8-jadval
Asosiy parnik turlarining tahrifi
Ko‘rsatkichlar
|
Parnik turlari
|
|
|
|
Parnik ichkarisining kengligi, sm
|
|
|
|
Parnikning bo‘yi, m
|
|
|
|
Romlarning soni
|
|
|
|
Romlarning kattaligi, sm
|
|
|
|
Parnik kutisi qanday materialdan tayyorlangan
|
|
|
|
Quti devorlarining balandligi
|
|
|
|
Kotlovanning chuqurligi, sm
|
|
|
|
Isitish usuli
|
|
|
|
Parnik tuprog’ining qalinligi, sm
|
|
|
|
Biologik yoqilg’ining qalinligi, sm
|
|
|
|
Tuproq va oyna o‘rtasidagi oraliq, sm
|
|
|
|
Parnikni ishlatishga kirishilgzn vaqt
|
|
|
|
O‘stiriladigan ekin va uning xolati
|
|
|
|
Jadvalning bo‘sh ustunlariga parnik turlarining nomi, masa- lan, rus parnigi yoki elektrda isitiladigan nishabi bir tomonlama chuqur parnik va hokazolar yoziladi.
Parnikning tahrifi berilganda rasm chizish vaqtida qilingan hisoblarning natijalari ko‘zda tutiladi.
O‘stiriladigan ekin deyilgan satrda parnikda nima yetishtiri- lishi, masalan: «karam ko‘chati», «qalampir ko‘chati» ko‘rsatiladi.
Issiqxonalar. Talabalar adabiyotlarda, plakat va boshqa ko‘r- gazmali materiallarda mavjud bo‘lgan issiqxona turlarini ko‘zdan kechirganlaridan keyin quyidagi issiqxonalarning ustki ko‘rinishi rasmini va ko‘ndalang kesimini chizadilar:
a) Angar tipidagi qishki nishabi ikki tomonlama oynavor is- siqxona
b) Blok tipidagi qishki oynavor issiqxona
v) Usti plyonka bilan yoysimon qilib bekitilgan yoki nishabi ikki tomonlama yopilgan issiqxona
Rasmlarda chodirsimon, kontur, tuproq, orqali va tuproq ostidan yoki boshqa isitish manbalari va boshqa o‘lchamlari belgilab qo‘yiladi.
Nazorat savollari:
1. Himoyalangan yer inshoatlari necha guruhga bo‘linadi?
2. Parniklar isitilishiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi?
3. Angar tipidagi va blok tipdagi issiqxonalarni farqi nimada?
4. Zamonaviy issiqxona deganda nimani tushinasiz?
7- LABORATORIYA mashg’ulot:
Sabzavot ekinlarini dalada ekish sxemalari va gektardagi o‘simliklar sonini aniqlash.
Ishdan maqsad: Sabzavot o‘simliklarn turlarini ekiladigan va ekish sxemalariga ko‘ra o‘simliklarni oziqlanish maydoni joylanish qalinligi hamda hosildorligini aniqlashni o‘rganish.
Masalaning ko‘yilishi: Oziqlanish maydoni va o‘simliklarni joylashtirish sxemalari. Oziqlanish maydoni deyilganda bir tup o‘simlikning egallaydigan joyi tushuniladi. U ekinning biologik xususiyatlariga nav hamda o‘stirish sharoitiga bog’liqdir.
Ishni bajarish uchun namuna.
O‘simliklarning joylanish sxemasiga qarab ularning oziqlanish maydoni turli usullarda aniqlanadi. Ekinlar qatorlab , kvadratlab va to‘g’ri burchakli ekilganda bir tup o‘simlikning oziqlanish maydoni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Bunda: P - bitta o‘simlikning oziqlanish maydoni, m2
R - qatorlar orasidagi masofa, m
L - qatordagi o‘simliklar orasi, m
Kvadrat uyalab hamda to‘g’ri burchak-uyalab ekishda formula quyidagicha bo‘ladi:
P=RxL:G
Bunda: G-uyadagi o‘simlikning soni.
Lenta usulida ekilganda bir tup o‘simlikning oziqlanish maydoni quyidagi formula bo‘yicha belgilanadi
Bunda: R- lentalar orasidagi masofa, m
M- lentadagi qatorlar orasidagi masofa, m
L- qatordagi o‘simliklar orasidagi masofa, m r- lentadagi qatorlar soni.
Lentasimon - uyalab qo‘sh qatorlab ekilganda formula quyidagicha
bo‘ladi:
Bunda:
L-qatorlardagi uyalar orasidagi masofa, m
r- uyadagi o‘simliklar soni.
Bir to‘p o‘simlikning oziqlanish maydoni mahlum bo‘lgach, har gektorda qancha o‘simlik joylanishini, yahni o‘simliklarning qalinligini (N ni) osongina aniqlash mumkin. Buning uchun kvadrat metrlarda ifodalangan gektar maydonini bitta o‘simlikning
oziqlanish maydoni (P) ga taqsimlash kerak yokki bu N=10000:P xolida ifodalanadi.
Oziqlanish maydoni yuqorida keltirilgan formulalar bo‘yicha aniqlanadi. Qatorlab ekilganda qatorlar orasini qatordagi maso faga ko‘paytiriladi; kvadrat-uyalab ekishda - bu ko‘rsatkichlar va ko‘paytmani uyadagi o‘simliklar soniga taqsim qilinadi; lenta usu- lida ekishda - lentalar orasi va ekinlar kator orasi jamlanadi so‘ngra esa ekin qatoridagi o‘simliklar orasidagi masofaga kupay- tiriladi. SHundan keyin ko‘paytmani ekin qatorlari soniga, lentasimon-uyalab ekishda esa, ekin qatorlari soniga hamda uyadagi o‘simliklar soniga taqsim qilinadi. Hisoblab chiqarilgan oziqlanish maydonini 8-grafaga, o‘simliklarning qalinligini yoki bir gektardagi o‘simliklar soniga esa 9-grafaga yozib qo‘yiladi.
Gektardagi o‘simliklar qalinligi aniqlangandan so‘ng spravoch- nik materiallari hamda o‘qituvchidan olingan mahlumotlardan foydalanib o‘simliklarni (ertapishar, o‘rtapishar va kechpishar navlarini xisobga olib), taxminan, hosildorligi aniqlanadi va 10- grafaga yozib qo‘yiladi.
Sabzavot o‘simliklarni gektardan olingan hosildorligi aniqlash uchun, gektardagi o‘simliklar sonini (9 grafadagi mahlumotlar) bir o‘simlikni o‘rta hosildorligiga (10-grafadagi mag’lumotlarga) ko‘payatiriladi va olingan natijalari t/ga. ga aylantirib 11 grafaga yozib qo‘yiladi.
Materiallar va jihozlar: amaliyot darsligini 160 betidan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |