Sabzavotlarning oziqalik va shifobaxshlik xususiyatlari. Sabzavotlarda asosiy oziqa moddalaridan: oqsil, yog’ va uglevodlar mavjud. Dukkakli o‘simliklardan loviya,no‘xot-oqsilga,krtoshka, makkajo‘xori va osh lavlagi –uglevodlarga, qalampir, pasternak va shirin makkajo‘xori-yog’larga g’oyat boy. Loviyaning ko‘k doni, bryusselg’ va pikin karamlari tarkibida lizin va boshqa ekzogen (tashqi) aminokislotalar miqdorining ko‘pligi bilan qadrlidir. Lekin sabzavotlarning qadri faqat mazasi va oziqaligida emas, balki hujayralarida ballast moddalarning mavjudligiga hamda, ular oziq-ovqat kaloriyasini tartibga solib turadilar.
Sabzavotlar kaloriyasi yuqori shirali oziqa mahsuloti hisoblanadi. Ularning tarkibidagi 70 % dan 95%gacha bo‘lgan suv esa o‘sha kaloriyani pasaytirib turadi. Katta yoshli odam bir kecha-kunduzda ovqat bilan 3-4 ming kkal yoki bir yilda 1 mln kkal olishi kerak . Bir kilogramm yangi ko‘k no‘xot, shirin makkajo‘xorini va kartoshkaning quvvat berish qobiliyati 750-940 kkal, tarvuz, qovun, karam, piyoz va rediskadan boshqa ildiz-mevalilarniki-300 – 500 kkal, bodring, bodring, pomidor, redis qalampir, baqlajon, rovoch, ismaloq, salat va qovoqniki-150-270kkal, bo‘lgani holda non va qo‘y go‘shtiniki-2000kkal, yog’larniki esa 8800 kkalni tashkil qiladi.
Ko‘pgina sabzavot maxsulotlari faqat ovqat sifatida emas, balki dorivor sifatida ham katta ahamiyatga ega. Ular yurak-qon tomirlarini, ovqat hazm qilish yo‘li kasalliklarini, ko‘z kasalliklarini davolashda vitamin manbai sifatida qo‘llaniladi.
Oqbosh karam.Bu karam tarkibida qand, oqsil, kletchatka miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi. Ularning bargida limonli organik kislota bo‘lib, u organizmga ijobiy tahsir ko‘rsatadi. Karamda mineral tuzlar, ayniqsa kaliy hammasidan ko‘p. Ular mushaklarinig qisqarishi va ko‘pgina fermentlarining harakat uchun xizmat qiladi. Organizmdagi suv va natriy tuzlarini chiqarishda kaliy yordam qiladi. Yurak xastaligia uchragan bemorlar uchun karamning ahamiyati ayniqsa kattadir.
Karam vitaminlarga boy o‘simlik. Vitamin Sga bo‘lgan kecha –kunduzlik talabni qondirish uchun 100-150g karam istehmol qilish kifoya. Oqbosh karamda V1, V2, Ye, K, R vitaminlari bor. V vitaminlar guruhiga kiruvchi inozit askarbin kislotasiga o‘xshab aterosklirozning oldini olish qobiliyatiga ega. Sklerozning dovosi bo‘lgan holin moddasi karamda, baliq va go‘shtdagiga nisbatan uch baravar ko‘pdir.
Xalq tabobatida karam uyqusizlikka, bosh og’rig’i va qalqon bezlarining kattalashishiga qarshi qo‘llaniladi. Karamning yangi barglari pasodli yaralarga, oshqozon, o‘n ikki barmoq ichak yaralariga, shishgan, kuygan urulgan joylarga qo‘yiladi. Tuzlangan karam suvida vitamin ko‘p bo‘lganligi sababli sog’liqni mustahkamlash uchun, jigar og’riganda, bavosilga qarshi ichish tavsiya etiladi.Urug’ini qaynatib, suvidan bo‘g’in og’riqlarini davolashda, gijjani haydashda va siyishni kuchaytishida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |