III bob.
TEKIS AYLANMA HARAKAT
Biz shu vaqtgacha trayektoriyasi to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lgan harakatni o‘rgandik. Jismning trayektoriyasi to‘g‘ri chiziq bo‘lmagan har qanday harakati egri chiziqli harakatdir. Egri chiziqli harakatlarning eng sodda ko‘rinishi esa aylanma harakat bo‘ladi.
Aylanma harakat haqida tushunchalarga ega bo‘lishimiz eng mayda zarracha – elektronlardan tortib sayyoralarning o‘z orbitalari bo‘yicha aylanma harakatlarini tahlil qilishda, turmushimizda foydalanadigan ko‘plab asboblarning aylanma harakat qiladigan qismlarini o‘rganishda yordam beradi. Ushbu bobda jismning tekis aylanma harakati bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |