Bog'liq МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА
Ishni bajarish uchun namuna:Qishloq xo‘jalik ekinlarini ko‘chatzor dalalarida ularning biologik rivojlanish xususiyatlarini, agrotexnika va tuproq unumdorligi hamda ekin hosildorligini saqlab qolish va oshirishga qaratilgan tashkiliy iqtisodiy tadbirlar majmuini hisobga olgan holda muayyan ketma – ketltikda navbatlashga almashlab ekish deyiladi. Almashlab ekishda ekinlarning ma’lum muddatda navbatlanish tartibi to‘la almashish (rotatsiya) deyiladi.
Almashlab ekish dalalarining soniga bog‘liq ravshda rotatsiya davri aniqlanadi. Masalan, agar almashlab ekish besh dalali bo‘lsa, unda rotatsiya ham besh yillik bo‘ladi va h.k.
Masala: mevali daraxtlar ko‘chatzorida yiliga 200 minng ko‘chat yetishtiriladi, shu jumladan:
Olma 60 ming
Nok 40 ming
Uzum 60 ming
O‘rik 15 ming
Shaftoli 15 ming
Olcha 5 ming
Gilos 5 ming
Shu ko‘chatzor loyihasini ishlab chiqing.
Ko‘chatzorda ko‘paytirish va rivojlantirish bo‘limlari uchun ikkita tegishli almashlab ekish maydoni bo‘lish kerak.
Ishning bajarilishi. Tegishli darslik va ma’lumot beruvchi adabiyotlardan foydalangan holda ko‘chatzorning ko‘paytirish va rivojlantirish bo‘limlari uchun almashlab ekish sistemasini tanlab olish, yetishtirilayotgan mevali o‘simliklar turlari va ona tuplariga mos ravshda uning o‘lchamlarini, urug‘dan ko‘kartiriladigan ko‘chatlar yetishtirish uchun urug‘larga hamda payvandtaglarni kurtakpayvand qilish qalamchalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash zarur.
Topshiriqni bajarishda ishda keltirilgan tegishli jadvallarni (1. 2. 3 va 4) to‘ldirishi lozim.
Topshiriqni bajarishda ko‘yidagi ma’lumotlarga amal qilish mumkin: 1. Urug‘ sepish me’yori (kg/ga hisobida):
Olma 40
Nok 50
O‘rik 300
Shaftoli 500
Antipka 50
Olcha 100
Tok qalamchalari -71.4 gektariga 125 ming dona. Qalamchalarni joylashtirish sxemasi 80 (90) x 10 (15) sm.
2.1 ga dan olinadigan hosil:
Urug‘ ko‘chatlari 150-160 ming dona.
Danakli turlar ko‘chatlarda 70%
Urug‘li turlar ko‘chatlari 63%
Tok ko‘chatlari 55 %.
O‘stirish bo‘limida yovoyi urug‘dan chiqqan ko‘chatlarni o‘tkazish qalinligi 80 (90) x 25 (30) sm.
Sanoat bog‘larida mevali turlarini o‘tkazish sxemasi (kuchli payvandtag), m:
Olma - 8x6
Nok - 7x5
Olxo‘ri - 6x4
Gilos - 7x6
Olcha - 5x4
O‘rik - 8x5
Shaftoli - 6x4
Tok - 3x2.5
Ma’lumotlarni yanada to‘liqroq o‘zlashtirish uchun olma va nok ko‘chatlarini yetishtirish misolida ko‘chatzorni ko‘chatloa yetishtirishning texnologik jarayonini ko‘rib chiqamiz.
Topshiriq shartlariga ko‘ra urug‘li turlarning 100 ming dona ko‘chatni o‘stirish kerak.O‘stirish bo‘limida ko‘chatlarni joylashtirish sxemasi 80x25 sm bo‘lganida, foydalanilayotgan maydonning xar bir gektarida 50 ming dona o‘simlik joylashtirish mumkin. Biroq, ma’lumki, urug‘li turlarning standart ko‘chatlari hosili xaqiqatda 63 foizga yaqinni tashkil qiladi.
Shuning uchun ko‘chatlarning haqiqiy hosilli mos ravishda gektaridan 31.5 ming donani tashkil etadi.Demak, ko‘chatzorning bir dalasidan kerakli 100 mingta olma va nok ko‘chatini olish uchun quyidagicha maydon talab qilinadi.
1 ga 31.5 mingta ko‘chat
X ga 100 ming ko‘chat
X 3.1 ga.
Ko‘chatzor 2 dalasining maydoni mos ravshda 3.1 ga bo‘ladi.
Besh dalali almashlab ekishda urug‘li turlar ekiladigan o‘stirish dalasining umumiy maydoni 3.1 ga x 5 dala 15.5 ga ni tashkil etadi.
