijada “mafkuraviy yangilanish”, “qayta mafkuraviylashuv”ga kuchli zarurat tug’ildi va mafkurasizlik xatosini tuzatishga kirishildi. SHu tariqa, g’arbiy Evropa va AQSHning pozitivistik pedagogikasi ijtimoiy qadriyatlarga e’tiborni, mafkuraviy tarbiyani o’z ichiga oluvchi “maktabda o’quvchilarni siyosiy indoktrinatsiyalashni amalga oshirish” kontseptsiyasini ishlab chiqib, amalga oshira boshladi.AQSHda mafkuraviy tarbiya, ya’ni “siyosiy ijtimoiylashuv” kontseptsiyasining maqsadi yoshlarni amerikalashtirishdir. Bu – ularga o’z Vatani – AQSH siyosiy sistemasi va ma’naviyatini mukammal singdirish, e’tiqodiga aylantirishning ilmiy-pedagogik sistemasidir. Mafkuraviy tarbiyani amalga oshirish uchun adaptatsiya kurslari, turli o’yinlar orqali o’quvchilar amerika jamiyatining bo’lajak “namunaviy fuqarolari” sifatidagi axloqiy, mafkuraviy vazifalarini, burchlarini ado etishga amaliy tayyorlanadilar.Amerika maktablarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish - o’z milliy manfaatlarini himoya qiluvchi vosita sifatida qaraladi. Buni tushunsa bo’ladi, zero, bugungi yosh avlodning g’oyaviy, mafkuraviy birligi - ertaga Amerika xalqining g’oyaviy, mafkuraviy birligini anglatadi-da! SHu sababli AQSHning “Millat” (“The Nation”) jurnali “Agar ijtimoiy fan o’qituvchisi maktab sinfidan o’zining liberal qarashlarini bildiradigan joy sifatida foydalana boshlar ekan, u tez orada ishsizga aylanadi”, - deya ogohlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |