Mu=(Is100)/( Is-Is) Bu yerda:
Is – Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarini joriy etishda ishchilar soni bo‘yicha erishilgan iqtisod, kishi;
Is – umumiy ishchilar soni, kishi.
Agar mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlari kompleks tarzda joriy qilinganda barcha tadbirlar natijasida erishilgan ishchilar soni bo‘yicha iqtisod asosida umumiy tarzda mehnat unumdorligining o‘sishi aniqlanadi:
Mu.unum=(Is100)/(Is-Is) Ishchilar soni bo‘yicha umumiy iqtisodni hamda korxonada umumiy mahsulot hajmining o‘sish suratini bilgan holda (rejalashtirilayotgan ish uchun) tadbirlarni qo‘llash natijasida mahsulot xajmining o‘sishini ham hisoblash mumkin:
(foizda)
Q=Mu.unum/Qumum100 Bu yerda:
Q – mahsulot hajmining o‘sishi;
Qumum – rejalashtirilayotgan ish uchun yangi mahsulot hajmining umumiy o‘sish surati, %.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash ko‘rsatkichlarini uslubiyatini faqatgina rejalashtirishda emas, balki korxona faoliyatini tahlil qilishda ham qo‘llash mumkin. Bunda faqatgina reja ko‘rsatkichlarini, hisobot ko‘rsatkichlari bilan almashtirish kifoya qilinadi. Hosil bo‘lgan hisoblarni quyidagi shakllarga qiritish kerak bo‘ladi.
13.3. Me’yorlarni bajarilishini hisobga olish.
Normativ tekshirish korxonani istiqbolli rivojlanishiga bog‘liq ko‘pgina savollarning yechimini o‘z ichiga oladi. Ular tarkibiga quyidagi savollarni kiritish mumkin:
1. Resurslarni normalash qobig‘ini kengaytirish. Hozirgi vaqtda asosan asosiy ishbay ishchi mehnati normalashtirilmoqda.Bu toifa ishchilarni mehnat me’yorini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qo‘llash, har bir ishchining «har birining qobiliyatiga qarab ,har birini mehnatiga qarab » prinsipi asosida ishlab chiqarishga qo‘shgan mehnatini ob’yektiv bahosiga bog‘liq holda olib boriladi;
2. Resurslar me’yorlarni ishlab chiqarishni tashkiliy texnik darajasini o‘zaro birligini ta’minlash. Ishlab chiqarishni mukammallashtirish va uni yuqori ishlab chiqaruvchi texnika bilan ta’minlashni aktiv jarayoni , mehnat operatsiyalarini harakteri va tarkibiga hamda ularni bajarishga ketadigan vaqtni tekshirishga yaratilgan ishlab chiqarish sharoiti ta’sirini doimo o‘rganib borishga majbur etadi. Bu ishni bajarish mehnat sig‘imini kamaytirish zahiralarini topishga, ratsional texnologik jarayonlarni loyihalashga mukammal texnikani, texnologiyani, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni e’tiborga olgan holda asoslangan mehnat me’yorlarini ishlab chiqishga imkon yaratadi;
3. Ilg‘or mehnat shakllarini, ilg‘or ishchilar ishining eng yaxshi usul va uslublarini o‘rganish va aloqada bo‘lish. Ilg‘or tajribani keng qo‘llas h ishchilarni ratsional mehnat usullarni qo‘lga kiritishga sharoit yaratib berish, ko‘pchilik ishchilarni ishlab chiqarish imkoniyatini oshirishga va shu bilan birga yanada asoslangan mehnat me’yorlarini ishlab chiqarishga qo‘llash imkoniyatini yaratadi;
4. Eskirgan va texnik asoslanmagan tajriba-statistik me’yorlarni almashishiga kerakli sharoit yaratuvchi tashkiliy texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqish;
5. Mehnat unumdorligi va ish haqini o‘sish tempini o‘rganish mehnat unumdorligini ilg‘orlashuvini ta’minlovchi ko‘rsatmalarini ishlab chiqish.
Operativ me’yorlashtirish korxonada quyidagi ishlarni o‘tkazilishini ta’minlaydi
1. Texnik normalash ishlarni tariflashtirish savollari bo‘yicha sex ishlari tizimini instruktaji;
2. Ishlab chiqarishda amal qiluvchi normalar darajalarini o‘rganish hamda uning bajarilishini doimo nazoratini tashkil qilish;
3.Sexlar va uchastkalardagi haqiqiy vaqt safini aniqlash. Normani bajarmayotgan ishchilarni aniqlash, o‘rnatilgan mehnat me’yorlari ni bajarilmaslik sabablarini tahlil qilish;
4. Ish vaqtidan yo‘qotishlarni aniqlash hamda ularning sabablarini topish;
5. Me’yorlarni ko‘rib chiqish rejasini tuzish, me’yorni ko‘rib chiqish ishini tayyorlash va olib borish;
6. Sex, uchastka, brigadalarda joriy calendar davri uchun mehnat sig‘imini kamaytirish va mehnat unumdorligini oshirish vazifalarini ishlab chiqish;
7. Vaqt me’yori, ishlab chiqarish me’yori va rassenkani o‘rnatish;
8. Ish joylarini ratsional tashkil etish va unga xizmat qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Me’yorlash ishlarini umumiy xolati uchun korxona boshlig‘i, sex va ishlab chiqarish bo‘limlarida bo‘lim hamda sex boshliqlari javobgardir.
Korxonada resursni texnik normalash darajasi hamma normalash ishlarini qanchalik operativ va ratsional tashkil etilganligi bilan ishchilarning aktiv ishtirok etishi bilan aniqlan mumkin.
Korxonadagi texnik normalashni to‘g‘ri tashkil etishda ishlab chiqarish me’yorini bajarilishini va egallashni doimiy tekshirish katta o‘rin egallaydi. Ishlab chiqarish me’yorini bajarilishini doimiy nazorat qilish va hisobga olish quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
1. Eskirgan, pasayib ketgan va xato me’yorlarni vaqtida bilishga;
2. Ishlab chiqarish me’yorini bajarmagan ishchilarni topishga va normani nima sababdan bajarmaganlik sabablarini yuzaga chiqarishga;
3. Mehnat unumdorligini o‘sish zaxiralarini aniqlashga;
4. Reja vazifasi bilan kelishilgan holda ish haqi va mehnat unumdorligining o‘zaro mutanosibligini o‘rganishga.
Shuning uchun yuqoridagi barcha aytilganlarni amalga oshirish uchun avvalo ish vaqti sarflari aniqlanib tahlil qilinishi maqsadga muvofiqdir.
Ish vaqtini o‘rganish esa mehnat me’yorlarini to‘g‘ri ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.