Olma va nok ko‘paytirish bo‘limlarining o‘lchamlarini aniqlash uchun bu turlar urug‘ ko‘chatlari hosilli 1 ga yer maydonidan 150-160 mingtani tashkil qilishigi hisobga olish kerak. Agar ko‘chatzor bitta dalasining 1 gektariga 50 ming o‘simlik ekilishini hisobga olsak (80x25 sm joylashtirish sxemasidan), unda 3.1 ga maydonga ekish uchun 155 mingta urug‘ko‘chat (50 ming dona x3.1 ga) talab qilinadi. Ko‘paytirish bo‘limining har bir gektari 150-160 mingga yaqin urug‘ko‘chat olishni ta’minlashini bilsak, olma va nok urug‘ko‘chatlari yetishtirish uchun ko‘paytirish bo‘limlarining izlangan maydonni topish qiyin emas:
155 ming urug‘ko‘chat:150 ming ga =1.0 ga.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini besh dalali almashlab ekishda olma va nok urug‘ko‘chatlari yetishtiriladigan ko‘paytirish bo‘limlarining umumiy maydoni: 1.0 ga x 5 dala =5.0 ga ni tashkil etadi.
Urug‘dan ko‘kartirilgan ona payvandtaglar bog‘ining maydoni u yoki bu turning hosildorligicha, hosil berish davriyligiga, ekish me’yori va urug‘ hosilining foiz hisobidagi nisbatga bog‘liqdir.Amaliy mevachilikda navbatdagi har xil gektar ko‘chat o‘stirish maydoniga teng ravshda urug‘dan ko‘kartirilgan ona payvandtag bog‘i maydoni bo‘lishi qabul qilingan.
Demak, bizning misolimizda navbatdagi ko‘chat o‘stirish dalasining maydoni 3.1 ga bo‘lganda, ona payvandtag bog‘ining maydoni ham 3.1 gektarga teng bo‘lishi kerak.Ona payvandust bog‘ining maydonini tashkil ani qlashda bahorda payvandtaglarni kurtak payvand qilish paytidan kurtak payvand qilish va ulash uchun qalamchalarning kerakli miqdori hisobga olinadi.
Payvandlash uchun ishlatiladigan har bir navdadan (10 ta kurtakli) odatda 5 ta yaxshi rivojlangan kuotak olinadi. Shunga asoslangan holda 155 ming olma va nok urug‘ko‘chatini payvandlash uchun qalamchalarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash mumkin:
155 ming urug‘ko‘chat:5 ta qalamcha kurtagi = 31 mingta qalamcha.
Urug‘ko‘chatlarni payvandlash sifati tekshirilgapndan so‘ng 10 foiz o‘simliklarni qaytadan kurtakpayvand qilishga to‘g‘ri keladi, bu esa 3.1 ming dona qalamchani tashkil qiladi:
3.1 ming dona kal : 10% = 3.1 ming qalamcha.
Ko‘chatlarni bahorda qayta payvandlash uchun qalamchalar umumiy 15-20% miqdorda g‘amlab quyiladi:
31.0ming kal. : 20% = 6.2 ming kal.
155 mingta urug‘ko‘chatni kurtakpayvand qilish uchun kerak bo‘ladigan olma va nok qalamchalarning umumiy soni:
31.0 ming kal + 3.1 ming kal. + 6.2 ming kal. = 40.3 mingta qalamcha.
Bitta ona daraxt, yaxshi rivojlangan bo‘lsa, 30-50 dona payvand qalamchalari bilan ta’minlash mumkin.
3.1 gektar hajmli o‘stirish bo‘limini payvandlash materialari bilan ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan ona payvandustalr maydonining o‘lchamlarini aniqlash uchun oldin ona daraxtlar soni topiladi.
40.3 ming kal. : 30 kal. = 1343 ona daraxt.
Ona payvandust bog‘ining asosiy vazifasi qalamchalar yetishtirish bo‘lganligi sababli bu yerda daraxtlar sanoat yerlardagiga nisbatan 20-30 foiz qalinroq ekiladi. Shuning uchun sanoat bog‘larida 8x6 m sxema bo‘yicha ekilganda bir gektarda 208 ta daraxtini joylashtirish mumkin bo‘lsa, qalinlashtirishni hisobga olganda ularning soni quyidagicha bo‘ladi:
208 daraxt – 100%
X – 25 %
X = 52 daraxt + 208 daraxt = 260 daraxt.
Buncha miqdordagi urug‘li tur daraxtlarni joylashtirish uchun 5.1 ga ona payvadust bog‘i maydoni kerak bo‘ladi:
1343 daraxt : 260 daraxt = 5.1 ga.
Hisob kitoblarda urug‘li turlar ko‘chatzorit asosiy tarkibiy qismlarining sof maydoni keltirilgan. Bundan tashqari bog‘ atrofiga ixota daraxtlarini ekish, sug‘orish tarmoqlari, yo‘llar, xo‘jalik binolari va o‘tkazish maydonlari uchun 15-30% yer ajratiladi.