Мевачилик ва сабзавотчилик


-rasm. Mevali o‘simliklarni kurtak payvand qilish



Download 7,73 Mb.
bet123/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

16-rasm. Mevali o‘simliklarni kurtak payvand qilish

Kurtak payvandning qulay muddati – onalik o‘simliklarda novda yaxshi yog‘ochlashib olgan va po‘stloq eng yaxshi ajraladigan yozgi davr hisoblanadi, ulardan kurtak payvand uchun qalamchalar kesib olinadi. Bu davr iyul oxiri – avgust oyi boshlariga to‘g‘ri keladi. Kurtak payvand qilish sovuq tushishidan ikki oy oldin tugallanadi.


Danakli mevalarda kurtakning pishib yetilishi erta yakuniga yetadi, shu bois ularda kurtak payvand ertaroq – iyun-iyulda o‘tkaziladi.
Kurtak payvand tananing pastki qismida, tuproq yuzasidan 3-6 sm balandlikda amalga oshiriladi.
Kurtak payvand qator yo‘nalishida qilinadi, shunda tuproqqa ishlov berish jarayonida ularga kamroq shikast yetadi.
Yaxshi yog‘ochlashgan qalamchalar 30-40 sm uzunlikda kurtak payvand qilishdan bir kun oldin tayyorlanadi. Barglari shu zahoti olib tashlanadi, bandi 6-10 mm uzunlikda qoldiriladi, bog‘lam qilib bog‘lanadi va tur hamda navi ko‘rsatilgan yorliq yopishtirib qo‘yiladi.
Kurtak payvand o‘z pichog‘ida amalga oshirilsa ish unumdorligi ortadi. Pichoq osti usulida kurtak payvand qilishda dastlab qalqoncha kesib olinadi, T-simon usulda esa dastlab payvandtagda yarim oysimon va bo‘ylama kesimlar tilinadi, so‘ngra qalqoncha kesib olinadi va pichoq yordamida u kesilgan po‘stloq ostiga joylashtiriladi.
Kurtak payvand yog‘ochli yoki yog‘ochsiz qalqonchalar bilan amalga oshirilishi mumkin, har qanday holatda ham kurtaklar joylashtirib bo‘lingach, polietilen tasmacha bilan yaxshilab bog‘lab qo‘yiladi. Bunda tasma kurtak yuqorisidan ikki-uch, kurtak pastidan esa uch-to‘rt marta aylantirib o‘raladi, tasmaning pastki qismi petlya bilan mahkamlnadi.
Po‘stloq ostiga kurtak payvand qilish operatsiyalarining tartib navbati quyidagicha: payvandtagda bo‘ylama va ko‘ndalang tilimlar tilinadi, payvando‘st qalamchasidan qalqoncha kesib olinadi, so‘ngra qalqoncha payvandtagga joylashtiriladi va o‘rab bog‘lab qo‘yiladi.
Trubkasimon kurtak payvand qilish: payvandtagda tilimlar tilinadi, po‘stlog‘i xalqacha ko‘rinishida kesib olib tashlanadi, so‘ngra xuddi shunday diametrdagi payvando‘st qalamchasidan qalqoncha kesib olinadi va oldindan olib tashlangan po‘stloq o‘rniga joylashtiriladi va yaxshilab o‘rab bog‘lanadi.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish