Tayanch tushunchalar: impuls, kuch impulsi, jism impulsi.
Kuch impulsi va jism impulsiga misollar keltiring.
Jismga kuch ta’sir qilgani uchun jism impulsga ega deb aytish mumkinmi?
Tayanchga osilgan jismga bog‘langan iр pastga qarab dastlab 2 s davomida 10 N kuch bilan tortib turildi. So‘ngra esa shunday kuch bilan 0,1 s ichida siltab tortildi. Har ikkala hol uchun jismga ta’sir etgan kuch impulsini toping.
Massasi 2 kg bo‘lgan jism 5 m/s tezlikda devorga urildi va tezligini tamoman yo‘qotdi. Jismning ta’sir kuchi impulsini toping.
Massasi 100 g bo‘lgan sharcha gorizontal sirtda 0,5 m/s tezlik bilan ikkinchi sharchaga urildi va 0,2 m/s tezlikda o‘z harakatini avvalgi yo‘nalishda davom ettirdi. Urilish paytida sharchaning impulsi qanchaga o‘zgargan?
Do'stlaringiz bilan baham: |