2. Meva daraxtlari sekin o‘sadigan payvandtaglar
Meva daraxtlari sekin o‘sadigan payvandtaglarda o‘stirilganda, mevalarning sifati, ularning o‘rtacha bir tekisligi yaxshilanadi, shiradorligi ortadi, ularning ta’mi va rangi yaxshilanadi. Shu bilan birga past bo‘yli payvandtaglarda o‘stirilgan olmazor bog‘larni tegishlicha parvarish qilinsa ular a’lo sifatli tovar hosil beradi - terib olingan jami hosilning 90-95 % i standart mevalar, shu jumladan, 80 % birinchi nav mevalar bo‘ladi. Pakana meva daraxtlarning unchalik uzoq yashamasligi ko‘pincha, ularning salbiy tomoni deb hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan karash noto‘g‘ridir, chunki pakana meva daraxtlar o‘zining 25- 30 yillik hayoti davrida 45-50 yil yashaydigan baland tanali meva daraxtlari beradigan miqdordagi hosilni beradi. Shu bilan birga pakana meva daraxtlaridan ekib barpo qilingan bog‘dorchilik eski navlarni birmuncha qimmatli yangi navlar bilan tezda almashtirittt imkonini beradi.
O‘zbekistonda akademik R.R.Shreder past bo‘yli payvandtaglarga ulangan ko‘chat ekilgan bog‘larni ko‘paytirish tashabbuskori bo‘lgan, u 1909 yilda Toshkent atrofida 2 gektar erga sekin o‘sadigan olma va tokzor barpo etgan.
1905 yilda Toshkent atrofidagi bog‘dorchilik xo‘jaliklarida Qrimdan keltirilgan past bo‘yli payvandtaglarga ulangan olma va nok daraxtlari yaxlit massivlar tarzida, shuningdek kuchli o‘sadigan daraxt qatorlarini to‘ldiruvchi (zichlashtiruvchi) ekinlar sifatida o‘tqaziladi va bu erda ular juda yaxshi sifatli ko‘p hosil bera boshlagan. 1954 yilda ularning hammasini sovuq urib ketgan.
Ko‘pchilik mamlakatlarda sekin o‘sadigan payvandtaglardan hamma joyda har xil foydalaniladi. U Angliya, Fransiya, Italiya, Gollandiya, Belgiya, Germaniya, va Ispaniyada eng keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda bu mamlakatlarda bog‘larning 72 % iga sekin o‘sadigan payvandtaglarga ulangan ko‘chatlar o‘tqazilgan. Keyingi yillarda AKShda urug‘ mevali bog‘larning 40-50 % i past bo‘yli payvandtaglarda o‘stirilmokda.
Mamlakatimizda olma daraxti uchun sekin o‘sadigan payvandtag sifatida past bo‘yli olmaning ayrim tur xillardan foydalaniladi. Ularga dusen va paradizka yoki jannat olmasi kiradi.
Dusen payvandlangan navni yarim pakana bo‘yli, paradizka esa pakana bo‘lib o‘sadigan qiladi. Ularning bir qator morfologik belgilari va biologik xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladigan bir nechta xillari bor. Past bo‘yli va o‘rtacha payvandtaglarning kelib chiqishi to‘g‘risida ko‘pgina turli fikrlar aytib utilgan. Shubxasiz, ularning ko‘pi Kavkaz ortida va O‘rta Osiyoda yovvoyi holda o‘sadigan past bo‘yli olmaga taalluklidir. Ularda Marga Hidzor nav olma (Armanistonda), Hamandulli (Gruziyada), dipchek olma (Ozarbayjonda), turkman olmasi (Bobarab va Hazorasp olmasi). Turkmaniston va Xorazmda, shuningdek V.I.Budagovskiy chikargan bir kancha boshka past bo‘yli olma navlari dikkatga sazovor bo‘lgan.
Dusen buta shaklida, kichik bo‘lib, bo‘yi 4-5 m keladi. Ildiz bachkilari chikarmaydi, lekin ildiz bo‘g‘zidan ildiz yoki novdalar chikaradi. Novda va shoxlari koramtir, deyarli kora rangda bo‘lib, ok yasmikchalar bilan koplangan. Ekilgandan keyin 3-4 yilda hosilga kiradi. Mevalari mayda, tekis kizil bo‘ladi. O‘sishdan to‘xtagani uchun paradizkaga karaganda sovukka ancha chidamli bo‘ladi va kishgacha uning novdalari yaxshi etiladi.
Paradizka juda sekin o‘sadi va kamrok yashaydi. Buta, ildiz yon kismlaridan bachkilar chikaradi. Novda va shoxlari ingichka och yashil yoki ochjigar rangda bo‘lib, kizg‘ish tusda tovlanib turadi. Erta va mo‘l hosil berishi, mevalarning dusennikiga nisbatan ancha yirik va shirin bo‘lishi bilan fark kiladi.
Nok uchun_pakana payvandtag sifatida behidan foydalaniladi.
Olxo‘ri uchun togolcha past bo‘yli payvandtag xizmatini o‘taydi.
Urik uchun Sibir o‘rigi kum olchasi past bo‘yli payvandtag bo‘la oladi.
Shaftoli uchun - toglcha, bodom, kum olchasi, Sibir o‘rigi, past bo‘yli payvandtag bo‘ladi.
Gilos uchun antipka (magaleb olchasi) va oddiy olcha yarim pakana payvandtag xizmatini o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |