91-rasm. Jism og‘irlik kuchining tayanchga ta’siri
Yuqoridagi tajribalarda jism muvozanat holatga kelganda jismning P og‘ir- ligi Fog‘ og‘irlik kuchiga teng bo‘ladi. Tinch holatda turgan jismning og‘irligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
P = mg.
Og‘irlik tushunchasini og‘irlik kuchi tushunchasi bi- lan chalkashtirib yubormaslik kerak. Ularning bir-biridan farq qiladigan ikki jihatini bilib olish lozim. Birinchidan, og‘irlik kuchi – bu jismning Yerga tortilish kuchi, og‘irlik esa jismning tayanchga (92-rasm) yoki osmaga (90-rasm) ko‘rsatayotgan ta’sir kuchi. Ikkinchidan, og‘irlik kuchi jismning vertikal yo‘nalishdagi tezlanishiga bog‘liq emas, ya’ni ma’lum bir joy uchun o‘zgarmasdir. Og‘irlik esa jism faqat tinch holatda turganda yoki vertikal tekis harakatda- gina o‘zgarmasdir.
rasm. Jism- ning tayanchga ta’sir kuchi
Jism vertikal yo‘nalishda o‘zgaruvchan harakat qilganda og‘irlik o‘zgaradi. Masalan, 1-tajribadagi prujinaga osiladigan jismning massasi 100 g, ya’ni 0,1 kg bo‘lsin. U holda jismning og‘irlik kuchi Fog‘ = 0,1 ⋅ 9,8 N = 0,98 N ≈
≈ 1 N. Bu kuch jism prujinaga osilganda ham, prujina cho‘zilayotganda ham, tinch holatga kelganda ham o‘zgarmaydi. Lekin og‘irlik 0 qiymatdan
1 N ga qadar ortib boradi. Jism prujinaga osilgan vaqtning o‘zida jismning prujina osilgan osmaga ta’siri bo‘lmaydi, ya’ni jismning og‘irligi 0 ga teng bo‘ladi. Qisqa vaqt ichida prujina cho‘zila boradi va jismning osmaga ta’siri orta boradi, ya’ni jismning og‘irligi 0 dan 1 N ga qadar o‘zgaradi. Prujina cho‘zilib bo‘lgach, ya’ni jism muvozanat holatga kelganida, uning og‘irligi 1 N ga teng bo‘ladi.
2-tajribada ham shunday holat yuz beradi.
Turmushda massa o‘rniga ko‘proq og‘irlik tushunchasi qo‘llaniladi. Masalan, bozorda tarozi yordamida mahsulotning massasi o‘lchansa-da, mahsulotning og‘irligi o‘lchandi, deyiladi. Bu bilan xatolikka yo‘l qo‘yiladi, deb bo‘lmaydi. Chunki tarozida mahsulot tinch holatda, ya’ni muvozanat holatida tortiladi. Bu holatda og‘irlik N da emas, balki kg yoki g da hi- soblanadi, xolos.
Masala yechish namunasi
Dinamometrga yuk osilganda, biroz vaqtdan so‘ng u muvozanatga keldi. Shunda dinamometr 10 N ni ko‘rsatdi. 1. Dinamometrga osilgan yukning massasi qancha? 2. Muvozanat holatda dinamometr prujinasining elastiklik kuchi qancha bo‘ladi? 3. Yukning og‘irligi-chi? 4. Dinamometr yordamida yukning massasini o‘lchash mumkinmi?
Berilgan: Formulasi: Yechilishi:
Fog‘ = 10 N;
g = 9,8 m/s2.
Fog‘
= mg;
m = Fog‘ .
m = 10
9,8
≈ 1 kg.
g
Topish kerak:
m = ? Fel - ? Fog‘ = ?
Javob: 1) m ≈ 1 kg; 2) Fel = Fog‘ = 10 N;
P = Fel = 10 N; 4) Yer sirtida tur-
gan dinamometr yordamida massani ham o‘lchash mumkin. Buning uchun dinamometr shkalasi kilogramm va grammlarda darajalangan bo‘lib, o‘lchash jarayonida dinamometr prujinasi muvozanat holatida bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |