Kartoshkani oziqaviy qiymati va kimyoviy tarkibi. Kartoshka inson uchun muhim oziq-ovqatlardan bo‘lib chorvani ham oziqlantiriladi. Jahonda inson oziq-lanib quvvat oladigan bo‘g’doy, makkajo‘xori, guruch va arpadan so‘ng kartoshka beshinchi o‘rinda turadigan quvvat manbasidir. SHu sababli uni xalqda ardoqlab “ikkinchi non” deb ataydilar. Kartoshka ishlab chiqarish sanoatining qator tarmoqlari uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. 100 g. kartoshka 301,5 kDj yoki 72 kkal quvvat berish manbasidir.
Kartoshka ko‘pchilik mamlakatlarda maydon birligidan eng ko‘p quruq modda, quvvat (energiya) va oqsil olishni tahminlaydigan o‘simlik hisoblanadi. Masalan, Niderlandiyada gektardan eng ko‘p quvvat birligi ishlab chiqarish qand lavlagiga to‘g’ri kelsa, kartoshkadan esa unga nisbatan biroz kamroqdir. Ammo ular bug’doy va sabzavot no‘xatga nisbatan arzonroqdir.
Kartoshka gektar birligidan oqsil berishi jihatidan don dukkaklilardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Kartoshka hosildorligi gektardan 13,6 t bo‘lsa, undan olinadigan oqsil 273 kg ni tashkil etadi.
Kartoshka etishtirishni ko‘paytirish aholini oziq-ovqat va shu jumladan oqsil bilan tahminlashda salmoqli hissa qo‘shish mumkin.
Turli mamlakatlarning sog’liqni saqlash tashkilotlari kartoshka istehmol qilish mehyorini turlicha tavsiya etadilar.
Issiqsevar sabzavotlar va mevali o‘simliklar kam yetishtiriladigan, ammo kartoshka yaxshi o‘sadigan mo‘tadil iqlimi mamlakatlarda kartoshkadan yiliga 120-150 kg istehmol qilish tavsiya etiladi. Meva-sabzavotlarning ko‘p turlari yetishtiriladigan janubiy mintaqalarda (regionlarda) kartoshka istehmol qilish mehyori nisbatan kam tavsiya etiladi. O‘zbekistonda sog’liqni saqlash mutasaddi tashkilotlari aholi son boshiga yil mobaynida 45 kgdan kartoshka istehmol qilishni tavsiya etadi.
Kartoshka tuganagi tarkibida kraxmal, oqsil, oqsilsiz azotli birikmalar, eruvchan uglevodlar, mineral moddalar va lipoidlar (yog’simon moddalar) kabi oziqabop moddalar majmuasining mavjudligi uni yuqori oziqali qiymatga ega bo‘lishini tahminlaydi. Kartoshka tuganagi tarkibida uni oziqali va mazasi sifatiga tahsir etadigan pektinlar, vitaminlar, alkoloidlar va boshqa birikmalar oz miqdorda mavjuddir.
Tuganakning kimyoviy tarkibi o‘zgaruvchan bo‘lib, unga nav, yetilish darajasi, tuproq, iqlim sharoiti, beriladigan o‘g’it miqdori va uni tarkibi, tuproq namligi va boshqa omillar tahsir etadi. Masalan, tuganak tarkibidagi suv miqdori 65 dan 85 foizgacha, quruq modda esa 13 dan 37 foizgacha o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |